Get Mystery Box with random crypto!

Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi | Milliy sertifikat

Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi

2023-yil 26-yanvar kuni barcha hududlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash maqsadida tashkil etilmoqda.

Buning uchun talabgorlarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshiriqlari berilmoqda.

Test sinovlar 26-yanvardan 11-fevralga qadar har bir harbiy qismda o‘tkaziladi va unda 24 mingdan ziyod harbiy xizmatchining bilimi sinovdan o‘tkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube