Get Mystery Box with random crypto!

Pandemiya susaygandek tuyilgan. Mutasaddi rasmiylar hotirjamli | Uzbekonomics

Pandemiya susaygandek tuyilgan. Mutasaddi rasmiylar hotirjamlikka berilgan holda boshqa yumushlar bilan band bo’lib COVID19ning ehtimoliy ikkinchi to’lqiniga qarshi hech qanday profilaktik choralar ko’rmaganlar. Ikkkinchi to’lqin birinchisidan ancha ayanchli bo’lishi haqidagi ogohlantirishlarga qaramay test qilish, tibbiy zahiralarni oshirish, vaksina qilish, vaksinaga targ’ibot ancha susaygan.

Odamlarning o’zi esa tegishli xulq-atvor ko'rsatmalariga rioya qilishni to'xtatganda, virus o'ta yuqumli variantga aylandi. Super-tarqatuvchi tadbirlar ko'payib ketdi. Majlislar, festivallar, ommaviy yig’ilishlar avjiga chiqdi, hayot hech narsa bo’lmaganidek davom etdi. Odamlar niqob taqishni umuman to’xtatdilar, loqayd bo’ldilar. Natijada yuqumli kasallik avjiga chiqib ketdi.

Bu Hindiston qanday qilib hozirgi vaziyatga kelib qolgani haqida qisqacha.
Dars bo’lsin. 2021 yilning yozida 2020 yilgi vaziyat qaytarilmasligiga kafolatni hech kim bera olmaydi.

@uzbekonomics