Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2021-11-22 20:08:04 “Sizni professor deymi yoki oʻrtoq komsomol? Yosh-kommunistlar harakatidan chiqib ketganmisiz?”

Saule Omarovaning Senatdagi eshittirishi va senator Kennedy tomonidan uyushtirilgan savol-javobdan lavha.

Omarovaning lavozimga nomzodligi, shaxsiy va xunuk kurash ostida qolib ketdi.

@uzbekonomics
1.8K views17:08
Ochish/sharhlash
2021-11-19 21:54:08 PhD ga tayyorlanish. Iqtisod va shunga yaqin yo’nalishlarda doktorlik (PhD) qilish haqida mendan ko’p so’rashadi. Kimgadir foydasi tegadi degan maqsadda 2-3ta qo’llanmani ulashaman va tavsiya qilaman. Bu qo’llanmalar shu jarayondan o’zlari o’tgan PhD talabalar…
569 views18:54
Ochish/sharhlash
2021-11-18 21:02:42
Lirik chekinish.

Ayniqsa kuz faslida kampusimiz juda chiroyli bo’ladi. Yo’lda ko’zim tushganda rasmga olishni xobbi qilib oldim.

https://www.instagram.com/uzbekatharvard/
1.1K views18:02
Ochish/sharhlash
2021-11-17 19:12:41 Hindiston poytaxtida ham havo juda juda iflos. Toshkent kabi.

Bugun Hindiston Oliy sudi poytaxt Nyu-Dehlini lokdaun qilishga chaqirmoqda. Sabab COVID emas, balki havoning ifloslanishi.

Yangi Dehli maktablari, universitetlar shu haftada havo ifloslanishi xavfsiz chegaradan to'rt baravar oshgani uchun yopildi. Poytaxtdagi qurilishlar ham ma’lum muddatda to’xtatilgan. Zaruriyatsiz yurgan yuk mashinalari shahar ichiga kirish ta’qiqlangan. Shuningdek, regulyatorlar Nyu-Dehlidan 300 km radiusda joylashgan 11 ta ko‘mir elektr stantsiyasidan oltitasini yopdilar.

Hindiston uchun havoning iflosligi yangilik emas. Qish oylariga yaqin ifloslanishni nazorat qilish texnologiyasi bo'lmagan sanoat chiqindilari, festivallar bilan bog'liq petardalar va qurilish changlari ham keskin oshib ketadi. Bir qator tadqiqotlar shuni ko'rsatgan, har yili bir milliondan ortiq hindistonliklar havo ifloslanishi bilan bog'liq kasalliklar tufayli vafot etishadi.

Yangi Toshkent bu Yangi Dehli va Jakarta.

@uzbekonomics
2.1K views16:12
Ochish/sharhlash
2021-11-17 18:54:14 ​​Oxirgi uch yil ichida Toshkent shahridagi havo sifati.

2021 yilda havo sifati yaxshi (yashil rang) bo’lgan kunlarning soni bor yo’g’i 20ta ekan. Rang qancha to’q bo’lsa havo sifati shuncha xavfli degani. Bu yilgi noyabr oyini qarang…

Qizig’i, 2020 yil aprel-iyul oylarida havo sifati bu yilgi o’sha davrdan ancha yaxshiroq bo’lgan. Sababi oddiy, karantin choralari tufayli kamroq avtomobillar ko’chada bo’lgan, chiqindilarni atmosferaga chiqaradigan ba’zi zavodlar ishlamagan. Ya’ni, havo o’zidan o’zi yomon bo’lib qolmaydi, aksincha faqat va faqat bizning harakatlarimiz va qarorlarimiz unga sabab.

Eslatib o’taman, o’zimizning rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Toshkent shahrida atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning 90 foizi avtomobillar hissasiga to‘g‘ri keladi.

@uzbekonomics
1.4K views15:54
Ochish/sharhlash
2021-11-17 18:37:12 ​​Ko’p sohalarda oldinga siljinish bor. Lekin bir sohada nafaqat sekin rivojlanyapmiz balki ortga katta qadamlar bilan ketyapmiz deb ishonch va dalillar bilan aytish mumkin - shaharsozlik. Kalendarda 2021-yil bo’lsa ko’chadagi shaharsozlik yechimlarimiz 20-asr boshlari va o’rtalariga qarab katta tezlik bilan ketyapti.

Masalan, rasmda 1939 yilda General Motors korxonasi tomondan yaratilgan “1960 yildagi kelajak shahri” maketi. Videosi bu yerda. Biz shaharlarimizni avtomobillashtirib xatoni takrorlamasligimiz kerak. G’ildirakni hadeb ixtiro qilavermasdan, aqlni ishlatib, bunday xatoni qilib qo’yib hozirda uni to’g’irlayotgan mamlakatlar/shaharlardan, tarixdan va dalillardan o’rganib saboq chiqarish kerak.

@uzbekonomics
1.4K views15:37
Ochish/sharhlash
2021-11-10 17:40:41 AQSh universitetlarida legacy preference degan amaliyot bor. Ya’ni, ota-onasi o’qib, bitirib ketgan universitetga ularning farzandlari bakalavrga “xujjat topshirsa” ularning nomzodiga “yaxshiroq” e’tibor beriladi. Masalan, ularning xujjatlari ikki marotaba ko’rib chiqiladi, yoki ochiqchasiga qabul qilish jarayonida ustunlik beriladi. Xullas, shu legacy preference bo’yicha qabul qilingan talabalarning barcha bakalavr talabalari ulushida eng yetakchi bo’lgan xususiy universitetlar ro'yxati:

1. Harvard 36% 
2. Duke 23% 
3. U. Penn 22% 
4. Stanford 16% 
5. Cornell 15% 
6. Princeton 14% 
7. Yale 12% 
8. Columbia 12%

Bu juda katta raqamlar. Masalan, ro’yxatdagi birinchi universitetda har uchta bakalavr talabadan birining ota-onasi shu yerda o’qigan va qabul qilish jarayonida qandaydir ustunlikka ega bo’lgan. Aytish joiz, bu amaliyot imkoniyatlar tengsizligini keltirib chiqaradi va mamlakat bo’ylab bundan voz kechish haqida munozaralar ketyapti. Shunday amaliyotdan birinchi bo’lib Massachusettsdagi xususiy Amherst kolleji voz kechdi.

@uzbekonomics
2.1K views14:40
Ochish/sharhlash
2021-11-09 23:10:25 Vaksina olishga rag’batning yana bir g’ayritabiiy yo’li haqida.

Vaksina taklifini sun’iy qisqartirib, uni nafaqat pullik qilish balki vaksinani navbatga turib olishni va vaksina olish imkoniyatini faqat tanish-bilish orqali yo’lga qo’yish. Masalan, vaksina olish uchun, siz shartli 50,000 so’m to’lashdan tashqari, kamida bitta tanishingiz orqali “chiqsangiz” ana o’shanda navbatga turishingiz mumkin.

Aytaylik ertaga quyidagi rasmiy e’lon beriladi: “Vaksina olish bu sizning tanlovingiz, hech kim majbur emas. Lekin o’rtoqlar, 1 yanvardan boshlab vaksina olish pullik bo’ladi, va faqat navbatga yozilib olish tadbiq qilinadi. Navbatdan tashqari vaksina olish uchun tanishingiz, qarindoshingiz orqali murojaat qiling. 1 yanvargacha vaksina olish bepul."

Shu bilan birga quyidagi norasmiy mish-mish tarqatiladi: “Elitaga mansub odamlar importdan kelgan vaksinani o’zlarining davralarida tezda olib "oddiy odamlarga” uni pullik qilishmoqda va vaksinaning taklifini cheklashmoqda. Demak ular biz bilmagan narsani biladilar va jonlarini o’ylab tezda harakat qilishmoqda. 50,000 so’mdan tashqari ustiga yana "xizmat pulini” qo’shib bersak biz ham tez olib qolishimiz mumkin ekan."

Nima deb o’ylaysiz, bu narsa faqat sobiq ittifoq mamlakatlarida qo’llansa, vaksina olishga bo’lgan talab va vaksina olishga moyillik qanday o’zgaradi? O’zgaradimi?

@uzbekonomics
2.2K viewsedited  20:10
Ochish/sharhlash
2021-11-09 22:21:47 Singapurda endi vaksina olish imkoniyatiga ega bo’lgan lekin o’z xohishi bilan emlanmagan va natijada COVID-19 bilan kasallangan be'morlar tibbiy xarajatlarni o’zlari qoplaydigan bo’ldilar. Ya’ni, boshqacha qilib aytganda: "vaksina olmasang olma, lekin kasal bo’lib shifoxonamizga davolanish uchun kelsang xarajatlarini o’zing qoplaysan” degani.

Bundan asosiy ko’zlangan maqsad bitta: odamlarga vaksina olishning muhimligi haqida signal berish. Rag’batlantirishning bunday yo’li haqida ham men o’ylagandim. Aytish joiz, Singapur aholisining 85 foizi to'liq emlangan. 

https://www.npr.org/2021/11/09/1053889069/singapore-medical-bills-covid-19-patients-unvaccinated-by-choice

@uzbekonomics
8.9K viewsedited  19:21
Ochish/sharhlash
2021-11-09 17:55:14 Ta'sirli video va matn ekan.

Aslida, bu yerda gap faqat oxirgi kunlardagi changda emas…

Videodan iqtibos: “Senga zarur paytda e’tiborli bo’la olmaganim, seni shu holga solganim uchun meni kechir. Qadrlamaganim, ozor berganim, sevmaganim va sadoqatli bo’lmaganim uchun kechir”.

@uzbekonomics
2.6K views14:55
Ochish/sharhlash