Get Mystery Box with random crypto!

​​O’ta mas’uliyatsizlik va uning natijasidagi o'limlar haqida. | Uzbekonomics

​​O’ta mas’uliyatsizlik va uning natijasidagi o'limlar haqida.

AQSh federal hukumati (FDA & CDC) bugun bir qisqa bayonot bilan chiqdi:
We are recommending a pause in the use of Johnson & Johnson vaccine out of an abundance of caution.

Ya’ni, butun mamlakatda Johnson & Johnson vaktsinasi bilan emlashni ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan to’xtatishga tavsiya berishdi. Ba'zi shtatlar darxol to'xtatishdi. Sabab deb emlashdan keyin taxminan ikki hafta ichida 6 insonda qon quyqalarini o'z ichiga olgan o’ta noyob va kam uchraydigan kasallikka chalinish kuzatilgan, ulardan biri vafot etgan.

Ma’lumot uchun, shu kungacha 7 millionga yaqin inson AQShda J&J vaktsinasini olgandilar. 
Ya’ni, 7 million vaktsina olganlardan 6 insonda shu kasallik kuzatilgan.
Ya’ni, 0.0001% ehtimolligi bilan.

Eng qizig’i, "The Lancet”da 2020 yil noyabr oyida chop etilgan izlanishga ko’ra, COVID19 bilan kasallanish natijasida tromboz-qon kasalligiga uchrashining ehtimolligi 20% ekan (asosan yoshi kattaroqlarda qilingan izlanish bo’lsa ham).

Qaysi biri katta, 0.0001% yoki 20%?

Albatta, har bir dona inson hayoti o’ta muhim, xatto uning vaktsina tufayli yuqoridagi kasallikka chalinishining ehtimoligi chaqmoq chaqib halok bo’lishdan bir necha ming barobar kichik bo’lsa ham. Lekin, federal hukumatining ushbu ikki gapi oqibatlari keskin va fojeali. Birinchidan, kuniga mingta inson COVID19dan halok bo’lyapti, ushbu cheklov tufayli emlash imkoniyatidan mahrum bo'lganligi sababli ularning soni ko’payishiga imkon beriladi. Ikkinchidan, cheklovdan ham kuchlirog’i - vaktsina olmoqchi (faqat J&J emas, boshqalarini ham), uning muhimligini bilib turgan insonlarga vaxima soladi, va ularni niyatidan qaytaradi. Uchinchidan, shundoq ham vaktsinaga ishonmagan anti-vaxxerlarga o’zlari haq ekanligi va vaktsinaga qarshi targ’ibotni kuchaytirish uchun juda qo’l keladigan instrument berildi. To’rtinchidan, nafaqat AQShda, va nafaqat J&J vakstinasiga, balki boshqa mamlakatlarda va boshqa vaktsinalar uchun ham jamoatchilik ishonchi kamaytiradi.

@uzbekonomics