Get Mystery Box with random crypto!

Bir “reformator' haqida. Bilmayman qanday sabablar tufayli va | Uzbekonomics

Bir “reformator" haqida.

Bilmayman qanday sabablar tufayli va nimaga, lekin bugun ijtimoiy tarmoqlarda, shaxsiyda, portugaliyalik “reformator” (qo’shtirnoq ichida) Antonio de Salazar nomi bir necha marotaba tilga olinganini ko'rdim. Shu paytda bir maqola va shu reformator bilan bog’liq qiziq hikoya esimga tushib ketdi. Maqolani topdim, bu yerda. Dud’ning bir intervyusida ham Salazar haqida batafsilroq gaplar bo’lgan ekan - tavsiya.

Qisqachi, ~40 yil hukm surgan va ikki marotaba vafot etgan diktator deb nom qoldirgan Salazar bir payt insult bo’ladi, komaga tushib qoladi, va ko’pchilik uning vafoti muqarrar deb biladi. Shu paytda, Portugaliyaga yangi davlat rahbari - bosh vazir keladi. Lekin, shundan so'ng Salazar komadan qayta tirilib qoladi. Salazarga, uning o’rniga yangi bosh vazir allaqachon tayinlangani haqidagi xabarni yetkazish o'rniga, uning atrofidagilar u hali ham davlat rahbari ekanligini ishontirish, Portugaliya endi boshqa yo’ldan ketayotganini aytmaslik uchun puxta reja tuzdilar.

Komadan chiqib yana ikki yil davomida (vafot etgunga qadar) yordamchilari Salazarga har kuni u yaxshi ko’rgan gazetaning aynan Salazar uchun yozilgan soxta versiyasini berib turisharkan. Gazetada Salazar hali ham rahbar ekanligini his qilishi uchun soxta va xayoliy hikoyalar chop etilarkan. Ya’ni o’sha gazeta muharriri har kuni kechasi ertaga Salazar nima o’qisa bo’larkin deb soxta hikolayar yozilgan gazetaning maxsus nashrini yaratarkan. Bundan tashqari, Salazar bilan uning sobiq vazirlari majlislarda qatnashishda davom etib kelishibdi, go’yo Salazar rahbar.

Mana shu fantaziya ikki yil davom etibdi, vafot etgunigacha. Shu davrda, Salazar mamlakat haqida, aholisi qanday yashayotgani haqida faqat soxta gazeta, yordamchilari va soxta majlislar orqali bilib turgan ekan…

Kino ishlasa bo’ladigan hikoya ekan. Agar bundan qandaydir xulosa qilish mumkin bo’lsa, uni o’quvchiga qoldiraman.

@uzbekonomics