Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-12-31 22:03:52
Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
12.5K views19:03
Ochish/sharhlash
2022-12-31 14:51:58
Yangi yil muborak aziz yurtdoshlar!

Jannatmakon yurtimiz uzra orzularga boy va olam-olam quvonch bilan yangi 2023-yil kirib kelmoqda!

Davlat test markazi jamoasi ushbu tantana bilan barchani qizg‘in muborakbod etadi!

2023-yilda baxt va omad barchaning sodiq hamrohi bo‘lsin! Qalblar hamisha quvonchlarga to‘lsin!

Keyingi yillarda ham yurtimiz ravnaqi bardavom va barqaror bo‘lsin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.9K views11:51
Ochish/sharhlash
2022-12-30 16:24:47
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 22-dekabr kuni dekabr oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari boshlangan edi.

Mazkur test sinovining yozma qismi 27-28-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 22-23-24-, 26-, 29-30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi.

Bunda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari maxsus dastur orqali elektron tarzda o‘tkazilib, unda 9 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Test sinovining yozma qismida 27 nafar, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlarida esa 11 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.2K views13:24
Ochish/sharhlash
2022-12-30 15:26:02 Ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

Ma’lumki, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlarini bilish darajasini baholash bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra test sinovlari 2023-yil 8-yanvar kuni o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 21-dekabrda imzolangan “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish maqsadida islohot ishlari olib borilayotganini inobatga olib, 2023-yil 8-yanvar kuni o‘tkazilishi e’lon qilingan ona tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlarini o‘tkazish kechiktirilishini ma’lum qilamiz.

Imtihonlarni o‘tkazish sanalari talabgorlarning shaxsiy kabinetida va rasmiy veb-saytimizda e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz: ona tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi. Test sinovlariga o‘z vaqtida shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kelishingizni so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.0K views12:26
Ochish/sharhlash
2022-12-29 09:57:48 Doktoranturaga qabul bo‘yicha bo‘layotgan murojaatlar yuzasidan

Shu kunlarda Davlat test markaziga doktoranturaga qabul boʻyicha koʻplab murojaatlar bo‘lmoqda. Mazkur murojaatlardan kelib chiqqan holda quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Doktoranturaga qabul Innovatsiya vazirligi tomonidan muvofiqlashtiradi va bu jarayonda Davlat test markazi ishtirok etmaydi.

Prezidentning 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq doktoranturaga kirish uchun talabgorlardan milliy yoki xalqaro chet tili sertifikati talab etiladi.

Bunda aynan Davlat test markazidan milliy sertifikat olish kerak degan talab mavjud emas. Talabgorlar chet tili bo‘yicha xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘plab talabgorlar xalqaro sertifikat emas, balki milliy sertifikat olishni afzal bilmoqda. Chunki Davlat test markazi tomonidan tashkil etiladigan chet tili imtihonlari xalqaro imtihonlardan koʻra ancha arzon hisoblanadi. Misol uchun, IELTS imtihoni taxminan 2 mln., Linguaskill imtihoni 1 mln. so‘m bo‘lsa, milliy sertifikat imtihoni uchun toʻlov 405 ming so‘mni tashkil etadi.

Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan chet tili imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi.

Unga koʻra chet tilidan koʻp darajali test sinovlari B1, B2 va C1 tilini bilish darajalari boʻyicha o‘tkaziladi. A1 va A2 tilini bilish daralari uchun esa sertifikat berilmaydi.

Koʻp darajali tizimga o‘tmagan chet tillarida esa talabgorlar qaysi daraja uchun imtihon topshirishini ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zi tanlaydi va mazkur daraja uchun talabni bajara olmasa sertifikat taqdim etilmaydi.

Agar doktoranturaga hujjat topshirgan talabgorlarda doktoranturaga qabul boʻyicha savollar yoki e’tirozlar boʻlsa, Innovatsiya vazirligiga murojaat qilishlari lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.2K views06:57
Ochish/sharhlash
2022-12-28 11:16:45 Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2022-yil 4-dekabr kuni o‘tkazilgan matematika va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

  60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
36.7K viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2022-12-27 21:57:03 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 11-12-, 14-16-, 19-20-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (28-30-dekabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
31.4K views18:57
Ochish/sharhlash
2022-12-27 12:52:12 Xalq ta’limi tizimidagi har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash test sinovida ishtirok etgan talabgorlar diqqatiga! Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari…
35.9K views09:52
Ochish/sharhlash
2022-12-27 11:19:07 Xalq ta’limi tizimidagi har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash test sinovida ishtirok etgan talabgorlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 425-son qarorida Xalq ta’limi tizimidagi malakali pedagog kadrlarni har oylik ustama to‘lash orqali rag‘batlantirish belgilangan.

Unga ko‘ra, ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni tanlab olish uchun nomzodlarning dars beradigan fani bo‘yicha bilim darajasini baholash test sinovlari o‘tkaziladi.

Shu sababli Xalq ta’limi vazirligining murojaatiga asosan Davlat test markazi tomonidan 2022-yil 16-dekabr kuni nomzodlarni saralash test sinovlari o‘tkazildi.

Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilindi va talabgorlar my.dtm.uz saytining “O‘qituvchilar” bo‘limidan o‘z natijalarini bilish olishlari mumkin.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 27-28-29-dekabr kunlari my.dtm.uz saytining  “O‘qituvchilar” bo‘limi orqali apellatsiya arizasini berishlari mumkin.

Apellatsiya arizalari Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va apellatsiya xulosasi 15 ish kuni ichida talabgorga yozma ravishda yuboriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
26.3K views08:19
Ochish/sharhlash
2022-12-26 17:17:55 Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi

2022-yil 26-dekabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda talabgorlarning o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.

Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.5K views14:17
Ochish/sharhlash