Get Mystery Box with random crypto!

Checks and balances haqida. Adolatli sud tizimi deganda biz f | Uzbekonomics

Checks and balances haqida.

Adolatli sud tizimi deganda biz faqatgina qandaydir fuqaro qandaydir qonunni buzgani uchun adolatli hukm o’qilishini tushunishimiz yetarli emas. Adolatli sud tizimi ijro hokimiyatga bog’liq bo’lishi ham kerak emas.

Aslida, adolatli sud tizimi bu (1) ijro hokimiyati kuchini tiyib turadigan, uning qaror va harakatlari konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirib turadigan va (2) qonunlarning konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish orqali qonun chiqaruvchi hokimiyatni tiyib turadigan institutdir. Ikkalasining harakatlarini sud tizimi “urib tushira” olishi kerak. Mustaqil sud hokimiyati bor degani bu ijro hokimiyati sud jarayonida ayblanuvchi taraf bo’la oladi degani hamdir.

@uzbekonomics