Get Mystery Box with random crypto!

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Mobil aloqa operatorlari, tijo | my.gov.uz

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga mobil ilovalari orqali my.gov.uz xizmatlarini kursatishga ruxsat beriladi

Prezidentning “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Hujjat bilan:

2022-2023-yillarda sohani rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilandi. Misol uchun, 2022-yil yakuniga qadar aholi yashash maskanlarini keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini 60 foizga yetkaziladi;

2022-yil 1-noyabrdan mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, o‘zlarining mobil ilovalari orqali Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini kursatishga ruxsat beriladi.

@MyGovUz | @eGovUz