Get Mystery Box with random crypto!

Bilasizmi? My.gov.uz orqali qaysi ma’lumotnomalarni bepul o | my.gov.uz

Bilasizmi?

My.gov.uz orqali qaysi ma’lumotnomalarni bepul olish mumkin?

Bugungi kunda ish haqi, pensiya, mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnoma olish uchun vaqt ham, naqd ham sarflamaysiz.

Shunchaki, internetga ulangan qurilma (kompyuter, mobil telefon) orqali my.gov.uz dan ro‘yxatdan o‘tasiz. Xizmat uchun ariza yuborgan zahotingiz esa ma’lumotni ko‘rasiz.

Quyida mutlaqo bepul va bir zumda taqdim etiladigan xizmatlar bilan tanishing:

Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
Unda fuqaroning ish haqidan olgan daromadi, to‘langan daromad solig‘i miqdori aks etgan bo‘ladi.

Jamg‘arilgan pensiya to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
U orqali shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga majburiy va ixtiyoriy tartibda undirilgan pul mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.

Pensiya (nafaqa) haqidagi ma’lumotnoma
Fuqaroning pensiya fondi hisobida turish-turmasligi, to‘langan pensiyalar (nafaqalar) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumot
Fuqaroning doimiy va vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha ma’lumot olish.

Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish
Fuqaroning mehnat faoliyati va ish staji bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish mumkin.

My.gov.uz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!

Biz bilan har doim oson, tez va qulay ekanligini unutmang!

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:

Facebook | Instagram | Telegram