Get Mystery Box with random crypto!

'Inson uchun' noyob savdo ko‘rgazmasini o‘tkazib yubormang! | my.gov.uz

"Inson uchun" noyob savdo ko‘rgazmasini o‘tkazib yubormang!

Ayni paytda poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar zalida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda nogironlar tomonidan yaratilgan keng turdagi mahsulotlar namoyish etilyapti. Mazkur tadbirni ijodkorlik va tadbirkorlikning haqiqiy bayrami desak ham bo‘ladi! Chunki ushbu tadbirdan xayrli maqsadlar ko‘zlangan.

Ya’ni imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, mahsulotlarini kengroq auditoriyaga namoyish qilish, biznesini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish.

Ko‘rgazma 2-may kuni ham davom etadi.

Unda siz ham albatta ishtirok eting, mahsulotlardan xarid qilib, bir qalbni shodlantiring!

Lekin bu hammasi emas! Imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularga qulayliklar yaratish maqsadida my.gov.uz orqali bir qator elektron davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Xususan, nogironligi bo‘lgan yoshlarimiz o‘qish xarajatlari, o‘qish davrida yashash va transport xarajatlari, asbob-uskunalar hamda mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish xizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin.

O'tgan yilning o'zida nogironligi bor shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya ajratish orqali bir qator korxonalarga panduslar qo‘yilib, qo‘shimcha qulayliklar yaratildi.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar esa respublikamizdagi 11 ta sanatoriylarga imtiyoz asosida yo‘llanmalar olishmoqda.

Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga my.gov.uz dagi barcha xizmatlardan foydalanishda imtiyozlar belgilangan. Masalan: Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish xizmatida ham ular birinchi navbatda qabul qilinadilar.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot