Get Mystery Box with random crypto!

SIM-kartani eSIM texnologiyasiga oʻzgartirish xizmati UZTE | my.gov.uz

SIM-kartani eSIM texnologiyasiga oʻzgartirish xizmati

UZTELECOM mobil tarmogʻida SIM-kartani zamonaviy eSIM texnologiyasiga uydan chiqmagan holda almashtirish mumkin!

Buning uchun quyidagi oddiy amallarni bajarish kerak boʻladi:

my.gov.uz da roʻyxatdan oʻting va tizimga kiring.
eSIM texnologiyasiga oʻtkazmoqchi boʻlgan mobil telefon raqamini yozib, tasdiqlang.
xizmat uchun toʻlovni amalga oshirishga rozilikni belgilab, arizani yuboring.

Murojaat 1 ish kuni davomida UZTELECOM aloqa operatori tomonidan koʻrib chiqiladi.

Agar koʻrsatilgan raqam balansida yetarli mablagʻ boʻlsa, mobil raqam eSIM texnologiyasiga oʻzgartiriladi. Shuningdek, sizga yangi raqamni faollashtirish uchun QR kod taqdim etiladi.

Xizmat narxi 20 000 soʻm.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot