Get Mystery Box with random crypto!

Jeff Bezos har yili Amazon akstionerlariga xat chiqarib turadi | Uzbekonomics

Jeff Bezos har yili Amazon akstionerlariga xat chiqarib turadi. Undan iqtibos:

Amazonda qilingan barcha onlayn xaridlarning 28 foizi 3 daqiqa ichida amalga oshirilgan, 50 foizi esa 15 daqiqada.

Agar xuddi shu xaridni qilish uchun do'konga borsangiz taxminan 1 soat ketadi. Ya’ni, Amazon onlayn xaridlarni amalga oshirish orqali o’rtacha odamga yiliga taxminan 75 soat tejaydi.

Agar AQShdagi insonning bir soat vaqtini taxminan $10 ga boholasak, bu yiliga $750 tejaldi degani. Praym obunasining yillik narxini ($120) ayirib tashlasangiz sof $630 qoladi.

Amazonda taxminan 200 million Praym obunachilar bor. Demak, iste’molchilar bir yilda o’zlariga $126 milliardga teng bo’lgan qiymatni qaytarib olmoqdalar.

@uzbekonomics