Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2021-09-17 14:16:58 Bu kitobni albatta o’qing, endi o’zbek tilida.
1.7K views11:16
Ochish/sharhlash
2021-09-16 21:25:28 Musiqa tugadi, yoki kutilgan yangilik haqida.

Jahon Banki o’zining mashhur Doing Business (“Biznes yuritish”) hisobotini butunlay to’xtatdi. Ichki tergov va izlanishlardan so’ng ushbu hisobotda bir qancha manipulyatsiya alomatlari borligi, yuqori rahbariyatdan reytingni tuzuvchilar uchun bosimlar bo’lgani, ba'zi mamlakatlarning reytinglari asliga yaqin emasligi sabab qilib keltirilgan.

"Biznes yuritish" hisoboti ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun muhim rol o'ynardi, chunki chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun hukumatlar o’z harakatlarining natijasini reyting orqali namoyish etishardi. Shu reytingda falonchi o'ringa kiramiz deb maqsad qo'yishardi. Lekin reytinglarning shaffof va “tozaligi” so'nggi yillarda qizg'in munozaralarga sabab bo'lgandi. Esingizda bo’lsa Nobel mukofoti sovrindori, iqtisodchi Pol Romer 2018 yilda Jahon bankining bosh iqtisodchisi lavozimini tark etib ushbu hisobotga katta shubxasi borligini ta’kidlagan edi. Ishdan ketishining asosiy sababi ham shu bilan bog’liq deyishadi.

Ichki tergovni yuridik firma olib borgan va tergov hisoboti bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Hisobotda bir narsa e’tiborni tortdi, u yerda yozilmagan qoida “Uzbekistan Protocol” haqida gap ketgan. Undan bir iqtibos: “Uzbekistan Protocol”, an unwritten rule that permitted holding back on implementing suspect reforms. (footnote 18)

Eslatib o’taman, Jahon bankining "Biznes yuritish 2020" yillik hisobotida O'zbekiston 69-pog'onaga ko’tarilib, biznes-muhitni yaxshilashda eng katta yutuqlarni ko'rsatgan 20ta eng yaxshi mamlakatlar qatoriga kirgan edi.

@uzbekonomics
13.7K views18:25
Ochish/sharhlash
2021-09-15 18:27:35 Qiziquvchilar uchun tavsiya.

Xalqaro makro-moliya yo’nalishi bo'yicha Stenfordda “big data” tashabbusi doirasida yozda konferensiya bo’lib o’tdi. Har yili ushbu tashabbus yetakchi universitetlarning 30 doktorantlarini xalqaro makromoliya sohasida katta ma'lumotlarni tadqiq qilish bo'yicha uch kunlik seminarga birlashtiradi. Leksiyalar videosi, prezentatsiya slaydlari, tadqiqotlarning ma’lumot bazalari va kodlarini ommaga taklif qilishibdi.

Ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.gsb.stanford.edu/faculty-research/faculty/conferences/big-data-initiative-international-macro-finance/videos-codes?undefined

@uzbekonomics
1.2K views15:27
Ochish/sharhlash
2021-09-01 09:25:22
Bir necha yil avval shahar ko’chasida ijod qiladigan shu yigitni ko’rib qolgan edim, ko’p mamlakatlarning madxiyasini bilar ekan. Qo’shni ko’chadan o’tib ketayotganimda uzoqdan tanish tovushlar eshitilgan edi… Insonlarni, ayniqsa boshqa yurtdan kelganlarni o’ziga shu tarzda jalb qilar ekan.

Xullas, o’shandan beri, shu yigit meni har safar ko’chada uzoqdan bo’lsa ham ko’rib qolsa, yurakka yaqin tovushlarni baralla o’ynashni boshlaydi…

@uzbekonomics
2.3K views06:25
Ochish/sharhlash
2021-09-01 08:39:08 Boshqacha tabrik.

Mamlakat mustaqilligi avtomatik ravishda undagi insonlarning erkinligini anglatmaydi. Tashqi kuchdan mustaqil bo'linsa ham, insonlarning erkinligi ichki iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablar tufayli cheklangan bo’lishi mumkin. Men hohlar edimki, biz mustaqillik kunini yilda bir marotaba nishonlab, faqat festival qilib, sherlar aytib emas balki yurtdoshlarimizning erkinligini har kuni, kundalik hayotida ko’rib, o’z boshimizdan o’tkazib turganimizni bayram qila olsak ana o’sha eng yuksak maqsad bo’lar edi deb o’ylayman. Men hozir erkin yashayapmanmi degan savolga javobni o’zingiz berishingiz kerak, men emas. Hamma bunga “Ha” deb javob bera olmasa kerak.

Yurtdoshlarimizda iqtisodiy erkinlik bo’lishini hohlayman. Bu har bir insonning o'z mehnati va mol-mulkini boshqarish huquqidir. Iqtisodiy erkin jamiyatda shaxslar qonun doirasida xohlagan tarzda ishlash, ishlab chiqarish, iste'mol qilish va sarmoya kiritish huquqiga ega bo’lishlari kerak. Balandparvoz gaplar, innovatsiyalar, kosmosni egallashlar emas balki iste’mol uchun oddiy tanlov erkinligi bo’lishini hohlayman. U avtomobil bo’lsin, maishiy texnika bo’lsin, ko’ptok bo’lsin, nima bo’lishidan qat’iy nazar, iste’molchining tanlovi sun’iy ravishda, masalan imtiyozlar orqali, bo’g’ilishi kerak emas. Aslida, iqtisodiy erkin jamiyatda hukumatning asosiy vazifasi shaxslar, bizneslar va ularning mulkini boshqalar tomonidan tajovuzdan himoya qilishdir, nizolarni sud orqali shaffof hal qilinishini ta’minlashdir, boshqa vazifalar mutlaqo ikkilamchi.

Erkinlik sari, yurtdoshlarimiz o’z soliqlarini taqsimlash jaroyonida eng muhim qatnashchi bo’lishlarini, uning ijrosini nazorat qilish, natijasi haqida baxslashish jarayonlarida faol qatnashishlarini hohlayman. Davlatning puli, direktorning puli, yoki rahbarning puli emas, balki bu soliq to’lovchining puli degan to’g’irlashlar ko’payishini hohlayman. Erkin insonlarlar yashaydigan erkin jamiyat bo’lamiz desak, siyosiy rahbarlarimizni, masalan hokimlarni, yurtdoshlarimiz o’zlari saylashlari, va xuddi shunday shaffof ovoz berish orqali kabinetdan olib tashlashlari faqat orzuda qolib ketmaydi deb umid qilaman. Va nihoyat, kambag’al mamlakatlar qatoridan tezroq chiqishimizni hohlayman.

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin, barchani mustaqillik kuni bilan tabriklayman! Lekin, erkinlikni nishonlash esa barchamizga har kuni nasib etishini tilayman. Huddi konstitutsiyamizning faqat qabul qilingan kunini emas, balki uni har kuni ishlab turganini bayram qila olishimizni tilaganim singari.

@uzbekonomics
2.6K views05:39
Ochish/sharhlash
2021-08-20 09:59:15 Aynan hozirgi davrda davlatning tadbirkorlarga bera oladigan eng katta va muhim yordami bu aholi orasida vaksinalash kampaniyasini kuchaytirish bo’lsa kerak. Menimcha juda sust ketayapti. Tadbirkorlarga, biznesga iste’molchilar kerak, sog’lom iste’molchilar kerak, sog’lom ishchilar kerak. Kasallanish ko’paygani sari nafaqat aholi balki biznes ham to’g’ridan-to’g’ri jarohat olishini unutmaylik.

@uzbekonomics
1.9K views06:59
Ochish/sharhlash
2021-08-20 09:42:01 Iqtisodiyotimiz tezroq bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslanib ishlashni boshlasa yaxshi bo’lar edi. Ko’p muammolarimiz paydo bo’lmasidan avval yo’q bo’lib ketar edi. Davlatning cheksiz aralashuvi ham kerak bo’lmas edi.
1.9K views06:42
Ochish/sharhlash
2021-08-17 21:32:34 ​​Kitob tavsiya

Yetti halokatli iqtisodiy gunohlar: har bir fuqaro bilishi kerak bo’lgan farovonlik va baxtga bo’lgan to'siqlar haqida.” Bu kitob amerikalik faylasuf va siyosiy iqtisodchi James Otteson tomonidan yozilgan. O'zim o’qib bo’lganimdan so'ng iqtibos va izoh yozaman. Kitob haqida sharh. Amazon.

Ha aytgancha, meni bu yerda kuzatsangiz ham bo’ladi.

@uzbekonomics
5.5K views18:32
Ochish/sharhlash
2021-08-17 19:37:30 Bu muammolar haqida katta minbarlardan gapirilayotgani quvonarli:
https://www.gazeta.uz/ru/2021/08/17/construction/

Shaharlarimizdagi daraxtlarni himoya qilishdan tashqari jamoat bog’larini saqlab qolish, ularning o’rnida har qanday, qaytaraman, har qanday qurilishlarni bas qilib ularni asl egalari ya’ni aholiga qaytarish kerak.

Shahar bog’lari aholiga tegishli, ularning yerlari tadbirkorlik faoliyati uchun, daromad topish uchun ajratilishi kerak emas. Ularning o’rnida yodgorliklar, muzeylar yoki istalgan ma’muriy binolarni qurish ham kerak emas. Jamoat va shahar bog’laridan foydalanish har kimning huquqi bo’lishi kerak va umid qilamanki shaharlarimizning ko'rki betonda emas balki yashil rangda aks etadi. Ayniqsa yoz faslida deyarli barcha shahar bog'lari panjara ortida tashlandiq holatga kelib qolgani biroz ayanchli.

Shahar bog’lari haqida o’tgan oyda yozgan maqola: o’zbek tilida va rus tilida.

@uzbekonomics
1.2K views16:37
Ochish/sharhlash
2021-08-17 19:30:39 Afg’oniston haqida o’rganganlarim bilan bo’lishmoqchiman. Ancha uzun post, qisqartira olmadim. O’ylaymanki, bu hozirgi vaqt uchun aktual, balki bu yerda yozilganlar ertaga o’zgarib ham qolar.

https://telegra.ph/Af%D2%93oniston-%D2%B3a%D2%9Bida-nima-%D1%9Ergandim-08-16
601 views16:30
Ochish/sharhlash