Get Mystery Box with random crypto!

Taomlanish ilmi

Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi T
Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi
Kanal manzili: @taomlanish_ilmi
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🍏 Ongli ozish: @doctorferuz
🍋 Instagram: instagram.com/doctorferuz
🍅 YouTube: youtube.com/@doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-09-16 14:38:10
Ozishga shoshilmang! Balki sizning hozirgi vazningiz o'zingizga mosdir? Buni qanday aniqlash mumkin?

Ortiqcha vazn bor-yo'qligini aniqlashning bir-nechta usullari bor:

TMI ko'rsatgichi;
Bel aylanasi;
Vazn formulalari.

Bu haqida batafsil YouTube kanalimdagi yangi videoda gapirib berdim. Tomosha qiling



14.4K viewsedited  11:38
Ochish/sharhlash
2023-09-15 12:33:33
Organizmda suv yetishmasligi ruhiy buzilishlarni keltirib chiqaradi

Hatto ozgina suvsizlanish ham kayfiyatga salbiy taʼsir qiladi.

Bir ilmiy tajribada, odatda kun davomida oz miqdorda suv ichgan ishtirokchilar, suv miqdorini oshirganda, oʻzlarini yaxshi his qilishgan.

Suyuqlik yetishmovchiligi metabolik jarayonlarning sekinlashishi bilan bogʻliq. Atigi 1,5% ga suvsizlanish aqliy jarayonlarning yomonlashishiga, shuningdek immunitetning pasayishiga olib keladi.

Kayfiyatni koʻtarmoqchi boʻlsangiz suv iching!

@taomlanish_ilmi
16.1K views09:33
Ochish/sharhlash
2023-09-14 08:50:48
SMETANA jigar kasalliklarini oldini oladi

100 gramm smetana xolin moddasining kunlik ehtiyojini deyarli toʻrtdan bir qismini oʻzida saqlaydi.

U gepatoprotektor (jigarni tiklash) xususiyatga ega, giyohvand moddalar, viruslar, alkogolning toksik taʼsiri ostida zararlangan jigar toʻqimalarining tizimli tiklanishini tezlashtiradi, shuningdek, oʻt pufagida toshlar paydo boʻlishini oldini oladi.

Shuning uchun smetana nafaqat mazali, balki foydali hamdir.

Smetanani yaxshi koʻradiganlar bormi?

@taomlanish_ilmi
13.8K views05:50
Ochish/sharhlash
2023-09-07 06:31:53 Ertalab och qoringa suv ichish juda foydali

Qandli diabet, gormonal disbalans, artrit, aritmiya, migren, buyrak yetishmovchiligi, qabziyat kabi muammolardan xalos boʻlishga yordam beradi.

✓ Ertalab bir stakan suv ichaklarni harakatga keltiradi, oshqozon osti bezi va oshqozon ishini normallashtiradi.
✓ Uygʻonganingizdan soʻng bir stakan toza suv iching. Hojatdan soʻng yana 1 stakan suv iching, keyin nonushta qiling.

@taomlanish_ilmi
16.5K views03:31
Ochish/sharhlash
2023-08-22 23:43:05 Go'shtni (mol/qo'y/parranda) sutkalik me'yori — har bir kilogramm tana massasiga maksimum 3 grammgacha bo'lishi kerak.

Rostdan ham biz "go'shtni ko'p yeyapmiz"

Har-harda boshqa kunlar uchun ham go'shtni ko'proq yeb qo'ysangiz "nichego", faqat ko'katlar bilan bo'lsin.

@taomlanish_ilmi
17.8K viewsedited  20:43
Ochish/sharhlash
2023-08-09 10:20:28
Nima uchun goʻshtni koʻkatlar bilan isteʼmol qilish kerak?

Har qanday goʻsht, hatto tabiiysi ham kolorektal saraton (yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak oʻsma kasalligi) rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Buni Xalqaro Saraton tadqiqotlari agentligi (XSTA) taʼkidlagan.

Taxminlarga koʻra, bu goʻshtga qizil rang beruvchi pigment — gem tufaylidir. Gemga qarshi taʼsir qiluvchi asosiy himoya moddasi boʻlgan boshqa pigment — xlorofilldir. U yashil rangga ega va oʻsimliklar undan kislorodni sintez qilish uchun foydalanadi.

«Qizilni yashil yengishi» taʼsiri Gollandiya olimlari tomonidan 9 yil davomida 120 ming kishini kuzatgan tadqiqoti bilan tasdiqlangan.

Demak, goʻsht va goʻshtli taomlar bilan doim yashil rangli koʻkatlar isteʼmol qilish kerak!

@taomlanish_ilmi
27.1K views07:20
Ochish/sharhlash
2023-08-05 03:50:53 Yog'larni qayta qizdirish mumkin emasligi haqida ko'pchilik eshitgan, o'qigan...

Lekin shunday yog'lar bor-ki, ularni qayta qizdirib ishlatish mumkin.

Ular:
— barcha hayvon yog'lari (qo'y dumbasi yog'i, charvisi, mol yog'i va h.k.)
— zaytun moyi
— bodom moyi
— kokos yog'i


O'simlik moylaridan: pista (semechka), zig'ir, paxta yog'larini qayta qizdirib ishlatish mumkin emas, bu aniq!

@taomlanish_ilmi
20.5K viewsedited  00:50
Ochish/sharhlash
2023-07-27 12:22:42
Organizmda suv yetishmasligi ruhiy buzilishlarni keltirib chiqaradi

Hatto ozgina suvsizlanish ham kayfiyatga salbiy taʼsir qiladi.

Bir ilmiy tajribada, odatda kun davomida oz miqdorda suv ichgan ishtirokchilar, suv miqdorini oshirganda, oʻzlarini yaxshi his qilishgan.

Suyuqlik yetishmovchiligi metabolik jarayonlarning samaradorligini pasayishi bilan bogʻliq. Atigi 1,5% ga suvsizlanish aqliy jarayonlarning yomonlashishiga, shuningdek immunitetning pasayishiga olib keladi.

Aqliy qobiliyatni oshirib, kayfiyatni koʻtarib, immunitetni yaxshilamoqchi boʻlsangiz suv iching!

@taomlanish_ilmi
27.9K viewsedited  09:22
Ochish/sharhlash
2023-07-24 21:26:06 Endi chivinlar talamayaptimi?
Bu mahsulotlarni muntazam yeb yursangiz, nafaqat chivinlar, balki boshqalar ham talamaydi

Foyda olgan bo'lsangiz reaksiya qoldiring)

@taomlanish_ilmi
22.6K viewsedited  18:26
Ochish/sharhlash
2023-07-19 09:50:25
Chivinlarni qoʻrqitadigan, badandan uzoqlashtiradigan mahsulotlar
(Chivinlar mavsumida asqatadi)

Chivinlar uchun eng hushboʻy hidlar non, baʼzi sharbatlar va tuzlangan bodring tarkibidagi sut kislotasining hidi hisoblanar ekan.

Spirtli ichimliklar tana haroratini va terlashni oshiradi. Agar spirtli ichimliklar bilan birga yogʻli, achchiq ovqatlar isteʼmol qilsangiz, ortiqcha ovqatlansangiz, unda siz chivinlar uchun nishonga aylanasiz.

Biroq, odamlarning hidini hasharotlar uchun yoqimsiz qiladigan mahsulotlar bor. Bu masalada yetakchilari piyoz va sarimsoqdir.

Ular tarkibida allitsin organik birikmasi mavjud. Ushbu modda inson terlari bilan ajralib turadi hamda tananing tabiiy hidini toʻsib qoʻyib, bizni chivinlarga "koʻrinmas" qiladi.

Sarimsoq va piyozdan tashqari evkalipt, rayhon, yalpiz ham chivinlarni qochiradi.

@taomlanish_ilmi
34.5K views06:50
Ochish/sharhlash