Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 146.90K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 94

2022-09-01 05:01:57
Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 31 yil to‘ldi

Tinch, osoyishta, farovon yurtimizga bayramlar yarashadi.

Vatan ravnaqi va taraqqiyoti, mustaqilligimizni mustahkamlash yo‘lida xizmat qilish esa har birimizning fuqarolik burchimiz va majburiyatimizdir.

Aziz yurtdoshlar, my.gov.uz foydalanuvchilari, ulug‘ va qutlug‘ kun munosabati bilan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik to‘yi bilan muborakbod etadi.

Har biringizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaydi!

Mustaqilligimiz abadiy, yutuqlarimiz bardavom bo‘lsin!

@MyGovUz | @eGovUz
6.7K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:14:31
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

Demak:

1-sentyabr — Mustaqillik bayrami;
2-sentyabr — juma, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
3-sentyabr — shanba, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;
4-sentyabr — yakshanba, barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari munosabati bilan aksariyat davlat muassasalari ishlamaydi.

Aynan shu 4 kunlikda elektron davlat xizmatlarini olishga yoki to‘lov amaliyotlarini bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Unutmang!
My.gov.uz – dam olishsiz, haftaning 7 kunida 24 soat davomida siz bilan birga.
3.0K views14:14
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:02:34
Diqqat, e’lon

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l xarakati xavfsizligi xizmatining server qurilmalarida texnik-profilaktik ishlar olib borilayotganligi tufayli, 2022-yilning 31-avgustidan 5-sentyabriga qadar my.gov.uz (YIDXP)dagi "Avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish", "Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish", "Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya" hamda avtomobil boshqarishga elektron ishonchnoma berish kabi tizim bilan bog‘liq xizmatlar vaqtincha ishlamaydi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Ma’lumot uchun: "Avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish" xizmati uchun to‘lovni amalga oshirganlar ruxsatnomasi texnik ishlar yakunidan so‘ng taqdim etilishini ma’lum qilamiz.

@MyGovUz | @eGovUz
7.0K viewsedited  11:02
Ochish/sharhlash
2022-08-29 16:09:54
Bayramga zo‘r yangilik!

My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalar qulay tartibda rasmiylashtiriladi!

1-sentyabrdan boshlab avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni my.gov.uz orqali ham masofadan, ham o‘zingizga qulay narxda rasmiylashtirsangiz bo‘ladi.

Ya’ni haydovchilar ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurishmaydi, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda ham turishmaydi. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.
Bunda davlat boji:
1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 % (90 ming so‘m);
6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 % (450 ming so‘m);
3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 % (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.

@MyGovUz | @eGovUz
5.4K views13:09
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:52:50 Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilishni bilasizmi?

Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas.

Buning uchun:

My.gov.uz saytiga kirish

"Shaxsiy kabinet"ga o‘tish

"Fuqarolik" bo‘limini tanlash

“Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish”
tugmasini bosish kerak.

Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

Xizmat haqida batafsil videoyo‘riqnomada tanishing:

@MyGovUz
6.2K views04:52
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:54:48
Ахборот 24 | Президент Тошкент шаҳри ва вилоятида амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди
#27aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
6.5K views01:54
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:54:48
Новости 24 | Президент ознакомился с созидательной работой в Ташкентской области и столице
#27aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
6.1K views01:54
Ochish/sharhlash
2022-08-27 13:32:20
Президент Шавкат Мирзиёев Зангиота туманида қурилган “Электрон ҳукумат” тизими маълумотларини сақлаш ва қайта ишлаш ягона маркази билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил единый центр хранения и обработки данных системы «Электронное правительство», построенный в Зангиатинском районе.

#Mirziyoyev #tanishuv #markaz #raqamlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
6.4K views10:32
Ochish/sharhlash
2022-08-26 17:11:25 my.gov.uz pinned « Endi arxiv xizmatlarini olish osonlashdi Inson umri davomida ko‘plab voqealar va o‘zgarishlarni boshdan kechiradi: bolaning tug‘ilishi, yaqin kishining o‘limi, ish o‘zgarishi, pensiyaga chiqish, meros qolgan mulk, oldi-sotdi ishlari, yangi uyga ko‘chish...…»
14:11
Ochish/sharhlash
2022-08-26 12:40:44
DIQQAT, EʼLON

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi server qurilmalarining elektr tarmoqlarida texnik nosozliklar yuzaga kelganligi sabab elektron raqamli imzo olish va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda.

Texnik nosozliklar bartaraf qilinganligi haqida qoʻshimcha xabar beriladi

@MyGovUz | @eGovUz
8.2K views09:40
Ochish/sharhlash