Get Mystery Box with random crypto!

Inflyatsion kutilmalar muhim, inflyatsiya darajasiga ta’sir qi | Uzbekonomics

Inflyatsion kutilmalar muhim, inflyatsiya darajasiga ta’sir qiladi. Iste'molchilar, korxonalar, investorlar kelajakda narxlar qanday oshishini kutayotgan bo’lsalar bugungi davrda shunga yarasha qaror qilishlari bilan (narxlarni oshirish, investitsiya sur’ati, oyliklar vhkz) inflyatsiya darajasiga bevosita ta’sir qiladilar. Markaziy banklar esa mana shunday inflyatsion kutilmalarni, ya’niki haqiqiy inflyatsiyani jilovlay olishlari mumkin. Markaziy bankka bo'lgan ishonch aholining kelajakdagi narxlar barqarorligiga ishonchini oshirishga yordam beradi. Jamoatchilik, uy-xo’jaliklari bilan samarali aloqa kanalini o’rnata olgan, jamoatchilikka monetar siyosat haqida ma’lumotlarni zerikarsiz ravishda yetqazib tura oladigan markaziy banklar inflyatsion kutilmalar shakllanishiga ta’sir eta oladilar.

Xullas shu haqda qiziq insho. Yamayka markaziy bankining tajribasi ham qiziq ekan. 

@uzbekonomics