Get Mystery Box with random crypto!

My.gov.uz'da yoshlar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar | my.gov.uz

My.gov.uz'da yoshlar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar

Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-Park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga BHMning 75 baravarigacha (25,5 mln so‘mgacha), nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi ishga joylashganda esa 105 baravarigacha (35,7 mln so'mgacha) bir martalik subsidiya ajratiladi.

Buning uchun my.gov.uz portali orqali ortiqcha yugur-yugursiz, hech qanday hujjatlarsiz, mutlaqo bepul tarzda onlayn ariza topshiriladi.

Shuningdek, yoshlarga xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish xizmati orqali ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo'lganlariga professional sertifikat olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladigan bo'ldi. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza topshiriladi.

https://youtube.com/shorts/1I03kTdhqps?si=Zzf1jDUYpXAV1DGt

my.gov.uz – hamisha Siz bilan birga!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot