Get Mystery Box with random crypto!

Taomlanish ilmi

Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi T
Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi
Kanal manzili: @taomlanish_ilmi
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🍏 Ongli ozish: @doctorferuz
🍋 Instagram: instagram.com/doctorferuz
🍅 YouTube: youtube.com/@doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-02-14 15:46:10
KORTIZOL miqdorini kamaytirish usullari

1. Sogʻlom uyqu (6 yoki 7,5 soat);
2. Nafas olish mashqlari;
3. Meditatsiya qilish;
4. Nimalarnidir ustida ishlang, masalan biror narsa yasash mumkin;
5. Hayolingizga kelgan narsalarni yozing (bunga alohida to'xtalamiz);
6. Sport bilan shugʻullaning, chunki bunda qonda adrenalin koʻpayadi va kortizolni parchalaydi;
7. Albatta kunda 1 soat o'zingiz yoqtirgan ishga (hobby) vaqt ajrating;
8. Tabiat qoʻynida sayr qiling;
9. Tez-tez tabassum qilib turing, oynaga qarab tirjaying;
10. Ratsionda kortizol miqdorini kamaytiradigan mahsulotlar ulushini koʻpaytiring.

Qaysi mahsulotlarni isteʼmol qilish qiziq boʻlsa reaksiya qoldiring)

@taomlanish_ilmi
13.4K views12:46
Ochish/sharhlash
2024-02-03 17:57:05
To'g'ri suv ichish orqali ozishni xohlasangiz bu video siz uchun!

Hozirgina suvni to'g'ri ichish orqali qanchalik ozish va so'g'liqni tiklash mumkinligi haqidagi videoni Youtube’ga joyladim.

Bu videoda siz:
— Sizning bir kunda suv ichish me'yoringiz qancha?
— Suv ichish me'yori buzilsa buyraklarda tosh to'planadi-mi?
— Ovqatlanayotganda suv ichish qanchalik to'g'ri va agar noto'g'ri bo'lsa, nima kasalliklarga sabab bo'ladi?

Suv bilan bog'liq yuqoridagi savollarga javob topishni xohlasangiz quyidagi havolani bosing!






18.0K views14:57
Ochish/sharhlash
2024-02-02 19:42:50
SUTNING FOYDALARI

Sut vasvasa, gʻam-qaygʻuga botish kabi savdoyilik dardlarini tuzatishda foyda beradi. Agar sutni asal bilan ichilsa, ichki aʼzolarni yaralar va turli yiringlardan tozalaydi. Agar shakar bilan ichilsa, odamning rangini tiniqlashtiradi.

Sut jimoʼ tufayli paydo boʻladigan zararlardan forigʻ qiladi, koʻkrak va oʻpkani yaxshilaydi. Sil kasaliga uchragan bemorlarga foydasi katta boʻlib, bosh, oshqozon va jigarga foydasi bor.

Sut ichgach, ogʻizni bir marta chayqab olish kerak. Ikki sahih kitobida shunday hadis rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam sutni ichganlaridan soʻng ogʻizlarini chayish uchun suv olib kelishni buyurdilar, ogʻiz chayganlaridan soʻng: “Unda yogʻ bor” dedilar”.

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabobati” kitobidan.

@taomlanish_ilmi
18.2K views16:42
Ochish/sharhlash
2024-02-02 14:07:21
TOP-15 ENERGETIK MAHSULOTLAR

1. Zanjabil (imbir)
2. Kokos moyi
3. Limon
4. Malina
5. Goʻsht (yogʻsiz)
6. Suli yormasi (ovsyanka)
7. Bodring
8. Yongʻoqlar
9. Chili qalampiri
10. Baliq
11. Kashnich (selderey)
12. Rangli karam
13. Yasmiq (chechevitsa)
14. Ismaloq (shpinat)
15. Tuxum

@taomlanish_ilmi
18.8K views11:07
Ochish/sharhlash
2024-01-25 21:23:56
OZISH UCHUN OLMA SIRKASINI QANDAY ICHISH KERAK?

Ozishda, insulinrezistentlikni davolashda, qondagi glyukozani koʻtarilib ketishini oldini olishda, ayollardagi menstrual sikl buzilishiga sabab boʻluvchi tuxumdonlar polikistoz sindromini davolashda, ishtahani kuchli ochilib ketishini oldini olishda nima qilish kerak?

Shular haqida Youtube’ge video joyladim, koʻring






14.8K viewsedited  18:23
Ochish/sharhlash
2024-01-25 14:52:06 — Ozishda;
— Insulinrezistentlikni davolashda (hujayralarni insulinga sezgirligini oshirish);
— Qondagi glyukozani koʻtarilib ketishini oldini olishda;
— Ayollardagi menstrual sikl buzilishiga sabab boʻluvchi tuxumdonlar polikistoz sindromini davolashda;
— Ishtahani kuchli ochilib ketishini oldini olishda hech qanday cheklovsiz hayotimizga bitta odatni qoʻshish orqali erishishimiz mumkin!

Qanday odat ekani qiziq boʻlsa reaksiya qoldiring)

@taomlanish_ilmi
13.6K views11:52
Ochish/sharhlash
2024-01-18 07:32:15
OʻPKALARIM MENI KECHIR…

Poytaxt havosi “tozaligi” sabab qancha nafas olsam ham toʻymayapman. Oʻpkalar bu ketishda kislorodga emas qumga toʻladi… Mayli, nima boʻlsa boʻldi, boʻladi. Toshkent havosiga filtr qoʻya olmaymiz baribir.

Undan koʻra quyida 3 ta tavsiya beraman. Ularga amal qiling, keyin rahmat aytarsiz oʻzingizga (amal qilganingiz uchun).

1. Organizmga kirayotgan chang zarralarini tezroq chiqib ketishi uchun suyuqlik ichishni koʻpaytiring.

2. Organizm kurashuvchanligini oshirish, toksinlarni (chang) zararsizlantirish uchun kunda 0,5-1 stakan qatiq iching.

3. Oʻpkadagi changlarni chiqib ketishiga toʻsqinlik qilmang. Ya’ni ozgina boʻlsada yoʻtalgingiz kelsa yoʻtaling. Chunki bu vaqtda nafas olish tizimi oʻzini tozalash uchun yoʻtal refleksini chaqiradi.

Chang havodan nafas olib yurgan yaqinlaringizga yuboring)

@doktorferuz
16.2K views04:32
Ochish/sharhlash
2024-01-17 08:07:00
Doim iste’mol qilish kerak boʻlgan 13 mahsulot

1. Yongʻoq va urugʻlar
2. Koʻkatlar
3. Mevalar
5. Yogurt yoki qatiq
6. Loviya
7. Suli yormasi
8. Tuxum
9. Baliq
10. Yasmiq yoki noʻxat
11. Sirka
12. Arab xurmosi
13. Asal

@taomlanish_ilmi
14.0K views05:07
Ochish/sharhlash
2024-01-16 10:06:24
QORA SHOKOLAD FOYDALARI

Qora shokolad antioksidantlar va minerallarga. Bu xususiyatni unga kakao beradi. Qora shokolad deganda tarkibida kamida 75% kakao saqlashi kerak. Qadoq ustiga yozilgan boʻladi va 75—99% gacha turlari bor.

FOYDALARI:

Yuqori sifatli shokoladni tez-tez isteʼmol qilish axborotni qayta ishlash qobiliyatini, fikrlashni, ishchi xotirani yaxshilaydi.

Shokolad tarkibidagi flavonoidlar miyani tezroq ishlashiga yordam beradi va matematik hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklarni yengillashtiradi.

Kakao magniy (Mg) elementiga boy. Bu esa tinchlantirish, qon bosimini tushirish va boshqa ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻladi.

Foydali ekan deb koʻp iste’mol qilish kerak emas. Kunda 50 grammgacha yetarli boʻladi.

@taomlanish_ilmi
13.3K viewsedited  07:06
Ochish/sharhlash
2024-01-08 13:19:40
KLETCHATKA qanchalik muhim?

Kletchatka — bu oʻsimliklar tarkibida mavjud boʻlgan murakkab uglevod yoki ovqat tolasidir.

Foydalari:
✓ Xolesterin va qondagi qand miqdorini kamaytiradi;
✓ Yurak xastaliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi;
✓ Ishtahani pasaytiradi va ovqatga hajm beradi;
✓ Immunitetni mustahkamlaydi;
✓ Magniy va kalsiyni qayta ishlab, soʻrilishiga yordam beradi.

Kletchatka manbalari: barcha koʻkatlar, mevalar, sabzavotlar va don mahsulotlari.

@taomlanish_ilmi
14.2K views10:19
Ochish/sharhlash