Get Mystery Box with random crypto!

Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon | Milliy sertifikat

Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2022-yil 18-dekabr kuni o‘tkazilgan fizika va kimyo fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube