Get Mystery Box with random crypto!

​​ Bilasizmi? Talabalarni ijaraga qo‘yayotgan fuqarolar uc | my.gov.uz

​​ Bilasizmi?

Talabalarni ijaraga qo‘yayotgan fuqarolar uchun yangilik

Hozirgi kunda ijaraga uy izlagan yoki yaxshi ijarachi kelishini kutayotganlar ko‘p. Bu, ayniqsa, talabalarning eng og‘riqli nuqtasi...

Yaqin-yaqingacha ijara shartnomasini tuzish uchun har ikkala tomon soliq organlariga borishga majbur edi. Mazkur xizmatning elektron tarzda yo‘lga qo‘yilishi esa odamlarning vaqti va naqdi tejalishiga olib keldi.

Bugun ushbu shartnomani Yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tkazganlar uning aholi uchun katta yengillik bo‘lganini ta’kidlashmoqda. Chunki xizmat bepul va hech qanday hujjat talab etilmaydi. Jarayonlar avtomatlashtirilgani hisobiga natija ham bir zumda.

Yana bir qulayligi – xizmatdan foydalanishda elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Bu bir nechta talabani ijaraga qo‘yayotgan fuqarolar uchun yaxshi yangilik, nazarimizda. Axir, hammasi qonuniy bo‘lsa, hech kim sizni bezovta qilmaydi.

Shu masala ustida bosh qotirayotganlarga esa maxsus videoqo‘llanmamiz qo‘l keladi: