Get Mystery Box with random crypto!

Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochi | Milliy sertifikat

Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2023-yilda agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

-bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

-bosqichda hududlarda nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va kurs yakunida yakuniy nazorat o‘tkazilib, uning natijalari asosida talabgorlarga sertifikat beriladi.

-bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy bo‘limlarida sertifikatga ega nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Buning uchun talabgorlar 2023-yil 23-yanvardan 23-fevralga qadar my.dtm.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube