Get Mystery Box with random crypto!

Kuz faslining TOP–5 mahsuloti Ushbu mahsulotlar kuzgi gipovit | Taomlanish ilmi

Kuz faslining TOP–5 mahsuloti

Ushbu mahsulotlar kuzgi gipovitaminozni yengishga va tanamizni barcha kerakli ozuqa moddalar bilan toʻyintirishga yordam beradi.

Qovoq — tarkibida kuchli antioksidant xususiyatiga ega boʻlgan beta-karotin mavjud boʻlib, u tananing normal ishlashiga yordam beradi. 

Olma — flavonoidlarga boy, bu oksidlovchi moddalar stress rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Lavlagi — kletchatkaga boy hamda yurak xastaliklari va qon bosimi ortishini oldini oluvchi betain moddasi mavjud.

Klyukva — vitamin va minerallarga boy.

Xurmo — C, A vitaminlari shuningdek kletchatka, kaliy va fosfor manbai hisoblanadi.

@taomlanish_ilmi