Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 160.31K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 89

2022-10-20 08:06:43 Haydovchilar diqqatiga! My.gov.uz’dan siz uchun maxsus taklif

Sentyabr oyining boshidan buyon avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni my.gov.uz orqali ham masofadan, ham o‘zingizga qulay narxda rasmiylashtirish imkoni paydo bo‘lgan.

Endi haydovchilar ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurishmaydi, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda ham turishmaydi.

My.gov.uz saytiga kirib, tegishli xizmat turini tanlaysiz va amallar ketma ketligini bajarsangiz kifoya, bor yo‘g‘i besh daqiqa vaqtingiz ketadi xolos! Qo‘lingizda esa QR kodli ishonchnoma bo‘ladi!

Kamiga 10 foizli chegirma beriladi!

@MyGovUz

Видео
11.8K views05:06
Ochish/sharhlash
2022-10-19 09:28:45 Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olishning murakkab joyi yo‘q

Sizdan kutilmaganda mehnat daftarchasidan ko‘chirma so‘rab qolishdi. Xavotir olmang, ushbu ma’lumotni tegishli tashkilotga tezkor taqdim etish imkoniyatiga egasiz.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal foydalanuvchilari onlayn tarzda “Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish”lari mumkin.

Eng asosiysi, buning uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi va xizmat bepul.

@MyGovUz

YouTube
12.4K views06:28
Ochish/sharhlash
2022-10-18 08:18:43
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yana bir faoliyat turi bo‘yicha subsidiya olishga my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin bo‘ladi

“Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlar kasanachilikni tashkil etganidan kamida 3 oy o‘tgandan so‘ng subsidiya olish uchun Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yozma ravishda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida:

talabgorga har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;
tadbirkorlik sub’ektiga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq BHMning 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.

@MyGovUz | @eGovUz
12.6K views05:18
Ochish/sharhlash
2022-10-17 11:32:41 Mobile ID qanday qulaylikka ega

“Elektron hukumat” tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile-ID (mobil telefon orqali) ishga tushirilgan.

Ushbu modul yordamida mobil telefon orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) Elektron raqamli imzosiz foydalanish mumkin.

Buning uchun smartfonga MyGov ilovasini (Google Play va App Store) yuklab olish kerak.

@MyGovUz | @eGovUz
12.5K views08:32
Ochish/sharhlash
2022-10-15 07:40:19 Endi diplom dublikatini my.gov.uz orqali olish mumkin!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida diplom dublikatini olish» xizmati ishga tushirildi.

Diplomi shikastlangan yoki yo‘qolgan yurtdoshlarimiz uning dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishi va hujjatni istalgan manzilda osongina qabul qilib olishi mumkin.

Ya’ni, xizmat natijasini olish uchun vakolatli organga borish talab etilmaydi. Hujjat “O‘zbekiston pochtasi”ning kurerlik xizmati orqali yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, dublikat ham asl nusxadagi kabi yuridik kuchga ega.



15.0K viewsedited  04:40
Ochish/sharhlash
2022-10-14 09:38:01 Nikohni qayd etishga onlayn ariza yuboring

Yigit va qiz respublikamizning istalgan hududidan turib, FHDYO bo‘limiga onlayn tarzda – my.gov.uz orqali murojaat etishi mumkin.

Faqat buning uchun har ikki tomon (kuyov ham, kelin ham) elektron raqamli imzoga (ERI) ega bo‘lishlari kerak.

Xizmat mutlaqo bepul.

Quyida videoyo‘riqnoma bilan tanishing:



16.0K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-10-13 13:40:18
Diqqat!
Chet tili imtihonlari kuni o‘zgardi

2022-yil 25-26-27-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 29-30-oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Bunda test sinovining yozma qismi 29-30-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-4-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.gov.uz sayti orqali 26-oktabr kunidan boshlab olishlari mumkin.

@MyGovUz | @eGovUz
12.6K views10:40
Ochish/sharhlash
2022-10-12 17:31:47
Subsidiya olish boʻyicha ajoyib yangilik

Bu xushxabar nogironligi boʻlgan shaxslar va, ayniqsa, ularni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun quvonchlidir!

Endilikda my.gov.uz orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar subsidiya olishlari mumkun!

Arizalar 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya olishlari mumkun.

Bandlikka ko‘maklashish markazi ishga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haqiqatan ishlayotganligini monitoring qilib boradi.

Xizmatdan foydalanish bepul, shuningdek, juda oson va qulay.

@MyGovUz
2.7K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash
2022-10-12 15:10:55
Loyiha Urganchda katta qiziqish bilan kutib olindi

“Siz tomon yoʼl oldik” loyihasining navbatdagi amaliy targ‘iboti Xorazm viloyati bo‘ylab davom etmoqda.

Batafsil: https://egov.uz/news/loyiha-urganchda-katta-qiziqish-bilan-kutib-olindi-595

@eGovUz | @MyGovUz
4.3K views12:10
Ochish/sharhlash
2022-10-12 12:58:54
Ko‘hna Samarqand barchani “AKT haftaligi”ga chorlab qoladi!

2022-yilning 24-26-oktyabr kunlari Samarqand shahrida yana bir katta tadbir – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Tashrif buyuruvchilar haftalik doirasida AKT Sammiti, bir qator dolzarb mavzulardagi forum va seminarlar, shuningdek, “ICTEXPO” xalqaro IT ko‘rgazmasida ishtirok etishlari mumkin.

Tadbirga AQSh, Yevropa va Osiyo davlatlaridan bir qator ekspertlar taklif etilgan.

Haftalikka tashrif buyuruvchilar AKT sohasidagi so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lishlari, raqamlashtirish bo‘yicha bugungi kundagi tendensiyalar va BMTning 2022-yilgi elektron hukumat reytingi taqdimoti bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ushbu tadbirda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining ham o‘ziga xos ishtiroki ko‘zda tutilgan.

Markaz xalqaro hamkorlar bilan birgalikda “Raqamli davlat siyosati asoslari” mavzusida salohiyatni oshirish va “BMTning 2022-yilgi elektron hukumat tadqiqotining natijalari va mintaqaviy tendensiyalari” mavzusidagi seminarlarga mezbonlik qiladi.

Ko‘hna Samarqand barchani yana bir bor “AKT haftaligi”ga chorlab qoladi!!!

@MyGovUz | @eGovUz
5.3K views09:58
Ochish/sharhlash