Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-01-11 16:05:57 “Toshkentda niqobdagi noma’lum shaxslar…suiqasd uyushtirildi…”

Kalendarda 2022 yil, ko’chada (ofisda?) esa 90-yillarning ba’zi belgilari:

https://www.gazeta.uz/oz/2022/01/11/trees
1.8K views13:05
Ochish/sharhlash
2021-12-21 20:18:19 Yana bir bor xarajatlar va davlatning puli^ haqida.

^aslida davlatning puli degan tushuncha yo’qligini qayta-qayta aytish kerak, soliq to'lovchilarning puli bor. Shuning uchun bu davlatning puliga kelgan, davlat to’lab qo’ygan, davlatning hisobiga qilingan degan gaplarga tuzatish kiritib soliq to'lovchilarniki ekanligini eslab ketish zarar qilmaydi. Shu bilan birga, mamlakatda hech narsa bepul emasligini va tekinga kelmaganini eslatish ham zarar qilmaydi.

Xullas, pulni sarflashning to’rt yo’li bor:
1. O’zingizning pulingizni o’zingiz uchun sarflaysiz. Masalan, o’qishga to’laysiz, kiyim olasiz.
2. O’zingizning pulingizni boshqalar uchun sarflaysiz. Masalan, do’stingizga sovg’a olasiz.
3. Boshqalarning pulini o’zingizga sarflaysiz. Masalan, korxona korporativ kartochkasiga ovqatlanasiz (yaxshilab).
4. Boshqalarning pulini boshqalarga sarflaysiz.

Birinchi va ikkinchi holatlarda siz pulni tejashga harakat qilasiz. Lekin, o’z pulingizni o’zingizga sarflasangiz qiymat/qaytimni ko’paytirishga harakat qilasiz. Biroq, boshqalarga sarflasangiz qiymat haqida nisbatan kamroq qayg’urasiz.
Uchinchi va to’rtinchi holatlarda siz aksincha, pulni tejashga harakat qilmaysiz. Uchunchisida sizda o’zingizga qiymatni maksimal darajada ko’paytirishga moyillik bor. Biroq, to’rtinchisida, ya’ni, birovni pulini birovga sarflashda sizda pulni tejashga ham qiymatni oshirishga ham rag’bat yo’q.

Buni nega yozyapman? Siyosatchilar, ijro hokimiyati vakillari va ayniqsa saylanmagan hokimlar aynan to’rtinchi guruhga mansublar (ba’zida uchinchisiga ham mansublar deyishingiz mumkin, lekin bu boshqa mavzu). Ular yig’ilgan soliq to’lovchilarning pullarini sarflaydilar, kimga-qayerga-necha pul degan qaror qabul qiladilar (bunday qarorlarni qabul qilish faqat parlamentda bo'lishi kerak aslida, ijro hokimiyati yoki hokimlarda emas). Xullas, ularning ustidan nazorat, hisobdorlik, shaffoflik bo’lmasa pulga bo’lgan qaytimni maksimallashtirishga ularda rag’bat o’zidan-o’zi paydo bo’lmaydi. Bu byudjet, ya'ni soliq to’lovchilarning pullari samarali ishlatilmasligiga olib keladi. Natijada bir amaldor ikkinchisiga sizga Ferrari olib beramiz deydi, yoki boshqasi sizlarni Dubayga ta’tilga yuboramiz deydi yoki boshqasi tilladan 100-metrlik haykal o’rnatamiz deydi va shunga o'xshash hayollar paydo bo’laveradi.

AQShlik bir kongressmen aytgan ekan:
“Bir biridan farqli uch toifadagi odamlar - yosh bolalar, o’g’rilar va siyosatchilar - uchchalasi ham boshqa odamlarning pullarini sarflaydilar. Shuning uchun uchchalasining ustidan nazorat kerak.”

Uzoq orzudagi emas, balk oddiy va normal O’zbekistonda parlament “kuchi” ijro hokimiyatinikidan ko’ra amalda kattaroq bo’ladi deb umid qilamiz, qonunda belgilanganidek. Deputatlar xalq vakili bo’lsa ijro hokimiyati bu ijrochi. Mamlakatdagi har bir insonning hayotiga ta’sir etish nuqtai nazaridan parlamentning faoliyati va deputatlarning qarorlari ijro hokimiyatinikidan ko’ra ancha muhimroq bo’lishi kerak aslida. Fuqarolar o’zlarining ovoz va hohishlari inobatga olinishi, kundalik hayotlari va kelajaklarini hal qilish va unga ta’sir etishning eng asosiy va balki yagona vositasi - deputatlar va parlament orqali. Davlat xarajatlari haqidagi qarorlar esa shu parlament doirasida qabul qilinishi kerak bo’lgan eng muhim qarorlardandir.

@uzbekonomics
6.6K views17:18
Ochish/sharhlash
2021-12-18 19:30:18 Quyidagi jumlani ko’p eshitdim: “Jamoat bog’i investorga investorlik majburiyatlari asosida berildi”.

Mana shu gapning har bir so’zida xato bor ekan:

- jamoat bog’i jamoatniki va har doim jamoatda qolishi kerak, shaxsiy qo’llarda emas. Jamoat bog’iga tajovuz mustaqillik va insonlarning erkinligiga tajovuz kabi narsa
- investorga hech narsa “berilishi”, hadya qilinishi kerak emas. Umuman olganda, har qanday aktivlar uni eng qadrlaydigan investorga eng asosiy vosita - narx orqali tegishi kerak
- investorlik majburiyati degan amaliyotdan umuman voz kechish kerak, ayniqsa davlat aktivlarini nol-bir so’m qiymatda sotilishini (o’qilsin: hadya qilinishini).

@uzbekonomics
1.5K viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2021-12-18 19:23:29
Незащищённость частной собственности — одна из причин нашей бедности

Многие узбекистанцы справедливо задумываются о том, почему доходы растут так медленно. Ещё более насущный вопрос: увеличится ли рост доходов в ближайшем будущем. Инвесторы не верят, пока частная собственность полностью не защищена от произвола властей, напоминает экономист Бехзод Хошимов.

https://www.gazeta.uz/ru/2021/12/18/private-property-and-investment/?utm_source=push&utm_medium=telegram

На узбекском языке: https://www.gazeta.uz/uz/2021/12/18/private-poperty/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz
1.1K views16:23
Ochish/sharhlash
2021-12-17 18:59:01 Bir yosh dasturchi ochiq ma’lumotlarni olib, manbasini ko’rsatib foydalanuvchilarga qulay sahifa yaratgan ekan. Natija nima deysizmi? Sudga berilibdi… Agar men Statistika qo’mitasining o’rnida bo’lganimda bu yigit qilgan foydali loyihasi uchun uni sudga berish o’rniga ishga tezda olgan bo’lar edim. Agar haqiqatdan ham loyihasining kamchiligi bo’lsa unga yordam, maslahat bergan bo’lar edim. Qimmatli kadr emasmi bu? Qo’mitada resurslar, shu jumladan ishchi resurslari ham cheklanganligini inobatga olsak, o’z ishini biladigan kadrlar kamida zarar qilmasdi.

Yosh talaba tekinga qilibdi shu sahifani, beg’araz niyatlar bilan. Aminman, bu va shunga o’xshash dasturchilarning bilimi va mahorati ish bozorida albatta talabga ega bo’ladi va rag’batlantiriladi. Lekin, faqat xorijdagi bozordan o’rin topsa nega dasturchilarimiz ketib qolyapti deb savol bermang. Avvalroq shu dasturchi temir yo’llari chipta va jadvallarini biladigan telegram bot ham qilgan ekan, u ham bloklanibdi… Xullas, hunari bor ekan, omad tilayman.

Bu yerda gap faqat qo'mita va shu dasturchi haqida emas, o’zi umuman olganda mamlakatimizda yosh dasturchilar, IT ga bo’lgan e’tibor haqida ko’p eshitamiz, ko’ramiz - bu yangilik o’sha dasturchilarga salbiy message bo’lib qolmasligini hohlar edim.

Ochiq ma’lumotlarni olish, va undan erkin foydalanishga biroz qulaylik yaratganlarga to’siqlar emas rag’batlar bo’lishi kerak.

P.S. Lekin bu yangilikning bitta ijobiy tarafi bor - dasturchiga e’tirozlar sud orqali bo’libdi. Avvalgidek telefon yoki norasmiy buyruqlar orqali emas.

@uzbekonomics
1.2K viewsedited  15:59
Ochish/sharhlash
2021-12-13 20:09:02 Toshkentdagi tabiy ofat haqida Nyu York Taymsdan otkritka

https://www.nytimes.com/interactive/2021/12/13/opinion/climate-change-effects-countries.html
1.4K views17:09
Ochish/sharhlash
2021-12-09 20:42:16 “Elektr energiyasi arzonligidan kambag’allar emas, boy qatlamlar manfaatdor bo’ladi.”

Eslatib o’taman, 2020 yilning o’zida O’zbekistonda energiya subsidiyasi uchun Yalpi Ichki mahsulotning 6.6% ulushiga teng mablag’ ishlatilgan. Faqat Venezuela (6.8%) va Liviyada (15.1%) bu ko’rsatkich ko’proq. Agar kishi boshiga chaqsak, 2020 yilda, har bir insonga $112 subsidiya to’g’ri kelgan ekan. Agar bizdan ancha boyroq mamlakatlarga solishtirsak bu juda ko’p, masalan Rossiyada $101, Indonesiada $25, Malaysiada $3, va Koreada esa kishi boshiga $1 subsidiya.

Boshqa kontekstlarga ham tegishli xulosa shundaki, narxlar erkin shakllanmaydigan, raqobat va ochiq bozor mavjud bo’lmagan vaziyatda sizga qandaydir narsa arzon bo’lib tuyilsa, katta ehtimollik bilan uning ortida katta subsidiya bor.

@uzbekonomics
3.6K views17:42
Ochish/sharhlash
2021-12-09 07:22:41 Iqtisod bo’yicha bu yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari kecha leksiya berishdi, tavsiya etaman:





@uzbekonomics
2.0K views04:22
Ochish/sharhlash
2021-12-08 21:57:49 Bugun internetga kirsa ham, dazmolni yoqsa ham faqat bir mavzu - bir artistning do’ppi haqidagi gapi atrofidagi fikrlar, ya’ni ko’pchilik shu mavzuga mobilizatsiya bo’libdi.

Meni boshqa narsa o’ylantiradi. Agar shu mavzuga ketgan vaqt, e’tibor va fikrlarning hech bo’lmasa o’ndan bir qismi boshqa mavzu, o’zbekistonliklarning bugungi kundalik hayoti va kelajagi uchun eng muhim bo’lgan bahslardan biri - byudjet taqsimoti, ya’ni o’zi ishlab-to’lagan soliqlarini kim, qayerga va nima uchun sarflayapti, nega davlat xarajatlari oshmoqda, nimaning hisobiga oshmoqda, bu xarajat bizga kerakmi degan mavzu va savollar atrofida jamlansa yaxshi bo’lar edi. Menimcha.

Masalan, keyingi yil konsolidatsiya qilingan byudjet xarajatlari 30%ga oshishi, o’sha madaniyat vazirligi yillik joriy xarajatlari 500 milliard so’mdan ko’pligi, bu yilgi byudjet xarajatlari 2.3 milliard dollarga oshganligi va shunga o’xshashlar biz kabi badavlat bo’lmagan mamlakatda kun tartibida turgan asosiy mavzulardan biri bo’lishi kerak deb o’ylayman.

@uzbekonomics
26.6K views18:57
Ochish/sharhlash
2021-12-08 18:18:47 Bu kitob bir yilda faqat bir marotaba eslanmasin. Faqat qabul qilingan kuni emas balki u har kuni to’liq ishlab turgani bayram bo’lsin.

https://t.me/uzbekonomics/169
2.5K views15:18
Ochish/sharhlash