Get Mystery Box with random crypto!

​​Maslahatchilar haqida. Cass Sunstein degan amerikalik huquq | Uzbekonomics

​​Maslahatchilar haqida.

Cass Sunstein degan amerikalik huquqshunoslik va behavioral economics bo’yicha professor bor. Obama administratsiyasida bir qancha lavozimlarda ishlagan edi. Richard Thaler bilan ko’pchilik biladigan Nudge degan kitobni yozgan. Tavsiya etaman.

Bizda dars berayotgan edi, har doimgidek, uning darsiga talab katta edi. Bir necha oy oldin, “bo’ldi, darsni bugundan boshlab mensiz o’tasizlar” deb xayrlashib ketdi. Sabab - Biden administatsiyasiga, ya’ni ichki ishlar vazirligiga (DHS) immigratsiya masalalari bo’yicha maslahatchi vazifasini taklif qilishibdi. Yaxshi tayinlov, chunki uning talabalarining aksariyatini aynan immigrantlar tashkil etadi, immigrant professorlar hamkasblari ham ko’p - "qozonga yaqin yurgan” xullas.

Uning rafiqasi ham (asli immigrant), davlatshunoslik fakultetida dars berar edi, avval eshitgan bo’lishingiz mumkin - Samantha Power. Asli huquqshunos, uni ham administratsiyaga, USAIDga (AQShning xalqaro rivojlanish agentligi) rahbar etib chaqirishgan edi, bugun tayinlanibdi. Xullas, oilaviy tayinlov bo’libdi.

Umuman olganda, maslahatchilar kimligi, ularning faoliyati haqida biz (jamiyat) ko’proq bilib turishimiz kerak. Ular ayniqsa ilm-fan egalari bo’lishlari ham muhim. Qarorlar qabul qilishda maslahatchilarning o’rni siz kutgandan, bilgandan ham ko’proq-da.

@uzbekonomics