Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 160.31K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 91

2022-10-04 09:01:29
My.gov.uz dan yangilik!

Endi keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar tomonidan “Negadir sanatoriylarda davolanishga sira navbatim kelmaydi-da?!” qabilidagi murojaatlar bo‘lmaydi

My.gov.uz da respublikamizdagi sihatgohlarda yotib davolanish uchun onlayn navbatga turish xizmati ishga tushdi.

Ushbu imkoniyatdan:

Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirganlar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
I va II-guruh nogironligi bo‘lganlar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;
yoshga doir pensiya oluvchilar foydalanishlari mumkin.

Buning uchun ariza beruvchi Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish xizmatini tanlab, kerakli sihatgohni belgilaydi va so‘rov yuboriladi.

Ushbu xizmat orqali sihatgohlarda mavjud navbatlarni oldindan ko‘rish imkoniyati ham mavjud.

Navbatga turish yoki belgilangan toifaga mos bo‘lmagan ariza beruvchilarga rad etilganlik xabarnomasi avtomatik tarzda yetkaziladi.

Shuningdek, ariza beruvchi o‘z navbatini onlayn kuzatib bora oladi.

Eslatib o‘tamiz!

Mazkur xizmat orqali avval qog‘oz shaklida topshirilgan arizalar navbatini ham kuzatish imkoniyati mavjud.

@MyGovUz | @eGovUz
1.6K views06:01
Ochish/sharhlash
2022-10-03 08:28:38
Новая услуга

Проверьте наличие запрета автомобиля через my.gov.uz

С помощью данной услуги юридические и физические лица могут проверить, есть ли запрет на принадлежащее им автотранспортное средство.

Главное, автотранспортное средство должно принадлежать вам.

Лица, управляющие автотранспортом на основании генеральной доверенности или доверенности, не могут воспользоваться услугой.

Услуга проверки запрета на my.gov.uz является бесплатной. Результат проверки также предоставляется мгновенно.

Для справки: Посредством данной услуги также можно выявить запреты, наложенные судом, органами внутренних дел, налоговыми и таможенными органами, Бюро принудительного исполнения, нотариальными конторами в связи с долгами, кредитными обязательствами, исполнительными документами и другими обстоятельствами.

@eGovUz | @MyGovUz
4.1K views05:28
Ochish/sharhlash
2022-10-03 08:09:09
Yangi xizmat

Avtomobilga taqiq bor-yo‘qligini my.gov.uz orqali tekshiring

Ushbu xizmat orqali yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtronsport vositalariga taqiq mavjudmi yoki yo‘qligini tekshirishlari mumkin.

Muhimi, avtotransport vositasi o‘zingizga tegishli bo‘lishi kerak.

Avtotransportni bosh ishonchnoma yoki ishonchnoma asosida boshqaruvchilar bu xizmatdan foydalana olishmaydi.

My.gov.uz orqali taqiqni tekshirish xizmati – bepul. Javob ham bir zumda taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun: mazkur xizmat orqali sud, ichki ishlar, soliq va bojxona organlari, Majburiy ijro byurosi, notarial idoralar tomonidan qo‘yilgan qarzdorlik, kredit majburiyati, ijro hujjati va boshqa sabablarga ko‘ra belgilangan taqiqlarni aniqlash imkoniyati mavjud.

@eGovUz | @MyGovUz
3.9K views05:09
Ochish/sharhlash
2022-10-02 18:55:49
Diqqat, e’lon

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida elektron хizmatlar sifatini oshirish maqsadida navbatdagi profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022-yil 3-oktyabr soat 22:00ga qadar my.gov.uz da mazkur tashkilotning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz!
1.0K viewsedited  15:55
Ochish/sharhlash
2022-10-01 06:19:46
Hurmatli ustoz va murabbiylar

Sizlarni kasb bayramingiz – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Bugun biz sizlarning mehribonligingiz va g‘amxo‘rligingiz, avlodlar kamolotiga qo‘shayotgan beminnat hissangiz uchun chin dildan minnatdorlik bildirmoqchimiz.

Batafsil: https://egov.uz/news/hurmatli-ustoz-va-murabbiylar-581

@eGovUz | @MyGovUz
4.8K views03:19
Ochish/sharhlash
2022-09-30 15:12:21 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

2022-yil 1-oktyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida ayrim o‘zgarishlar ro‘y beradi.

Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab (xatlab) qo‘yilgani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi

Hukumat qaroriga asosan «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimida mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab (xatlab) qo‘yilgani, shuningdek taqiqlab (xatlab) qo‘yish bekor qilingani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi.

Batafsil

@MyGovUz | @eGovUz
6.9K views12:12
Ochish/sharhlash
2022-09-30 12:02:03
E'lon

“O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlarida rejali modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022-yil 1-3-oktyabr kunlari (00:00-06:00) my.gov.uz (YIDXP) orqali ko‘rsatiluvchi elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
7.3K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2022-09-30 09:23:11
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi

Qonunga (O‘RQ–792-son, 29.09.2022-y.) ko‘ra, elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.

Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qog‘ozda rasmiylashtirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

@MyGovUz
7.2K views06:23
Ochish/sharhlash
2022-09-29 09:06:22
#Xushxabar

O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Elektron hukumat” reytingidagi o‘rni sezilarli darajada ko‘tarildi

Har 2 yilda bir marta Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqtisodiy va ijtimoiy ishlar departamenti (UN DESA) tomonidan olib boriladigan Elektron hukumat so‘rovnomasi (E-government Survey)ning navbatdagi natijasi e’lon qilindi.

Bunda 2020-yil 87-o‘rinda bo‘lgan O‘zbekiston, 2022-yilda BMTga a’zo 193 ta davlat orasida 69-o‘rinni egallab, 2020-yilga nisbatan 18 pog‘onaga ko‘tarildi.

Batafsil: https://egov.uz/news/ozbekistonning-birlashgan-millatlar-tashkiloti-elektron-hukumat-reytingidagi-orni-sezilarli-darajada-kotarildi-577

@eGovUz | @MyGovUz
2.6K views06:06
Ochish/sharhlash
2022-09-29 07:57:49 Bo‘sh vaqt kerakmi

Bo‘sh vaqtni biror foydali ishga yoki do‘stlar davrasida dam olishga sarflash qanday yaxshi. Faqat buning uchun o‘sha bo‘sh vaqtni topish kerak, to‘g‘rimi?

My.gov.uz – vaqtingizni tejaydi, demak, sizga uni qanday o‘tkazishni o‘ylash qoladi xolos.

Masalan, yangi uy-joy xarid qilganlar kadastr bo‘yicha hujjat ishlarini my.gov.uz ga bemalol ishonib topshirishlari mumkin.

Uy, ishxona, choyxona, xullas, qayerda bo‘lishdan qat’i nazar arizani junatasiz va hech qanday ovoragarchilik va navbatlarsiz hujjatni qabul qilib olasiz.

Yana... faqat shumi deb o‘ylamang. My.gov.uz da 340 dan ziyod xizmat bor

Demak, bo‘sh vaqt topishning har doim imkoni bor.

@MyGovUz
3.5K views04:57
Ochish/sharhlash