Get Mystery Box with random crypto!

Raqamlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi taqdimot qilind | my.gov.uz

Raqamlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi taqdimot qilindi

Misrning Sharm-el-Shayx shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlarining 9-Konferensiyasi doirasida BMT TD tomonidan tashkil etilgan «Raqamlashtirish - korrupsiyaga qarshi kurashishda "kumush o‘q" hisoblanadimi? Yetakchi amaliyotchilardan saboqlar» mavzusida maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda qisqa vaqt ichida O‘zbekiston amalga oshirgan ishlar ko‘lami to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, 160 dan ortiq davlat xizmatlarining raqamli tizimga o‘tkazilgani, bir qator ochiq ma’lumotlar portali (xarid.uz, data.gov.uz, my.gov.uz, openbudget.uz) yaratilgani ushbu yo‘nalishlarda korrupsiyaning sezilarli ravishda kamayishiga hamda jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishiga sabab bo‘lgani qayd etildi.

Batafsil: link.egov.uz/68e4

@eGovUz