Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish bo‘yicha lo | my.gov.uz

Toshkentda “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

Koreya Respublikasining Korea Water Resources Corporation (“K-water”), Shin Dong-A Electronics Co., LTD va «O‘zsuvta’minot» AJ tomonidan O‘zbekistonda “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyiha asosida O‘zbekistonda “aqlli” texnologiyalar yordamida suv iste’molini aniq hisoblash ko‘zda tutilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun pilot hudud sifatida Toshkent shahrining Mirobod tumani tanlangan.

@MyGovUz