Get Mystery Box with random crypto!

Vaksinani ham mahalliylashtirishga urinish haqida. Hindistond | Uzbekonomics

Vaksinani ham mahalliylashtirishga urinish haqida.

Hindistonda hozir sharoit qanday ekanligidan habaringiz bo’lsa kerak. Mamlakat hukumati kecha AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa va Yaponiyada favqulotda emlash uchun ruhsat olgan har qanday vaksinani Hindistonda ham emlashga ruhsat beribdi. Eng qizig’i, 2020 yil dekabr oyida hukumat Pfizer vaksinasiga ruhsat bermagan edi, ya'ni Pfizerdan avval hind aholisi ustida klinik sinov qilishni talab qilgan edi.

Deyarli yarim yildan so’ng endi kasallanish qo’rqinchli darajaga yetib kelganidan so’ng hukumat boshqa mamlakatlarda qo’llanilayotgan vaksinalarning importiga va nihoyat ruhsat beribdi. Agar mahalliy ishlab chiqarilgan vaktsinalarga haddan tashqari qaram bo’linmaganda, vaksina importiga cheklov qo’ymasdan keltirilgan vaktsinalarga favqulodda foydalanishga ruxsat berilganida hozirgidek ko’chada yoqilayotgan o’liklarni oldini olish mumkin bo’lar edi…

Boshqa bir misol, Vengriya ham o’z vaqtida yaxshi qaror chiqargan edi, ya’ni dunyodagi kamida 1 million kishiga qo'llaniladigan har qanday vaksinani mamlakatning dori-darmonlarni nazorat qilish organi tomonidan tekshirmasdan foydalanishga ruxsat bergan. Chunki vengerlar vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini tekshirish uchun AQSh va Yevropa regulyatorlaridan ko’proq salohiyatga ega emasliklarini biladilar. Buni bilmasalar ham, hech bo'lmaganda emlash jarayonini qandaydir markazlashgan byurokratik cheklovlar bilan sekinlashtirishning oqibatlarini biladilar.

@uzbekonomics