Get Mystery Box with random crypto!

​​Havo tekin emasligini bilasizmi? Yangi boj, yangi soliqlar | Uzbekonomics

​​Havo tekin emasligini bilasizmi?

Yangi boj, yangi soliqlar taklif etilsa ba’zi odamlarga “havoni ham pullik qilib qo’ying” degan fikrlar keladi. Aslida, agar siz ayniqsa O’zbekistonda yashasangiz, havoga allaqachon pul to’lab kelyapsiz. Cho’ntagingizdan naqd pul to’lamasangiz ham, siz o’z salomatligingiz, kasallika chalinish, erta vafot etish ehtimolligi oshishi (xususan Coviddan) va boshqa bilvosita yo’llar orqali narx to’laysiz. Bu yerda to'liqroq.

Ayniqsa toza havo tanqisligi bo’lsa siz kattaroq narx to’laysiz. O’zbekistonda toza havoning narxi dunyoda eng balandlardan biri desa ham bo’ladi.

Yale Universiteti tomonidan chop etilgan hisobotga ko’ra, havo sifati bo’yicha O’zbekiston 180 mamlakat ichidan 177-chi o’rinda turar ekan. Bizdan keyin faqat Nepal, Hindiston, va Pokiston turadi. 

Solishtirish uchun: havo sifati Iordaniyada 4 barobar, Aljirda 3 barobar, Kongoda esa 2 barobar tozaroq ekan.

@uzbekonomics