Get Mystery Box with random crypto!

Shaharsozlik bu LEGO o’yini emas. Shaharsozlikka aql bilan, f | Uzbekonomics

Shaharsozlik bu LEGO o’yini emas.

Shaharsozlikka aql bilan, faqat va faqat mutaxassis fikriga, ilm-fan qoidalariga, zamonaviy yechimlarga tayanmagan holda yondashuv davom etaversa, poytaxt shahar yaqin kelajakda infratuzilma, transport, va albatta ekologiya nuqtai nazaridan inqirozga uchrashi muqarrar. O’sha inqirozdan, ya’ni, shaharning insonlar sog’lom istiqomat qilishiga havfli ahvolga kelib qolishidan bir-ikki hujjat yoki kech qilingan choralar bilan chiqilmaydi.

Shaharsozlik degan fan bor, uni kasb qilgan mutaxassislari bor, tarixda sinalgan darslari bor: har bir g’ishtning o’z joyidan siljishi, har bir daraxt, transport tizimi, infratuzilmani o’zgartirish, yoki yo’lning bir santimetrga bo’lsa ham kengaytirish kabi qarorlar faqat va faqat mustaqil mutaxassislar orqali qilinishi kerak. Ularning (aynan mustaqil mutaxassislar) fikri eng so’ngisi bo’lishi kerak.

Aslida, qilinishi kerak bo’lgan narsalardan ko’ra qilinmasligi kerak harakatlar ko’p. Eng oddiy misol, 115-yillik va 63-yillik tarixga ega bo’lgan tramvay va trolleybusni yo’q qilinishini umuman aql bovar qilmaydigan hodisa deb bilaman, va buni nafaqat jamoat transportini balki shaharning insonlar sog’lom va qulay ravishda yashashlari tugashinining boshlanishi bo'lgan desa ham bo’ladi.

Jakarta shahrining taqdiri bizga dars bo’lishi kerak.

@uzbekonomics