Get Mystery Box with random crypto!

Radarimda kuzatayotgan jarayonlardan biri bu Nyu York shahrida | Uzbekonomics

Radarimda kuzatayotgan jarayonlardan biri bu Nyu York shahrida, aniqrog’i, Manhattanda congestion pricing amalga tadbiq qilinishi. Ya’ni, shaharning ma’lum joylari, markaziga mashina kirishini pullik qilish amaliyoti. Nyu York shu bilan AQShda birinchi shahar bo’ladi, bunday amaliyotni joriy etayotgan (London misolini ko’ring). Jarayon oldingi siljimoqda, lekin jamoatchilikda qarama-qarshi fikrlar bor, ayniqsa shahar avtomobilchilar uchun bo’lsin deydiganlar.

Congestion pricing - tirbandlikni narxlash siyosati yo’llarni mashinadan erkinlashtirish, ortiqcha haydovchilarni, ortiqcha borib-kelishlarni qisqartirishning eng samarali yo’llaridan biri. Bu degani hech kim mashina haydamasin degani emas, balki tanqis bo’lgan tovar, shahar markazidagi yo’llar/o’tkazish xajmini to’g’ri narxlash degani. Mashinani shahar markaziga haydab kiring bemalol - narxini to’lagan holda. Masalan, taklif bo’yicha Manhattan markaziy ko’chalariga kirish $23 qilib belgilansa mashinalar soni 20% ga kamayib shahar byudjetiga 15 milliard dollar tushum bo’lar ekan. Tushum esa jamoat transportini rivojlantirishga yo’naltirilar ekan. Eng muhim tarafi esa, mashina haydashi shart bo’lgan, noiloj mashina haydashga majbur bo’lganlarning hayoti ancha yaxshilanadi. Yo’llar bo’shroq, xavfsizroq bo’lib istalgan manzilga oldingidan ko’ra tezroq yetib olish imkoniyati paydo bo’ladi.

Aslida, Manhattanda yashaydiganlar shaharda mashinada yurmaydilar, va ularning aksariyatida mashinasi ham yo’q. Chunki, Manhattan ichida va unga kirib-chiqishda mashina haydash bu eng sekin, eng noqulay, eng qimmat va eng zararli transport turi hisoblanadi. Mashina qo’ygani joy topishni aytmasa ham bo’ladi. Ana endi, undan ham qimmatroq bo’ladiganga o’xshaydi. Nyu York metrosi esa ko’rinishi, rangi, hidi juda eski/yomon bo’lsa ham shahardagi eng samarali harakatlanish vositasi hisoblanadi.

@uzbekonomics