Get Mystery Box with random crypto!

Taomlanish ilmi

Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi T
Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi
Kanal manzili: @taomlanish_ilmi
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🍏 Ongli ozish: @doctorferuz
🍋 Instagram: instagram.com/doctorferuz
🍅 YouTube: youtube.com/@doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-01-05 19:13:57
Betoblikda qanday taomlanish kerak?

1. Oqsilga boy mahsulotlarni koʻp-koʻp isteʼmol qiling! Organizmda shakllanadigan antitanachalar oqsildan tashkil topgan, ularni koʻp miqdorda ishlab chiqarish uchun oqsil nihoyatda zarur.
Oqsilga boy: goʻsht va goʻsht mahsulotlari, baliq, tuxum, tvorog, pishloq.

2. Vitaminga boy mahsulotlarni ratsionda koʻpaytiring. Ular kasallikdan tez qutulib, tezroq tiklanishga yordam beradi.
Vitaminlar manbasi: meva va sabzavotlar, don mahsulotlari.

3. Suyuqlik koʻproq iching, u boʻlishi mumkin choy, ilitilgan mineral suv, limon, naʼmatak damlamalari. Infeksiya va uni zaxrini organizmdan tezroq yuvilishida yordam beradi.

4. Nimadir yegingiz kelsa oʻshani isteʼmol qilishga harakat qiling, bunday vaqtda organizm oʻziga nima kerakligini yaxshi biladi.

@taomlanish_ilmi
14.8K views16:13
Ochish/sharhlash
2024-01-03 14:14:27
​​Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hovuch xurmo boʻlsa ham kechki taomni yeyishni buyurib: “Kechki ovqatni tark etish qaritadi”, der edilar. 

Termiziy va Ibn Moja oʻz hadis toʻplamlarida Abu Naimdan Rasululloh alayhissalomning ovqat yeb uxlashdan qaytarishlari va bu esa qalbni qotirish haqidagi hadisni zikr etganlar.

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabobati” kitobidan.

Demak, kechki taomni tark qilish kerak emas va juda kech taomlanish ham kerak emas. Uxlashdan 3-4 soat oldin yeyilgani eng afzali.

@taomlanish_ilmi
12.9K views11:14
Ochish/sharhlash
2023-12-31 16:12:27 BUGUN OSHOQOZONGA OGʻIR KELADIGAN KUN

“Oshqozonim meni kechir” deb bosvorishdan oldin quyida oddiy ketma-ketlikni eslatib oʻtaman, qoʻllab koʻring:

— dastlab ikki stakan suv yoki shuncha miqdor choy ichib oling.
— dasturxonga mevalarni kesib qoʻying va shundan boshlang.
— endi navbat salatlarga.
— salatdan keyin ovqat yeyishni boshlasa ham boʻladi. Ovqatni salat yoki koʻkatlar bilan yeyish afzal.

Shirinliklarni ovqatdan oldin yeyish kerak deganim bilan baribir keyin yeysiz. Yaxshisi ovqatdan kamida ikki, boʻlmasa uch soat oʻtib yesangiz boʻladi.

@taomlanish_ilmi
@doktorferuz
13.3K views13:12
Ochish/sharhlash
2023-12-30 11:04:26
Shamollashda — Naʼmatak (shipovnik) iching

Naʼmatak oʻzida koʻplab vitaminlar saqlaydi, ayniqsa vitamin C miqdori boʻyicha yetakchilik qiladi (limonga nisbatan kamida 20 barobar koʻp).

Yuqumli kasalliklar mavsumida tez-tez naʼmatak damlamasini ichib turish tavsiya qilinadi.

Qoʻllanilishi:
— avitaminozda
— kamqonlikda
— immunitet sustligida 
— shamollash kasalliklarida
— gripp va OʻRI’larda

Tayyorlanishi: 10–12 ta quruq mevasini 0,5 litr suvda bir qaynab chiqqandan keyin damlab qoʻyiladi. 
Iliq holda kun davomida ichiladi. Asal qoʻshib ichsa yanada yaxshi!

@taomlanish_ilmi
13.1K views08:04
Ochish/sharhlash
2023-12-23 14:53:50 Youtube'ga video joyladik, albatta ko'ring! Like bosish va komment qoldirish esdan chiqmasin.








Ogohlantiraman, bu videodan keyin ozish jarayoni boshlanib ketishi mumkin.
14.2K viewsedited  11:53
Ochish/sharhlash
2023-12-22 16:20:34 SHAKAR SEMIRTIRMAYDI

Bosh miyamizda ajoyib holat borki, qanchalik biror narsadan o'zimizni cheklasak, o'shani avvalgidanda ko'proq xohlashni boshlaydi.

Masalan, bugundan shakar yoki umuman shirinliklar yemayman dedingiz. Shu soatdan boshlab o'zingiz hozirgina cheklagan yeguliklarga nisbatan kuchli xohishni sezishni boshlaysiz.

Ba'zilar bir necha oy, ba'zilar hafatalar, ba'zilar esa bir necha kun chidashi mumkin. Keyinchi?

Epidemiologik nuqtai nazardan qarasak, shakar iste'moli yildan-yilga kamayib boryapti. Unda nega semizlik ko'payib boryapti?! Hamma gap energiya balansini buzilishida.

1997-yilda o'tkazilgan tadqiqotda, odamlarni 2 guruhga bo'lishadi. Har ikki guruhga bir xil 1100 kkal ratsion tuziladi. Faqat birinchi guruhni ratsionida 100 grammdan ortiq shakar bo'ladi, ikkinchi guruhnikida esa 10 gramm.

6 haftadan ortiq davom etgan va nazorati juda qattiq ushlangan bu tadqiqotda ma'lum bo'lishicha, ikki guruh ham bir xil miqdorda tanasidan yog' massasini yo'qotgan.

Bunga o'xshash tadqiqotlar juda ko'p. Hech biri aynan shakarni ko'p iste'mol qilish semirishga sabab bo'lganini isbotlamaydi, qaytanga energiya balansiga kelib taqalishi isbotlanaverilgan.

Demak, muammo shakarda emas, energiya balansini buzilishida!!!

Kursimda o'qiganlar soni 6000 ga yaqinlashdi. Bu kichkina sonlar emas. Ular turli muammolar bilan kelishgan, ya'ni, insulini, kortizoli, porolaktini, TTG'si va hokazo gormonlarini normadan ancha yuqori ekanligi bilan.

Yana birlari bulimiya bilan, yana birlari butun ajdod va avlodlarida semizlik borligidan, genimdan deb kelganlar, shunga qaramay ozishdi va ozishmoqda. Eng muhimi yog'larni hisobiga.

Sizda savol tug'ilishi mumkin! Unda KETOda qanday ozyapti? Ketoda ham kaloriya tanqisligi hosil qildiradi, lekin mingta cheklov bilan. Lekin mahsulotlar turiga cheklov qilmasdan ham ozish mumkin. O'zingizni qiynashingiz shartmi? Qolaversa yuqorida yozganimdek, cheklov boshladingizmi, o'sha yegulikka avvalgidanda kuchli xohish paydo bo'ladi. Albatta "SRIV" bo'lasiz!

KETO-diyeta haqida shu kanalimda ko'plab ma'lumotlar yozganman, o'qishingiz mumkin:
KETO-diyeta TOP–1 mi?
KETO-diyetada o'lim xavfi ortishi
KETO-diyeta o'zi nima?
KETO-diyeta qanday ozdiradi?
KETO-diyeta boshqa diyetalardan afzalmi?
KETO-diyeta kimlarga mumkin emas?
Keto-diyeta kimlarga mumkin emas? (2)
KETO-diyetani nojo'ya ta'sirlari
KETO-diyeta bo'yicha fikrlarim
Shirinliksiz ozish xavfli
Semirish shirinliklarga (uglevodlarga) bog'liq emas

@doktorferuz
15.0K views13:20
Ochish/sharhlash
2023-12-13 22:19:40
Sovuq ob-havoda qanday taomlanish kerak?

Kunda kamida 3 mahal taomlanishga, uzoq vaqt och qolmaslikka harakat qiling!

✓ Doim issiq ovqatlar isteʼmol qiling.
✓ Oqsilga boy suyuq taomlar, masalan, goʻshtli qaynatma shoʻrva, ilik shoʻrva va h.k. jismni isitadi.
✓ Yogʻli ovqatlar.
✓ Haftada 2 kun baliq yeyish.
✓ Sabzavotlardan: sholgʻom, qizil sabzini koʻproq iste’mol qiling.
✓ Quruq mevalar, ayniqsa mayiz, turshak, yongʻoqlar.
✓ Ratsionda dukkaklilarni ulushini koʻpaytirish.

@taomlanish_ilmi
14.9K viewsedited  19:19
Ochish/sharhlash
2023-11-17 12:29:39 ​​OSHQOVOQ URUGʻI FOYDALARI

Kimyoviy tarkibi: (100 gr)
Oqsil — 33 g
Yogʻ — 42 g
Uglevod — 12
Kletchatka — 18 g
Quvvati — 446 kkal

Tarkibida koʻp miqdorda vitamin va minerallar saqlaydi.
Toʻyinmagan yogʻ kislotlari va omega–3 manbai hisoblanib, yurak qon-tomir tizimi uchun judayam foydali.

Tarkibida:
• Vitamin D — suyaklarni mustahkamligi, ichaklardan kalsiyni soʻrilishi uchun kerak.
• Rux (sink) — soch va tirnoqlar holatini yaxshilaydi, immunitetni koʻtaradi, erkaklar gormoni — testosteron miqdorini oshiradi.
• Magniy — nerv va yurak-qon tomir tizimi uchun nihoyatda zarur element boʻlib, qon bosimini ham tushiradi.
• 100 g urugʻ tarkibidagi temir, sutkalik extiyojni qondiradi.

Tibbiyotda jigar kasalliklarida, boshdagi qazgʻoqlarda, soch toʻkilishida, yuzga har xil toshmalar toshganda, ichak parazitar-gelmintoz kasalliklarida, siydik haydovchi (diuretik) vosita sifatida keng qoʻllaniladi.
Yogʻidan esa, sklerozda, gastritda, oshqozon yarasi va prostatit kasalliklarida foydalaniladi.

Bundan tashqari:
• Uyqusizlikda
• Buyrak kasalliklarida
• Diabetda
• Qalqonsimon bez kasalliklarida 
• Erta qarishni oldini olishda foydalaniladi.

Sutkalik me’yori:
✓ Kattalarga 80-100 gramm.
✓ Bolalarga 30-40 gramm. 
✓ Homilador va emizikli ayollarga ayni muddaodir, ularga 50-60 gramm.

Nahorga yoki och qoringa yoki ovqatlangandan 2-3 soat oʻtib isteʼmol qilish kerak!

@taomlanish_ilmi
13.5K views09:29
Ochish/sharhlash
2023-11-16 17:36:26
JIGARNI SOG'LOM BO'LISHI UCHUN

Shunday mahsulot bor-ki, uni muntazam isteʼmol qilish jigarni sezilarli darajada davolaydi. Chunki uni tarkibida juda ko'p miqdorda kuchli antioksidat — flavonoidlar bor.

Uni turli koʻrinishlarda: somsa, manti, shirguruchga solib, oʻzini duxovkada pishirib, turli salatlarga qoʻshib isteʼmol qilsa boʻladi. Hattoki uni bir yoshgacha boʻlgan bolalarga pishirib, ezib bersa boʻladi.

Koni foydaga ega bu mahsulot — oshqovoqdir. Hozir oshqovoqni ayni mavsumi, to'yib olish kerak.

@taomlanish_ilmi
13.1K views14:36
Ochish/sharhlash
2023-11-10 13:04:18
Oʻylab koʻraylik…

@doktorferuz
13.3K views10:04
Ochish/sharhlash