Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2021-12-07 21:28:15
Birinchi rasm: 35 yildan beri hech kim yashamaydigan, Chernobil hodisasidan so’ng tashlab ketilgan shahar - Pripyat.

Ikkinchi rasm: Toshkent shahridagi bog’lardan biri, 2021-yil.

Bog’larimizni bog’ deyish qiyin, tashlandiq axlatxona balki to’g’riroqdir. Aql bovar qilmaydigan holatlardan biri.

@uzbekonomics
1.7K views18:28
Ochish/sharhlash
2021-12-05 17:37:38 O’zi hozir ham avtarkik, eng katta bojlar va savdoga bo’lgan to’siqlar mavjud mamlakatlardan birimiz.

Deyarli 30 yildan beri JSTga kira olmadik, dunyo bozoridan keskin uzilgan va “mahalliy bozorni muhofazalash” bilan shug’ullanib kelmoqdamiz. Shuncha paytdan beri bu savdo falsafasi o’zini na bizda na bir boshqa joyda oqlagan.

Savdoga to’siqlar albatta yomon, ular qisqa muddatda bizni daromadlarimizni qisqartiradi. Oddiy aytsak - hamma tovarlar qimmatlashadi (boj qo’yilmagan tovarlar ham). Real daromadlar tushirishning yo’llaridan. Buning ustiga, bu chora regressiv - puli kamroq insonlar daromadini ko’proq qismini tovarlarga ishlatishadi, shuning uchun bojlar, aynan kambag’alroq qatlam uchun eng og’riqli.

Lekin savdoga bo’lgan to’siqlar va savdo siyosatidagi shunday miopik harakatlar uzoq muddatda ham O’zbekiston iqtisodiyoti uchun katta zarar. Dunyo biz o’ylaganidan ancha bog’liqroq, biz dunyodagi ishlab chiqarish zanjirlariga kira olsak, ilg’or texnologiyalar va kapitalni bizdan rivojlangan mamlakatlardan olib kira olamiz, buning natijasida samaradorlik ham oshar edi va natijada daromadlar. Lekin o’zimizni oyog’imizni shunday chopaversak, sarmoyalar kirishi amri mahol. Masalan, tariximizdagi eng ko’p to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar kiritilgan yili 2019 yilda, bizga kirgan chet el investitsiyalar Gruziya kirgan investitsiyalardan ham kamroq edi. Vaholanki Gruziya bizdan o’n barobar kichik va mamlakatni salmoqli qismi okkupatsiya ostida.

Oxirgi eslatma- odatda urushlarda, bir biriga dushman tomonlar savdoni cheklashga urinishadi. Masalan, AQSh fuqaroviy urushida, shimolliklar janub shtatlari portlarini blokada qilishini sababi- savdoni cheklash edi. Eng muhimi Fransiyadan keladigan kemalar janub portiga kiritilmasligi edi.

Xuddi shunday, Quvayt urushidan keyin, Iroqni savdosini BMT mandatiga ko’ra cheklashgan. Ya’ni odatda, savdoga cheklovlar shunchalik yomon narsaki, urush paytida bir biriga dushman bo’lgan mamlakatlar savdoga cheklovni urushning bir turi va vositasidek qo’llaydilar. Shartli G’arbiy sanksiyalar, masalan Eron yoki Shimoliy Koreyaga qo’llanilgan sanksiyalar, g’arbda ishlab chiqarilgan tovarlar o’sha sanksiya ostidagi mamlakatlarga kirishini taqiqlaydi. Ya’ni sanksiya ostidagi mamlakatlar uchun importni cheklash - jazo vositasi. Ya’ni Shimoliy Koreya generallari Fransiya konyakini baribir qora bozorda sotib olishadi, lekin Fransiya bu cheklovni qilishi, Fransuz tovarlari uchun narxni ya’ni de-fakto bojni oshirish vositasi xolos. Aytmoqchi bo’lganim, importni cheklash bu shunchalar yomonki, odatda jazo tariqasida qo’llaniladi, biz savdoni cheklash qanchalar zarar ekanligini anglashimiz kerak.
722 views14:37
Ochish/sharhlash
2021-12-02 20:16:23 ​​Globus (Google xarita) barcha mamlakatlarning haqiqiy hajmini ko’rsatmasligi haqida eslatma.

Ekvatordan ikkala qutb tarafga uzoqlashgan sari yer massasining o’lchami to’g’ri ko’rinmaydi. GIF da mamlakatlarning haqiqiy yer massasi qanday ekanligi ko’rsatilgan. Masalan, Rossiya haqiqatdan ko’ra ancha kattaroq mamlakat bo’lib ko’rinadi xaritada, aslida u Afrika qit’asining yarmidek.

@uzbekonomics
687 views17:16
Ochish/sharhlash
2021-11-29 18:25:09 ​​Bloombergdan ajoyib interaktiv o’yin. O’zingizni Smogtown (Changkent) shahrining saylangan hokimi o’rniga qo’yib ko’ring va qarorlarni qabul qiling. Maqsadingiz atmosferaga chiqindilarni qisqartirib shaharni sog’lom, havfsiz qilish va shu bilan birga saylovchilar oldida mashhurlikni saqlab qolish (emissions 0% va popularity 100% bo’lishi kerak).

Kanal va maqolalarimizni yaqindan o’qib boradigan obunachilar o’ylaymanki barchasiga to’g’ri javob berishadi, o’sha muammo va ilmiy izlanishlar natijasidagi yechimlar haqida ko’p gapiramiz.

Agar to’g’ri qarorlarni qabul qilsangiz oxirida rasmdagi tabrikni ko’rishingiz kerak.

https://www.bloomberg.com/features/2021-net-zero-mayor-game/

@uzbekonomics
1.7K views15:25
Ochish/sharhlash
2021-11-28 20:36:25 Magnus Karslen iqtisodiyoti haqida:

https://www.nytimes.com/2021/11/22/sports/magnus-carlsen-chess.html
1.0K views17:36
Ochish/sharhlash
2021-11-28 20:35:17 Shaharsozlik: jamoat transporti, parkovka, avtomobillashtirish, yo’llar, tirbandlik va boshqa masalalar bo’yicha: rus va o’zbek (lotin, kiril) tilida. Iqtiboslar.

@uzbekonomics
1.0K views17:35
Ochish/sharhlash
2021-11-28 10:02:10 ​​Toshkentda yo’lkira Nyu-Yorkdan 20 barobar arzon deyishibdi. Aslida teskarisi, Toshkentda Nyu-Yorkdan 2 barobar qimmatroq.

Toshshahartransxizmat AJ rasmiy matbuot xizmati bir necha kun avval yangilik chiqaribdi. Unda xorijiy konsalting kompaniyasi xizmatidan foydalanib aksiyadorlik jamiyatni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqarilayotgani haqida gap tilga olingan. Yangilikdan iqtiboslar keltiraman. Birinchisi quyidagi rasmda:

Men ikki jumlani to’g’ri tushungan bo’lsam,Toshshahartransxizmat daromad/harajatlari o’rtasidagi farq oshishining asosiy sababi bu yo’lkira narxi 4%ga va harajatlar 15% ga oshgani ekan. Narx 4% oshishi, tushum 4% oshganini bildirmaydi, lekin faraz qilaylik bu logika to’gri, ya’ni harajatlar 15%ga va tushum 4% oshgan. Ammo, gap shundaki, narx 1200 so’mdan 1400 so’mga oshishi narxni 4%ga oshganini emas, balki 16.67%ga oshganini bildiradi. Kalkulyatorda siz ham tekshirib ko’ring, balki men adashayotgandirman? Demak, shunda yuqoridagi logikaning teskarisi to’gri bo’lib chiqyaptimi (16.67% > 15%)? Balki matbuot xizmati ushbu matnda 4% deb yozib xato qilgan bo’lishlari mumkin lekin, Facebookdagi rasmiy sahifada ham, OAVda chiqqan yangilikda ham shunday ketgan. Yoki, eng qo’rqinchlisi, konsultantlarning o'zi 1200 dan 1400ga o’zgarishni 4% deb hisoblab berishganmi?

Ikkinchisi:
“Яъни, ҳозирги кунда йўлкира нархи 1 400 сўмни (тахминан 0,13 АҚШ доллари)ташкил этиб, дунёдаги шаҳар йўловчилар транспортидаги энг арзон тариф нархларидан бири ҳисобланиши ҳамда мисол тариқасида Тошкент шаҳрида ўрнатилган йўлкира хақи Нью-Йорк шаҳридан 20 баробар камроқ эканлиги тўғрисида айтиб ўтилди.”

Yangilik o’zi taqdim qilgan taxlil jadvaliga qaraydigan bo’lsak Nyu-Yorkda bir marttalik yo’lkira narxi $2.25 ekanligini ko’ramiz. Yana kalkulyator olamiz, 2.25/0.13=17.3. Ya’ni, Nyu-Yorkda yo’lkira 20 emas, 17.3 barobar ko’proq. Ha mayli, chiroyli raqamga “округлять” qilishgandir.
Umuman, taxlilning sifati meni ranjitdi. Agar qator shaharlarda bir marttalik yo’lkira narxi solishtirib ko’rsatilgan jadvalga qarasangiz Toshkentda yo’lkira narxi eng arzon ekan degan xulosa paydo bo’ladi. Nominal raqamlar ko’rsatilgan xolos. Oslo, Nyu-York va Toshkentni solishtirish uchun umumiy maxrajga keltirish kerak emasmi? Masalan, aholi daromadlaridagi farqlik inobatga olinishi kerak emasmi? Agar Toshkent va Nyu-Yorkdagi jamoat transporti foydalanuvchilari bir oylik median oyligining necha foizi jamoat transportida bir oy harakatlanish abonementiga sarflanadi deb taqqoslansa biroz mantiqiy solishtiruv bo’lar edi, menimcha. Keling shuni solishtiramiz hozir.

- Nyu-Yorkda bir oylik jamoat transport abonementi $127 turadi. Nyu-Yorkdagi bir kishining bir oylik median oyligi taxminan $3333. Ya’ni, Nyu-Yorkda bir kishi o’z daromadining 3.8% (127/3333) qismini yo’lkiraga ishlatadi.
- Toshkentda bir oylik jamoat transporti abonementi 166,000 so’m turadi, ya’ni bugungi kurs bo’yicha $15.4. Toshkentda jamoat transportida yuradigan aholining median oyligini $200 deb faraz qilsa bo’ladimi? Aslida, bundan ham kamroq deylik. Xullas, Toshkentda bir kishi o’z daromadining 7.7% (15.4/200) qismini yo’lkiraga ishlatadi.

Yuqoridagi taxminiy hisob-kitob natijasi: Toshkentda jamoat transportida harakatlanish Nyu-York jamoat transportida harakatlanishdan ko’ra 2 barobar qimmatroq. Buni chuqurroq o’rganishim mumkin edi,adashgandirman, yoki Toshkentdagi oylikni $200 deb faraz qilmasdan aniq raqamni topishim mumkin edi, lekin konsultatsiya xizmati uchun haqni men olmayman-da!

Xullas, yangilikni ko’rgan o’quvchida yaqin kelajakda Toshkentda yo’lkira narxi oshar ekan degan fikr paydo bo’ladi. Meni havotirga soladigan narsa bu qarorlarlarning faqat ushbu yangilikda aytilgan taxlil va umumiy maxrajga keltirilmagan solishtiruv asosida qabul qilinishi. Shuning uchun, menimcha, nafaqat bu, balki shunga o’xshash hisobotlarning to’liq matnini jamoatchilikka e’lon qilinishi kerak, shunda yuqoridagi savollarga javob topilishi mumkin, biz bekorga havotir olayotgan bo’lishimiz mumkin. Konsultantga qancha to’langani ham jamoatchilik ma’lumoti bo’lishi kerak.

@uzbekonomics
9.2K views07:02
Ochish/sharhlash
2021-11-24 21:30:15 Vaqtingiz bo’lsa, Youtubeda shu haftada chiqqan, bir-biriga teskari bo'lgan ikki mamlakat haqidagi videofilmlarni ko’rishni tavsiya etaman (rus-tilida):

Norvegiya.
Turkmaniston.

Deyarli istalgan ko’rsatkich bo’yicha O'zbekiston mana shu ikki mamlakatning orasida (chunki dunyodagi barcha mamlakatlar shularning orasida joylashgan-da).

Qizig’i shundaki, barcha kontrastlarning orasida eng katta o’xshashligi bor: ikkalasi ham tabiiy resurslarga o’ta boy mamlakat.

Rivojlanishda hozir qaysi biriga nisbatan yaqinroq ekanligimiz emas, balki shu spektrumda qaysi biriga qarab mo’ljal olganimiz muhimroq bo’lsa kerak, deb o’ylashi mumkin o’quvchi/tomoshabin. (albatta birinchisiga qarab?)

@uzbekonomics
1.2K viewsedited  18:30
Ochish/sharhlash
2021-11-24 19:12:02 Juda kam sonli bo’lsa ham ba’zi sohalarda bozor iqtisodiyotining qandaydir ko’rinishini, narxlarning erkin shakllanishini ko’rishni boshladik, bu yaxshi. Lekin, bitta sohada mutlaqo sotsializmning alomatlari saqlanib qolgan deb o’ylayman, va afsuski u chuqurroq ildiz olmoqda. Bu asfalt sotsializmi. Bu imkoniyatlar tengsizligini oshiradi, aholini kambag’allashtiradi… Bu haqda batafsilroq katta kolonkada, yaqin kunlarda.

Ungacha eslatib o’taman, O’zbekistonda uzog’i bilan 10% aholida avtomobil bor. Bu optimistik raqam, aslida undan ham kamroq bo’lishi kerak. Ya’ni mutlaqo aksariyat aholimizning harakatlanishi, mobilligi, ishga, o’qishga, davolanishga borishi, va har qanday xizmatlardan foydalanishi jamoat transportiga bog’langan. Lekin aynan o’sha 10% odamlarning imtiyozi butun 90% aholining hisobidan moliyalashtiriladi. Buning yechimi sifatida “demak odamlarni mashinaga o’tqazishimiz kerak ekan, yo’llarni kengaytirishimiz kerak ekan, 115-yil ishlab turgan butun tramvay tarmog'ini olib tashlab uning o'rniga yangi polosalar qurishimiz kerak ekan" degan fikrlar paydo bo'ldi. Bu faqat bizda emas, juda ko’p shaharlar, mamlakatlar shunday xatoni qilishgan. Bizning ustunligimiz, shunday xatolarni ko'rib, qaytarmaslikda bo'lishi kerak edi.

“Qachonki ko’chalarimizda mashinalar soni ko’paysa, qachonki odamlar bemalol mashina olsa ana o’shanda O’zbekiston rivojlangan bo’ladi” degan gap xato. Bu gapning tagida bir ma’no yotadi: mashina olishga yetarli puli paydo bo’lgan, aytaylik 10-15 ming dollar jamg'argan, aholi darxol mashina olishi shart va uning hayoti mashina bilan bog'liq bo’lishi kerak degan. Tabiiyki jamiyatga bunday signal berish noto’g'ri. Mamlakat rivojlanishi aholining kundalik hayoti yaxshilanishi bilan o’lchanadi, va u kundalik hayot ko’chadagi “o’lim mashinalarining” ko’pligidan yaxshilanmaydi, aksincha yomonlashadi. Eng qizig’i, avtomobillashtirish siyosatidan aynan o’sha avtomobil egalari va avtomobil foydalanuvchilari zarar ko’radilar, butun jamiyat bilan birgalikda.

Podkastlarimizda aytgan gapni qaytaraman: Mamlakatimiz rivojlanganligi alomatlaridan biri bu kambag’allarning mashina olib unda yurishga intilishida emas balki boylarning jamoat transportidan foydalanishida.

@uzbekonomics
1.5K views16:12
Ochish/sharhlash
2021-11-23 17:51:15 ​​Erkinlik va rivojlanishning garovi bitta savolda va unga javob izlashda yotadi: Soliqlarim qayerga ketayapti, nimalarga sarflanyapti?

Shuning uchun muhim axborotnoma, har yilgi fuqarolar uchun byudjet bilan tanishish kerak. 2022 yilgisi bu yerda.
Bunda sigaret ishlab chiqaruvchi korxonaning davlat byudjetidagi ulushi avtomobil yig’uvchi korxonadan ikki barobar ko’pligidan tashqari boshqa ma’lumot ham qiziq. 2022 yilgi davlat byudjeti tushumlarining uchdan bir qismi energetika+metallurgiya sektoridagi davlat korxonalari hissasiga to’g’ri kelar ekan.

Shu yerda bir narsa esimga tushdi:

O’zbekiston 2020 yilda energiya subsidiyasi uchun 3.8 millard dollar ishlatgan. Albatta, bu 2017 yilgi 5.6 milliard va 2018 yilgi 9 milliard dollardan kamligini e’tirof etish kerak. Subsidiyalarni keskin qisqartirib ulardan voz kechish maqsadga muvofiq. Benzin narxi atrofidagi barcha mulohazalarda mana shu raqamlarni inobatga olish juda muhim.

Boshqacha qilib aytganga, biz Yalpi ichki mahsulotimizning 6.6% qismiga teng mablag'ni energiya subsidiyasiga ishlatar ekanmiz. Faqat Venezuela (6.8%) va Liviyada (15.1%) bu ko’rsatkich ko’proq bo’lgan 2020 yilda. Agar kishi boshiga chaqsak, 2020 yilda, har bir insonga $112 subsidiya to’g’ri kelgan ekan. Agar bizdan ancha boyroq mamlakatlarga solishtirsak bu juda ko’p, masalan Rossiyada $101, Indonesiada $25, Malaysiada $3, va Koreada esa kishi boshiga $1 subsidiya.

Energetika sohasiga subsidiyalarni boshqa sohalarga xarajatlar bilan (masalan ta’lim, tibbiyot) solishtirishni o'quvchiga qoldiraman.

@uzbekonomics
2.9K viewsedited  14:51
Ochish/sharhlash