Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 160.31K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 92

2022-09-28 20:55:10
Яхши хабар: Ўзбекистон электрон ҳукумат ривожланиши буйича дунё мамлакатлари рейтингида 18 поғонага кўтарилиб, дунёда 69-ўринга чиқди.

БМТнинг электрон ҳукуматларнинг ривожланиш даражаси бўйича 2022 йилги янги рейтингида (UN E-Government Survey) Ўзбекистон 193 давлат орасида 69-ўринни эгаллади (маълумот учун 2020 йилнинг аввалги ҳисоботида Ўзбекистон 87-ўринни эгаллаган эди).
https://publicadministration.un.org/en/Research/UN-e-Government-Surveys
2.1K views17:55
Ochish/sharhlash
2022-09-28 07:56:28 Bilasizmi, kredit olish jarayonida ko‘pchilik duch kelayotgan "qora ro‘yxat" tushunchasi aslida mavjud emas.

Bu shunchaki fuqarolarning “kredit tarixi” ma’lumotlari bilan bog‘liq bo‘lib, unda kreditlar qachon, qancha miqdorda va qayerdan olinganligi, keyin qanday qaytarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.

Uni siz my.gov.uz ning kredit tarixi bo‘limidan osongina olishingiz mumkin!

@MyGovUz | @eGovUz



5.7K views04:56
Ochish/sharhlash
2022-09-27 13:55:57
Bilasizmi?

Prezident farmoniga asosan 38 turdagi davlat xizmatlaridan my.gov.uz (YIDXP) orqali foydalanilganda elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Ushbu ro‘yxat bilan tanishing

@MyGovUz | @eGovUz
4.5K views10:55
Ochish/sharhlash
2022-09-27 07:41:07
My.gov.uz орқали вақтингизни ва нақдингизни тежанг!

2 ҳафтада 5 мингга яқин автомобиль ишончномаларини фуқароларимиз ортиқча овора бўлмасдан онлайн расмийлаштирдилар. Сиз ҳам автомобилингизга ишончнома расмийлаштирмоқчи бўлсангиз, вақтингизни ва нақдингизни тежайдиган имкониятдан фойдаланинг ва танишларингизга хабар беринг: https://my.gov.uz/oz/service/640

Мақсадимиз, имкон борича барча оммабоп давлат хизматларини фуқароларимиз ва тадбиркорларимиз ўзларининг мобиль телефонлари ёки компьютерлари орқали ҳеч қаерга бормасдан, навбатларда турмасдан амалга оширишини йўлга қўйиш. Унинг устига, My.gov.uz орқали пуллик хизматдан фойдаланилганда Давлат хизмати марказига бориб фойдалангандан кўра 10 фоиз чегирма ҳам бўлади.

Яна қандай хизматларни соддалаштириш ва онлайнга ўтказиш бўйича таклифларингиз бўлса, марҳамат, ушбу форма орқали юборинг: https://bit.ly/3BP6bPf
3.4K views04:41
Ochish/sharhlash
2022-09-26 16:48:06
Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sentabr oyida o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 29-sentabr kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 30-sentabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: telegra.ph/Chet-tili-09-26

@MyGovUz | @eGovUz
2.9K views13:48
Ochish/sharhlash
2022-09-26 08:59:45 5 daqiqada muammo hal!

So‘nggi yillarda Toshkent viloyatidagi ayrim hududlar poytaxtga o‘tkazildi. Tabiiyki ushbu manzillarda yashovchilar o‘z «propiskasi»ni shaharga o‘tkazishlari kerak bo‘ladi.

Yaxshiyamki, bu tizim endi avvalgidek yugur-yugurlarni talab etmaydi. Bir vaqtlar yashash manziliga doimiy ro‘yxatga o‘tish uchun kunlab ovoragarchiliklarga duch kelingan bo‘lsa, bugun bunga 5 daqiqa vaqt sarflaysiz xolos.

Yagona portal (my.gov.uz) sizga shunday qulaylik taqdim etadi!

Hozirda Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy ro‘yxatga turish elektronlashgan.

Avtomatlashtirilgan ushbu xizmat my.gov.uz orqali tezkor amalga oshiriladi.

Sizga yengillik bo‘lishi uchun mazkur xizmatdan foydalanish tartibini batafsil tushuntirib o‘tamiz:

@MyGovUz | @eGovUz
2.5K views05:59
Ochish/sharhlash
2022-09-23 12:15:52
Xorijlik mutaxassisni ishga yollash tartibini bilasizmi

Ayni kunlarda yurtimizga ishlash tashabbusi bilan kelayotgan xorijliklar soni ko‘payganini inobatga olib, ular uchun qulayliklar yaratilmoqda.

Jumladan, endi chet ellik mutaxassislar ham O‘zbekiston hududida ishlash huquqini beradigan tasdiqnomani my.gov.uz yoki "Litsenziya" AT orqali onlayn olish imkoniyatiga ega.

Bunda arizachi:

O‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotni,

chet el fuqarosining so‘rovnomasini to‘ldiradi,

Ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim qilib,

to‘lovni amalga oshiradi.

Xizmat 15 kun ichida ko‘rsatiladi.

Ariza my.gov.uz orqali topshirilganda 270000 so‘m to‘lov (10 foiz chegirma bilan) qilinadi.

@MyGovUz | @eGovUz
3.9K views09:15
Ochish/sharhlash
2022-09-22 11:35:53
Bilasizmi?

Xabaringiz bor, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar parvarishi bilan band qonuniy vakillarga har oyda 500 ming so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etilgan.

Bu turdagi nafaqani olish uchun fuqarolarimiz my.gov.uz orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin.

Bunda ulardan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Xizmat ko‘rsatish esa bepul.

Parvarishlash nafaqasi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

@MyGovUz | @eGovUz
6.4K views08:35
Ochish/sharhlash
2022-09-22 07:39:46 Allo... Yagona portal “Call-markazi” eshitadi!

Hurmatli yurtdoshlar, sizda elektron davlat xizmatlari bilan bog‘liq savollar bormi

Marhamat, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)ning “1242” qisqa raqamli “Call-markazi”ga murojaat eting.

Operatorlarimiz portalda joriy etilgan xizmatlar bo‘yicha barcha savollaringizga tezkor javob berishga tayyor.

Shu kunga qadar “1242” qisqa raqamiga Ariza holatini bilish bo‘yicha sentabr oyida 1306 ta murojaat yo‘llanganini inobatga olib, quyida ushbu xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishtiramiz.

Xizmatdan foydalanish videoyo‘riqnomasi (mobil), (desktop) bilan tanishing.
6.6K viewsedited  04:39
Ochish/sharhlash
2022-09-21 16:40:29
Внимание

В связи с обновлением информационных систем Государственного таможенного комитета, на my.gov.uz могут наблюдаться перебои при пользовании электронных государственных услуг, связанных с таможенной деятельностью.

Специалистами Государственного таможенного комитета принимаются технические меры по устранению возникающих проблем.

Приносим извинения за неудобства.
7.1K views13:40
Ochish/sharhlash