Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-12-25 13:34:27
Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2022 йилдаги фаолиятида энг муҳим ва ёрқин воқеалар

Самые важные и яркие события в деятельности Президента Шавката Мирзиёева в 2022 году

Facebook|Instagram|Twitter
9.3K views10:34
Ochish/sharhlash
2022-12-21 17:38:46 2023-2024-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi oʻtkaziladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Izoh: Prezidentning 279-son qarorida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlari majmuasi joriy yildan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25.8K views14:38
Ochish/sharhlash
2022-12-20 16:53:18 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha dekabr oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 27-28-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 22-23-24-, 26-, 29-30-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-12-20

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.6K views13:53
Ochish/sharhlash
2022-12-20 16:17:44
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 11-12-dekabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 14-16-, 19-20-dekabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

Unda test sinovlarining yozma qismida qatnashgan 5 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi.

Test natijalari 27-dekabr kuni my.gov.uz saytida e’lon qilinadi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
11.2K views13:17
Ochish/sharhlash
2022-12-20 15:35:06 Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2022-yil 29-noyabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.dtm.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
11.0K views12:35
Ochish/sharhlash
2022-12-20 10:51:44
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasidan:

“Repititor chet tilini bir yilda o‘rgatadi. Nimaga biz maktabda o‘n yilda o‘rgatmaymiz? Nimaga bironta kasb-hunarga o‘qitib chiqarmaymiz?

Avvalgidek oliy ta’limga kirishda korrupsiya yo‘qku. Hech kim inkor qilolmaydi, qilsa bo‘lar ekanku?!”

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.8K views07:51
Ochish/sharhlash
2022-12-20 10:51:41
“Ona tilini bilishni majbur qilish kerak”, — Prezident.

“Milliy o‘zligimiz timsoli, maʼnaviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga eʼtibor yanada kuchaytiriladi. Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak”, — Prezident.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.1K views07:51
Ochish/sharhlash
2022-12-20 10:18:28
Oliy ta’lim muassasalariga kirishda korrupsiyani yo‘qotdik — Prezident.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.7K views07:18
Ochish/sharhlash
2022-12-20 10:07:33
Bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga, san’at va madaniyatga qiziqtirishimiz lozim.

O‘quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.

Shu bois, 2023-yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi.

Kelasi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi. Xususiy investisiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelasi besh yilda ularning soni 1 mingtaga yetkaziladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish amaliyoti kelasi o‘quv yilidan ushbu qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.2K views07:07
Ochish/sharhlash
2022-12-20 09:46:12
Uzoq tayyorgarlik ko‘rilgan ushbu islohot doirasida:

- Birinchi bosqichda vazirliklar isloh qilinadi, Hukumat ish uslubi ham tubdan o‘zgaradi. Eng avvalo, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi;

- har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lib, tarmoq tarkibidagi qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi;

- ko‘p vazirlar o‘zgaradi. O‘z sohasining chuqur bilimdoni, fidoyi va ishidan xalq rozi bo‘layotgan vazirlar lavozimida qoladi;

- davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 30-35 foizga qisqaradi. Iqtisod qilinadigan mablag‘lar ijtimoiy masalalarga yo‘naltiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.9K views06:46
Ochish/sharhlash