Get Mystery Box with random crypto!

Taomlanish ilmi

Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi T
Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi
Kanal manzili: @taomlanish_ilmi
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🍏 Ongli ozish: @doctorferuz
🍋 Instagram: instagram.com/doctorferuz
🍅 YouTube: youtube.com/@doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-07-11 13:41:27 QOVUN HAQIDA

Qovun — taom o'rnini bosadigan, to'yimli, kam kaloriyali va past glikemik indeksga ega yegulik hisoblanadi.

2006-yilda "HortScience" jurnalida e'lon qilingan tadqiqotda, qovun tarkibida beta-karotin miqdori juda yuqoriligi aniqlangan. 
Beta-karotin — sariq meva va sabzavotlarda uchraydigan, ularga shu rangni beradigan oʻsimlik pigmentidir. Apelsin va sabzi toʻq sariq rangda bo'lishiga qaramay qovun tarkibidagi beta-karotin ularnikidan koʻproq ekan.

100 g qovun: 36 kkal
Oqsil — 0,5 g 
Yogʻ — 0,1 g 
Uglevodlar — 9 g 
- Natriy — 26 mg 
- Vitamin A — kunlik ehtiyojning 108% 
- Tolalar — 1 g — kunlik ehtiyojning 6%
- Kalsiy — kunlik ehtiyojning 1% 
- Temir — kunlik ehtiyojning 2% bulardan tashqari tarkibida kaliy, magniy, foliy kislotasi, fosfor, kremniy, erkin organik kislotalar saqlaydi. 

Qovun tarkibida koʻp miqdorda folat (V9 vitamini) mavjud. Bu homiladorlik paytida ayol organizmi uchun zarur. Bundan tashqari u xotirani yaxshilaydi va depressiyadan himoya qiladi. Tarkibida kremniy borligi tufayli soch va teri holatini yaxshilaydi. Beta-karotin tufayli chiroyli va silliq teriga ega boʻlasiz.

Qovun tarkibida qimmatbaho element — oltin mavjud! Bu boshqa elementlar bilan bir qatorda organizmga juda zarur.

@taomlanish_ilmi
31.4K viewsedited  10:41
Ochish/sharhlash
2023-07-07 06:35:26
Bolalarga tarvuzni qachondan va qancha miqdorda berish mumkin?

— 1 yoshgacha boʻlgan bolalarga tarvuz berilmaydi.
— 1 yoshdan 2 yoshgacha bolalarga sutkasiga 50 g.
— 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarga sutkasiga 100 g.
— 3 yoshdan 5 yoshgacha bolalarga sutkasiga 150 tarvuz berish mumkin.

Shuni tarozida tortib yoki oʻlchab berganlar bormi?
Barra tarvuz boʻlsa, yangi kesilgan vaqtda biroz koʻproq yedirsa ham boʻladi. Faqat mumkin ekan deb koʻp berib yubormang!

@taomlanish_ilmi
30.4K views03:35
Ochish/sharhlash
2023-06-30 08:31:41
Gazli (shirin, rangli) ichimliklar homilador ayollarda erta tugʻish xavfini oshiradi

2010-yilda Daniyada 60,000 nafar ayol oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqotga ko'ra, gazlangan shirin ichimliklar ichganlarda erta tugʻish ehtimoli yuqori ekan.

Homiladorlik paytida kuniga kamida bir marta gazlangan suv ichgan ayollarda erta tugʻish ehtimoli ichmaganlarga qaraganda 38% ga ortgan.

@taomlanish_ilmi
33.1K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-06-19 14:47:28 Agar kalsiyni dori ko'rinishida qabul qilmoqchi bo'lsangiz ikki xil ko'rinishdagisini tavsiya qilaman:

1. Kalsiy laktat
2. Kalsiy sitrat

Kalsiy karbonat va kalsiy glyukonatni ichaklardan so'rilishi qiyinroq. Bu esa dorini foydalilik koeffitsiyenti kamaytiradi.

@taomlanish_ilmi
40.6K viewsedited  11:47
Ochish/sharhlash
2023-06-17 09:55:51
Organizmda KALSIY (Ca) yetishmasligini asosiy belgilari

• Yuqori charchoq
• Titrash
• Tishlarni maydalishi va tushib ketishi
• Mushaklardagi spazmlar
• Teri elastikligini pasayishi
• Ichaklardagi spazmlar
• Sochlar va tirnoqlarni xiralashishi
• Asabiylik, xavotir va taʼsirchanlikni ortib ketishi

Manbalari: sut va sut mahsulotlari, dengiz mahsulotlari, baliq, koʻkatlar, suyak va pay shoʻrvalar.

@taomlanish_ilmi
38.2K views06:55
Ochish/sharhlash
2023-06-15 14:22:46 ISSIQ HAVODA OVQATLANISHNING ASOSIY QOIDALARI

Yoz oyida ovqat hazm qilish jarayoni sekinlashadi. Issiqlik taʼsirida organizm oʻzini sovutib, tana haroratini normal ushlab turishga katta energiya sarflaydi. Natijada hazm qilish tizimini qon bilan taʼminlanishi susayadi, ishtaha pasayadi, soʻlak ajralishi kamayadi, ichaklar xarakati sustlashib, moddalar almashinuvi sekinlashadi. Bu esa yurak qon tomir tizimini yuklama bilan ishlashiga olib keladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib yozgi ratsion tuzishda quyidagilarni inobatga olish kerak:
— Koʻp miqdorda suv ichish
(Organizm uchun kunlik suyuqlik normasi 1 kg / 30 ml. Kerakli miqdorda iching, haddan tashqari koʻp suyuqlik ichish shishlarni keltirib chiqaradi)
— Vitamin va minerallarga boyitish
(Meva, sabzavot va ko'katlar)
— "Sovituvchi" energiya berish
— Qon aylanishini yaxshilash
— Qon quyuqlashishini oldini olish

"Isituvchi" energiyani qanday qilib "sovituvchi" energiyaga almashtirish kerak? Asosiy qoida shuki barcha toʻq rangli/qizil — "isituvchi", och rangli/yashil — "sovituvchi"dir.

Yozgi menyuda boʻlishi kerak:
• Koʻkatlar;
• Meva va reza mevalar: qovun, tarvuz, malina, qulupnay, shaftoli, olxoʻri, limon va h.k.
• Yormalar: jigarrang guruch, perlovka, grechka.
• Oʻsimlik oqsili: grechka, chechevitsa, qoʻziqorin, urugʻ va yongʻoqlar.
• Xayvon oqsili: qizil va oq baliq, dengiz mahsulotlari, oq goʻsht (tovuq, indeyka), tuxum.
• Ichimliklar: mevalardan sharbatlar, moxito, oʻtli choylar, soklar.

Isteʼmol qilmagan yaxshi:
– Yangi chiqarilgan soklar
– Qizdiradigan maxsulotlar

Minimal darajaga tushirish kerak:
– Qizil goʻsht
– Qovurilgan ovqatlar
– Oq un, shakar va kremli shirinliklar.

@taomlanish_ilmi
30.6K viewsedited  11:22
Ochish/sharhlash
2023-06-11 17:29:17
Qaysi ichimlik suyaklarni "qarishdan" osteoprozdan himoya qiladi?

Suyaklar mustahkam va sogʻlom boʻlishi uchun yetarli miqdorda kalsiy isteʼmol qilish kerak.

Sut mahsulotlari (sut, pishloq, tvorog va yogurt) kalsiyning eng asosiy manbalari hisoblanadi. Bir stakan sut organizmni 13 ta muhim ozuqa moddalar, jumladan 300 mg kalsiy bilan taʼminlaydi.

@taomlanish_ilmi
27.5K views14:29
Ochish/sharhlash
2023-06-10 19:36:04
"IDEAL VAZN formulasi" videosi yaqin 1 mln marta ko'rilibdi.

Instagramda har kuni foydali ma'lumotlar bo'lishyapman.
Obuna bo'ling
https://instagram.com/doktorferuz

@doktorferuz
21.7K views16:36
Ochish/sharhlash
2023-06-08 10:49:16 OPTIMAL UYQU VA INSULT

Juda kam yoki me'yoridan ortiq uyqu insult xavfini oshiradi. Uyquning optimal darajasi qanchaligini bilasizmi?

Yaponiyalik olimlar birinchi bo'lib bu masalani keng ko'lamli o'rganishga kirishdilar. Ular 14 yil davomida 100,000 o'rta yoshli erkak va ayolni kuzatib borishdi. Agar ular o'rtacha to'rt soat va undan kamroq, o'n soat yoki undan ko'proq uxlasalar, kuzatiluvchilarning insultdan o'lish xavfi taxminan 50% ga oshgan.

Yaqinda 150,000 amerikalik ishtirok etgan tadqiqotda bu muammo yanada chuqurroq o'rganildi. Olti soat va undan kamroq yoki to'qqiz soat hamda undan ko'proq uxlagan odamlarda insult bo'lish ehtimoli ko'proqligi aniqlangan. Eng past xavf yetti-sakkiz soat uxlaydigan odamlarda kuzatilgan.

Yevropa, Xitoy va butun dunyoda keng ko‘lamli tadqiqotlar yetti-sakkiz soatlik uyqu organizmga eng kam xavf solishini tasdiqladi!

Demak, kuniga yetti-sakkiz soatlik uyqu eng optimal hisoblanar ekan.

@taomlanish_ilmi
25.7K viewsedited  07:49
Ochish/sharhlash
2023-06-05 12:29:09 QOSHIQ UCHIDAGI ANTIOKSIDANT

Aksariyat antioksidantlar ko'kat va ziravorlarda mavjud.

Aytaylik, siz pomidor, sarimsoq, rayhon va piyozdan sous tayyorladingiz spagetti bilan yedingiz. Hammasi bo'lib, bu idishda 80 birlik antioksidantlar mavjud bo'lsa, shundan taxminan 20 birlik spagettida va 60 birlik sousda bor.

Bir hovuch brokkoli qo'shish bilan siz tarkibida 150 birlikgacha antioksidantga ega bo'lgan mazali taomga ega bo'lasiz.

Nonushta uchun suli (овсянка) bo'tqasiga nima deysiz? Unga yarim choy qoshiq dolchin qo'shing va sizdagi 20 birlik antioksidant endi 120 ga aylandi. Agar shu bo'tqaga yana qo'shimcha sifatida maydalangan qalampirmunchoq (гвоздика) qo'shilsa avvalgi qiymatni 160 birlikgacha yetkazish mumkin.

O'simliklarda tayyorlangan taomlar antioksidantlarga doim boy bo'ladi. Ushbu taomlarga ozgina, qoshiq uchida ziravorlardan ham qo'shilsa, taomning shifobaxshligi yanada ortadi.

@taomlanish_ilmi
22.8K viewsedited  09:29
Ochish/sharhlash