Get Mystery Box with random crypto!

Kecha Subyektivning 'Eng xavfli O'LIM faktori — SEMIZLIK' noml | Taomlanish ilmi

Kecha Subyektivning "Eng xavfli O'LIM faktori — SEMIZLIK" nomli videosi chiqdi.

SUBYEKTIV muallifi Jamshidxon Ziyoxonov bilan gaplashganimizda ozish uchun juda ko'p ishlarni qilib ko'rganini bildirdi. Buni videoda ham ko'rishingiz mumkin:



Lekin ma'lum vaqtdan keyin ozish uchun qilayotgan ishlari davomli emasligini tushunishgan. Chunki odamda turli xil vaziyatlar bo'ladi, aynan o'sha vaziyatlarda ham nima qilishni bilib olish eng muhimi!

Keyin "Taomlanish ilmi va Ongli ozish" kursimiz bilan tanishib chiqib, video-darslarimizni ko'rib - taomlanishga nisbatan fikrlari o'zgargan, yangi odatlar shakllangan. BU esa eng muhimi.

Doim takrorlaganimdek, ovqatlanish odatlarimizni o'zgartirmasak, ozish uchun och qolmasdan va hamma narsa yegan-ichgan holda energiya tanqisligini hosil qilmasak hamda ME'YORni bilmasak OZIB bo'lmaydi.

Shuning uchun ham diyetalar ishlamaydi, cheklovlar foyda bermaydi, sportni ham doimiy qilib bo'lmaydi. Ming harakat qiling bari befoyda.

Xulosa qilib aytganda: ozishni ortga surmang va turli ishlamaydigan usullardan foydalanmang - bu bilan vaqtingizni, sog'lig'ingizni va pulingizni bekorga sarflamang.

Biz bilan bir umrlik vaznni nazorat qilishni, qaysi holatda nima qilishni, kasalliklarni yengish va oldini olishni o'rganing.

@doktorferuz