Get Mystery Box with random crypto!

Taomlanish ilmi

Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi T
Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi
Kanal manzili: @taomlanish_ilmi
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🍏 Ongli ozish: @doctorferuz
🍋 Instagram: instagram.com/doctorferuz
🍅 YouTube: youtube.com/@doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-11-02 10:38:04
SARATON KASALLIGINI SABABI VA YECHIM

Saraton hujayralarini rivojlanishiga bir nechta sabablar bor, shularni ichida eng asosiy sababini ko'rib chiqamiz.

Organizmda energiyani ortib ketishi — sog'lom va saraton hujayralari o'rtasida ko'proq energiyaga ega bo'lish uchun konkurensiya yuzaga keladi. Ko'pincha esa bu kurashda saraton hujayralari g'olib bo'ladi.

Energiyani ko'p bo'lishi — qonda insulin gormonini muntazam baland yurishiga olib keladi. Insulin anabolik gormon, ya'ni, energiyani zahiralash va hujayralarni o'stirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari insulin — kanserogen (rak hujayralarini o'sib ketishiga turtki bo'luvchi) gormon hisoblanadi.

Demak, saraton hujayralarini rivojlanishi uchun ularga ortib qolayotgan energiya va ularni o'stirib beruvchi insulin gormoni kerak.

Endi esa bu jarayonni teskari tartibda ko'rib chiqamiz.

Shakarga va kaloriyaga boy mahsulotlarni muntazam iste'mol qilish — organizmda energiyani ko'payishiga va insulinni muntazam baland bo'lishiga olib kelyapti. Bu esa saraton hujayralari uchun ayni muddao!

Me'yoridan ortiq shakar nafaqat insulinni doim baland bo'lishiga sabab bo'ladi balki yallig'lanish chaqirish xususiyatiga ham ega. Saraton hujayralari uchun esa doimiy yallig'lanish o'chog'i ham kerak.

Ortiqcha energiya — sizni kunlik energiya sarfingizga nisbatan kirayotgan kaloriyalarni ko'pligidan, oddiy tilda aytganda ko'p yeyish va kam harakatlilikdan hosil boʻladi. Bu esa semizlikni eng asosiy sababi ham. Mana nima uchun ortiqcha vazni borlarda saratonga chalinish xavfi ortib ketadi.

Ko'p yeyish tushunchasi ham nisbiy. Nimaga deganda miqdori kam bo'lgan mahsulotni kaloriyasi yuqori bo'lishi yoki aksincha miqdori ko'p bo'lgan yeguliklarni kaloriyasi kam bo'lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, saratonga chalinmaslik uchun harakatingizga yarashasidan ortiq yegulik yemang va doim faol bo'lishga harakat qiling. Haftasiga 150 daqiqa (kuniga 22 daqiqa) faol jismoniy harakat qilganlar 50% gacha saraton kasalligini oldini olishi mumkin. Buni esdan chiqarmang!

@doktorferuz
12.8K views07:38
Ochish/sharhlash
2023-10-30 13:08:23
QABZIYATNI JUDA ODDIY YECHIMI

Biz doim ham oʻsimlik mahsulotlaridan koʻkatlar, mevalar yoki sabzavotlar yeb yura olmasligimiz mumkin.

Lekin doim non yeymiz. Demak, nonga shunday “narsa” qoʻshishimiz yoki unni undan mahrum qilmasligimiz kerakki, uni muntazam iste’mol qila olaylik.

Bu “narsa” — KEPAK.

Kepak oʻzida kletchatka saqlash boʻyicha rekordsmeni hisoblanadi. Agar kepakli undan non qilib iste’mol qilsangiz — qabziyatdan qutulasiz.

@taomlanish_ilmi
12.8K viewsedited  10:08
Ochish/sharhlash
2023-10-23 08:21:29 QABZIYAT (ich qotishi)

Kunlik ratsionda ovqat tolalarini (kletchatka) yetishmasligi — eng asosiy sabab hisoblanadi.

Sizda shu muammo boʻlsa savolim: qanchalik koʻp meva va koʻkatlar iste’mol qilyapsiz?

Kletchatka hayvon mahsulotlarida umuman boʻlmaydi, faqat oʻsimliklarda boʻladi, buni esingizdan chiqarmang.

Meva, sabzavot va koʻkatlarni koʻpaytiring. Kunda kamida 5 stakan suv iching. Shunda bu muammodan qutulasiz.

Bir-ikki yeganingizni “doim bulardan yeyman” deb oʻzingizni aldamang. Muntazamlik eng muhimi!

@taomlanish_ilmi
14.2K views05:21
Ochish/sharhlash
2023-10-15 11:58:26
Kecha Subyektivning "Eng xavfli O'LIM faktori — SEMIZLIK" nomli videosi chiqdi.

SUBYEKTIV muallifi Jamshidxon Ziyoxonov bilan gaplashganimizda ozish uchun juda ko'p ishlarni qilib ko'rganini bildirdi. Buni videoda ham ko'rishingiz mumkin:



Lekin ma'lum vaqtdan keyin ozish uchun qilayotgan ishlari davomli emasligini tushunishgan. Chunki odamda turli xil vaziyatlar bo'ladi, aynan o'sha vaziyatlarda ham nima qilishni bilib olish eng muhimi!

Keyin "Taomlanish ilmi va Ongli ozish" kursimiz bilan tanishib chiqib, video-darslarimizni ko'rib - taomlanishga nisbatan fikrlari o'zgargan, yangi odatlar shakllangan. BU esa eng muhimi.

Doim takrorlaganimdek, ovqatlanish odatlarimizni o'zgartirmasak, ozish uchun och qolmasdan va hamma narsa yegan-ichgan holda energiya tanqisligini hosil qilmasak hamda ME'YORni bilmasak OZIB bo'lmaydi.

Shuning uchun ham diyetalar ishlamaydi, cheklovlar foyda bermaydi, sportni ham doimiy qilib bo'lmaydi. Ming harakat qiling bari befoyda.

Xulosa qilib aytganda: ozishni ortga surmang va turli ishlamaydigan usullardan foydalanmang - bu bilan vaqtingizni, sog'lig'ingizni va pulingizni bekorga sarflamang.

Biz bilan bir umrlik vaznni nazorat qilishni, qaysi holatda nima qilishni, kasalliklarni yengish va oldini olishni o'rganing.

@doktorferuz
13.1K views08:58
Ochish/sharhlash
2023-10-13 20:21:37
Immunitetni tushiruvchi odatlar

• Koʻp shirinlik isteʼmol qilish
• Juda kam tuz isteʼmol qilish
• Kam yoki yomon uxlash
• Koʻp yogʻli ovqatlar yeyish
• Kam suyuqlik (suv) ichish
• Kam kletchatka yeyish
• Kam oqsil isteʼmol qilish
• Kam sabzavot va meva yeyish
• Kamharakat hayot tarzi

Immunitetni koʻtarish uchun nima qilish kerak? Shunchaki yuqoridagilarni aksini qiling.

@taomlanish_ilmi
14.1K views17:21
Ochish/sharhlash
2023-10-07 06:25:24
Kuz faslining TOP–5 mahsuloti

Ushbu mahsulotlar kuzgi gipovitaminozni yengishga va tanamizni barcha kerakli ozuqa moddalar bilan toʻyintirishga yordam beradi.

Qovoq — tarkibida kuchli antioksidant xususiyatiga ega boʻlgan beta-karotin mavjud boʻlib, u tananing normal ishlashiga yordam beradi. 

Olma — flavonoidlarga boy, bu oksidlovchi moddalar stress rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Lavlagi — kletchatkaga boy hamda yurak xastaliklari va qon bosimi ortishini oldini oluvchi betain moddasi mavjud.

Klyukva — vitamin va minerallarga boy.

Xurmo — C, A vitaminlari shuningdek kletchatka, kaliy va fosfor manbai hisoblanadi.

@taomlanish_ilmi
16.3K views03:25
Ochish/sharhlash
2023-10-04 10:13:41 Tabibga ishim tushmasin desang...

Moʻminlar amiri Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) oʻgʻli Imom Hasanga aytdilar:

“Ovqatlanishga faqat och qolganingda oʻtir, ovqatdan toʻymasingdan oldin turib ket, ovqatni yaxshi chayna, uxlamoqchi boʻlsang, oldin hojatga borib kel. Agar shunga rioya qilsang, tabibga ishing tushmaydi”.

"Arab hikmatlari" kitobidan

@taomlanish_ilmi
13.9K views07:13
Ochish/sharhlash
2023-09-30 10:43:32 USTOZ BO'LMASA

Mirzo Kenjabek she'ri. @M_Kenjabek
O'qidi: Kamronbek Samarqandiy.

@taomlanish_ilmi
13.6K views07:43
Ochish/sharhlash
2023-09-25 21:34:39 VAGINAL KANDIDOZ
Taomlanish orqali yechim...

Ma'lumot uchun: Vaginal kandidoz — ayollar jinsiy a'zosida (qini) Candida zamburug'larini ko'payishi natijasida yuzaga keladigan holat bo'lib — jinsiy a'zoni achishishi, qichishishi, og'riqlar, oq rangli ajratmalar (videleniya) hosil bo'lishi bilan boradi.

Yuqorida yozganimdek, odatda shirinlikxo'r ayollarda Candida turidagi zamburug'lar o'sib ketadi va kandidoz kasalligi rivojlanishi mumkin.

DEMAK, TAOMLANISH ORQALI QANDAY DAVOLASH MUMKIN?

1. Shirinliklar iste'molini me'yorigacha tushirish va hattoki undanda kamaytirish orqali bu kasallikni yengish mumkin.

2. Ratsionda probiotiklarni ko'paytirish. Probiotiklarga: tuzlamalar, marinadlangan sabzavotlar, qatiq, tvorog, pishloq, sirka, kvas kiradi. Yoki dorixonadan probiotiklar olib ichib yurish mumkin.

3. Achitqi zamburug'idan qilingan kepakli nonlar ham juda katta yordam beradi.

TUSHUNTIRISH:
• Shirinliklar iste'molini kamaytirish orqali Candida zamburug'ini o'sishini oldini olasiz.
• Probiotiklarni ko'p iste'mol qilish — normal mikroflorani tiklaydi va patogen turdagi infeksiyalar bilan kurashishga yordam beradi.
• Achitqi zamburug'i Candida zamburug'iga qarshi kurash olib borish (yashash/joy uchun kurash) xususiyatiga ega.

@doktorferuz
16.8K views18:34
Ochish/sharhlash
2023-09-23 23:23:28 ALLERGIYAGA SHAKARNI QANDAY ALOQASI BOR?

Allergiyasi borlarga ko'pincha allergologlar tomonidan shakar iste'moli ta'qiqlanadi. Lekin bemorlar shakarni yeyishda davom etaveradi.

Nimaga? Chunki shakarni allergik kasalliklar rivojlanishidagi ahamiyati shifokor tomonidan bemorlarga tushuntirilmaydi. Biz insonlar shunaqa, agar mohiyatini tushunmasak, qayta-qayta bir xatoni takrorlashimiz mumkin.

Ho'sh? Nima uchun allergiyasi borlar shakar iste'molini kamaytirishi yoki ta'qiqlashi kerak?

Agar shakarni ko'p iste'mol qilsak, ichaklarimizda Candida turidagi zamburug'lar miqdori ortib ketadi. Ya'ni ular butun ichaklar bo'ylab o'sib ketadi. Candida zamburug'larini mitseliysi (soxta oyoqlar) bo'lib, ular ichaklar devori ichiga o'sib kirish xususiyatiga ega.

Qanchalik Candida zamburug'i ichaklarda ko'p bo'lsa, shunchalik ularni ichaklarga o'sib kirishi kuchayadi, natijada ichak devorlarini butunligi buziladi ("ilma-teshik" ichak).

Qanchalik ichak devorini butunligi buzilib boraversa — iste'mol qilingan oqsillar to'liq hazm bo'lishga ulgurmasdan (aminokislotlargacha parchalanmasdan) ichaklardan qonga so'rilish miqdori ortadi.

Agar qonga oqsillar to'liq parchalanmasdan so'rilsa bu immun tizimimiz uchun yot (begona) modda sifatida qaraladi va unga qarshi kurash e'lon qiladi. Natijada allergiya rivojlanadi. Mana nima uchun allergiyasi borlar shakar yemasligi kerak.

Allergiyasi borlarga xushxabar! Odatda allergiyasi borlar saraton kasalligiga chalinmaydi. Sababi, ularni immun tizimi giper-reaktiv, bu degani — saraton hujayralari paydo bo'lishi bilan immun tizim ularni zudlik bilan nobud qiladi.

@doktorferuz
15.3K views20:23
Ochish/sharhlash