Get Mystery Box with random crypto!

​​Oxirgi 10 kungi yangiliklarga qarang! Yo’llardagi, ko’chada | Uzbekonomics

​​Oxirgi 10 kungi yangiliklarga qarang!

Yo’llardagi, ko’chadagi tartibsizlikni, xavfsizlikni qat’y ravishda joyiga qo’yishga vaqt kelmadimikan? Urush bo’lmayotgan mamlakat uchun bu normal holat emas.

Yosh-yosh begunoh farzandlarimiz bekordan bekorga nobud bo’lib ketayapti. Maktabga borib kelayotganda, yo’ldan o’tayotganda bouling o’ynalgandek urib ketilyapti. Ota-onalar farzandlarini maktabga yuvorayotganda yo’lda nobud bo’lib ketishi haqida emas, qandaydir bilim olib kelishi haqida o’ylashlari kerak.

Yangiliklarda ba’zida voyaga yetmagan tirranchalar, birovning mashinasiga o’tirib, mast holda va uning ustiga katta tezlikda harakatlanib boshqa mashina yoki piyodani urib ketayotganini ko’rishimiz mumkin. Eng achinarlisi, o’sha tirranchada javobgarlikdan qochishga immunitet bor bo’lib chiqmasmikan deb o'tirasiz. Nega deysizmi? Chunki.

Boshqa yangiliklarga ko’ra, 2020-yilning birinchi choragida 394 inson yo’l-transport hodisalaridan nobud bo’lgan. Bu huddi shu davrda COVID-19 dan nobud bo’lganlardan 25 baravar (!) ko’proq degani.

Xullas, yo’llarni, yo’l harakati ishtirokchilarining harakatlarini, infratuzilmani, qonun-qoidaga itoat qilishni, javobgarlarni so’zsiz jazolashni normal darajaga yetqazmas ekanmiz, har kuni farzandlarimizni ko’chada shunday bekorga nobud bo’lib ketayotganini kuzataveramiz. Yoki bir kattaroq inson, honadon o’z boshidan shunday musibatni o’tqazmaguncha…

Shu muammoni dolzarb darajaga chiqarmasdan boshqa mayda-chuyda chalg’itadigan masalalar haqida munozaralarni ko’rganingdan so’ng afsus deb qo’yasan.

@uzbekonomics