Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2021-10-10 15:35:01 Kanalimning nomiga sodiq qolgan holda navbatdagi kuzatuvim:

O’zbekistonda kutubxonalarning (+axborot resurs markazlari) soni:
2000 yilda: 6027 dona
2020 yilda: 400 dona

Bulardan, shaharlarda:
2000 yilda: 1013 dona
2020 yilda: 361 dona

qishloqlarda:
2000 yilda: 5014 dona
2020 yilda: 39 dona (!!)

Ya’ni, 20 yilda kutubxonalarimizning soni 93%ga (!) qisqargan. Bundan xulosani o’zingiz qilavering.

Kutubxona bu faqatgina kitoblar saqlanadigan, va faqat o’sha kitoblarni o’qish uchun boriladigan oddiy bino emas. Ular hatto faqat bilim olinadigan joy ham emas. Fuqarolik jamiyati rivojlanishida, kutubxonalarning, ayniqsa jamoat kutubxonalarning o'rni beqiyos.

Raqamlar Davlat statistika qo’mitasidan.

@uzbekonomics
31.1K viewsedited  12:35
Ochish/sharhlash
2021-10-06 20:20:54 ​​Vazirimizning gaplariga qo’shilaman - nafaqat hokimiyatning xajmini balki uning aholi hayotidagi o’rni va davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini keskin qisqarish maqsadga muvofiq.

Shu o'rinda qiziq kuzatuv. Oxirgi 15 yil ichida hokimiyat so’zi ishlatilgan barcha normativ hujjatlarning soni (absolyut):

2021(3-ch) -- 455
2020 -- 456
2019 -- 529
2018 -- 400
2017 -- 307
2016 -- 136
2015 -- 99
2014 -- 115
2013 -- 104
2012 -- 122
2011 -- 106
2010 -- 106
2009 -- 111
2008 -- 96
2007 -- 103
2006 -- 115
2005 -- 97

Manba.

@uzbekonomics
10.5K views17:20
Ochish/sharhlash
2021-10-06 18:31:54 Xizmatkor haqida gap ketganda…

Umuman olganda, hech kim hech kimga xizmatkor emas. Lekin bir toifadagi kasb borki, ular deyure va defakto xizmatchi vazifasini o’tashi kerak - hokim. Ya’ni ular aholiga xizmat qilish kerak.

Biroz bo’lsa ham rivojlangan mamlakat haqidagi orzular haqida gap ochar ekanman, men bizda hokimlar saylanadigan lavozim bo’lishini hohlardim. Juda oddiy narsa axir. Hokim ijro hokimiyati oldida aholining saylangan vakili bo’lishi kerak, teskarisi ya’ni hokimiyatning aholi oldidagi vakili emas. Feodal tizim alomatlari, egalik, xo’jayinlik kabi hislatlar hokimlarda mujassam bo’lishi kerak emas. Ular xo’jayin emas aksincha, ovoz beruvchilarning manfaatlarini himoya qilish, ularning istak va ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydigan xizmatchi bo’lishi kerak. Erkin saylov bilan kelib erkin saylov bilan lavozimidan ketadigan (agar orasida muddatidan avval ketib qolmasa). Ularga ishonch belgisi aholining ovozlari bo’lishi kerak va ular aholi oldida hisobdor bo’lishlari kerak. Tabiiyki ularning vakolati cheklangan bo’ladi va ularga ham ijro hokimiyatidan ortiqcha vazifalar yuklatilmaydi, asosiy ishlaridan tashqari boshqa vazifalar bilan shug’ullanmaydilar. O’qituvchi va shifokorlar kabi. Kattaroq xulosa ham quyidagicha: hamma faqat o’z ishi bilan shug’ullanishi kerak.

Bilmadim bunga qachon va nechanchi avlodda (renessansda?) kelamiz, lekin bu bir kun albatta amalga oshishi kerak. The sooner the better.

@uzbekonomics
482 views15:31
Ochish/sharhlash
2021-10-06 17:32:46 O’qituvchi va shifokorlar xizmatkor emas.

Shifokor va o’qituvchi kasblarining obro’si jamiyatimizda shu darajagacha tushib ketganki, bazi odamlar orasida ularga nafrat kuchaygan, ularni do’pposlaydi (1, 2, 3, 4), bir tiyinga olmaydi, xizmatkor deb o’ylaydi, qaytimiga esa bir yilda bir marotaba eslaydi xolos (kasb bayramida). Aksincha, aynan shifokor va o'qituvchi jamiyatimizning eng obro'li, kerakli va barcha tomondan hurmat qilinadigan insonlari orasida bo'lishi kerak edi. Hokim emas, siyosatchi emas, sportchi emas, iqtisodchi emas, kerak bo’lsa tadbirkor ham emas, aynan o’qituvchi va shifokorlarni jamiyatdagi o'rnini qayta tiklamas ekanmiz, mamlakat kelajagiga katta umid qolmaydi. Men hohlardimki, biroz bo’lsa ham rivojlangan O’zbekistonda o’qituvchi va shifokorlarning hayot sifati, maoshi, mehnat erkinligi, va jamiyatdagi obro’si juda katta bo’ladi. Hech bir kimsa ularga baqirmaydi, buyruq bermaydi, ko'chaga, uyma-uy yurishga, dalaga yoki boshqa vazifalarga haydamaydi, ishiga aralashmaydi.

Albatta, o’qituvchilarga ham, shifokorlarga ham balandparvoz gaplarning umuman keragi yo’q, tabriklar, sovg’alar, unvonlar ham kerak emas. Ularga ikkita narsa kerak: erkinlik va mehnatiga yarasha moddiy rag’bat. Bo’ldi.

Men buni ataylab shifokorlar yoki o’qituvchilar kunida yozmadim. Ularni faqat bir yilda eslab, tabriklab, chapak chalish hech narsa bermaydi. Huddi bosh qomusimizni bir yilda bir marotaba qabul qilingan kunini bayram qilib, eslash o’rniga uni har kuni ishlab turganini nishonlay olishimizni hohlaganim kabi o’qituvchi va shifokorlarni ham har kuni “bayram” bo’lishini hohlayman.

Yana bir bor qaytaring: O’qituvchi va shifokorlar xizmatkor emas!

@uzbekonomics
1.1K views14:32
Ochish/sharhlash
2021-10-01 18:04:47 Ўқитувчиларга номигагина нишонланадиган байрам эмас балки яхшироқ ҳаёт даражаси ҳамда кўпроқ эркинлик керак.

Ўқитувчиларнинг жамиятдаги аҳамияти ҳамда таълим саҳасининг қанчалик муҳимлиги ҳақида жуда кўп гапирилади. Ўқитувчиларни улуғлаш учун алоҳида байрам куни ҳам белгиланган. Лекин ишонинг бу қуруқ гаплар ёки номигагина ўтказиладиган байрамларнинг ҳеч бири ўқитувчилар учун энг муҳум ҳаётий зарурият эмас.

Улар учун кўпроқ касбий эркинлик, ҳеч бўлмаганда ўртача маош даражасида шаклланган маошлар кўпроқ муҳим ва аҳамиятли. Охирги йилларда қилинган ижобий ишлардан шубҳасиз ўқитувчиларнинг мажбурий меҳнатга жалб қилиниши кескин камайганлигини алоҳида ютуқ сифатида таъкидлаш керак(зеро, аслида ҳам шундай бўлиши керак бўлишига қарамасдан). Уларнинг фаолиятидаги умумий эркинлик борасида эса жуда катта ўзгариш кузатилганича йўқ.

Уларнинг ойлик маошларигага эътибор қаратадиган бўлсак, жуда ачинарли ҳолатга гувоҳ бўламиз. Масалан охирги маълумотларга таянадиган бўлсак, жорий йилда ўртача номинал маош 2.9 млн сўм атрофида шаклланмоқда. Таълим соҳасида банд бўлган ҳодимларнинг ўртача ойлик маоши эса 2.2 млн сўм атрофида шаклланмоқда. Бундан келиб чиқадики, ўқитувчилар(аниқроқ айтганда таълим тизимида банд ҳодимлар)нинг ўртача номинал маоши умумий ўртача маошнинг 76% ни ташкил этади(ёки ўртача маошдан 24% га камроқ шакланмоқда). 2017-йилда эса, таълим соҳасида банд бўлганларнинг номинал маоши 1.1 млн сўмни ташкил этган, ўртача маош эса 1.4 млн сўм атрофида шакланган. Бундан келиб чиқадики, ўша вақда таълим соҳасида банд бўлган ҳодимларнинг маоши ўртача маошнинг 80% ини ташкил этган(ёки ўртача маошдан 20% га камроқ шаклланган). Яъни 2017-йил билан таққослаганда 2021-йилга келиб таълим соҳасида банд бўлган ҳодимларнинг ўртача маоши умумий ўртача маошдаги улушида 4% йўқотишга учраган. Бошқача айтганда, таълим соҳасида банд бўлган ҳодимларнинг маоши бошқа соҳа вакилларининг маошига нисбатан секинроқ ўсган. Шу сабабли ўртача маошга нисбатан улушини йўқотишни бошлаган.

Юқорида айтагнимдек, таълим соҳасида банд бўлган ҳодимларга ҳозир кўпроқ эркинлик ҳамда юқорироқ маошлар жуда муҳим. Агар ҳукумат ўқитувчилар ҳақида ҳақиқатдан ҳам қайғурса, унда ҳеч бўлмаганда уларнинг маошини ўртача маош ўсишида ошириб бориши керак. Агар ҳақиқатдан уларнинг маоши ўртача маошда шаклланишини хоҳласа, унда таълим соҳаси вакилларининг маошини ҳозиргидан анча тезроқ ошириши зарур.

Барча устоз ва мураббийларни байрам билан табриклайман ҳамда умид қиламанки, яқин келажакда уларнинг ҳаёти ҳозиргидан сезиларли даражада яхшиланади.


@Mirkonomika
1.2K views15:04
Ochish/sharhlash
2021-09-29 17:43:59 MITda Frank Schilbach degan iqtisodchi professor bor. Kuni kecha 2020 yilda o’zi olib borgan Psixologiya va Iqtisod darsining (bakalavr darajasida) barcha materiallarini (video, slayd, vazifalarni) MIT OCW onlayn platformasiga yuklabdi.

Frank ajoyib o'qituvchi va o’quv materiallari juda qiziq. Xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) va uning hayotda qo'llanilishi haqida ko'proq bilishni istagan har bir kishi ushbu kursni diqqat bilan o'rganishi kerak. Tavsiya qilaman.

@uzbekonomics
1.8K views14:43
Ochish/sharhlash
2021-09-28 21:17:24 ​​O’zimizga eslatma bo’lishi uchun.

Jahon Banki mamlakatlarni daromadi bo’yicha guruhlarga bo’ladi. Shulardan biri Fragile and conflict-affected situations (FCS) deb ataladi. Unga yuqori ziddiyatli, qurolli to’qnashuvlar bo’layotgan mamlakatlar, va institutsional va ijtimoiy zaiflikka ega mamlakatlar kiradi. Ro’yxatni quyidagi rasmda ko’rishingiz mumkin.

Xullas mana shu toifaga kiruvchi barcha mamlakatlarning (39ta) kishi boshiga o’rtacha Yalpi Ichki Mahsuloti 2020 yilda (yoki eng oxirgi mavjud ma'lumot bor yil) $1865 ni tashkil etgan bo’lsa, O’zbekistonning 2020 yilgi kishi boshiga Yalpi Ichki Mahsuloti $1686 ga teng bo’lgan, ya’ni 10%ga kamroq. Ro’yxatdagi 16ta mamlakatda YIM $1700 dan ko’proq.

Nima demoqchiman? Har bir tiyinimizni, soliq to’lovchilar pullarini kerakli yo’nalishlarga maqsadli ishlataylik, taqsimlanishini yanada ochiqroq qilaylik, unda faol qatnashaylik, ijrosini talab qilaylik va javobgarlikni muqarrar qilaylik. Siyosiy institutlarimizning sifatini oshiraylik.

Gaplarimizda va amallarimizda biroz kamtarroq bo’laylik.

@uzbekonomics
8.5K views18:17
Ochish/sharhlash
2021-09-24 17:22:41 Заметки экономиста pinned «Shaharsozlik bu LEGO o’yini emas. Shaharsozlikka aql bilan, faqat va faqat mutaxassis fikriga, ilm-fan qoidalariga, zamonaviy yechimlarga tayanmagan holda yondashuv davom etaversa, poytaxt shahar yaqin kelajakda infratuzilma, transport, va albatta ekologiya…»
14:22
Ochish/sharhlash
2021-09-24 07:58:17 Iqtisodiyotimizga eng katta zarar keltiradigan buzg’unchi va bemani so'zlarning yana biri bu bepul. Bu so'zni ham ko'p suiiste'mol qilmasak yaxshi bo’lar edi.

Deyarli hech narsa bepul emas. Agar siz mutlaqo bepul narsaga ega bo'lib qolsangiz ham, bilvosita bu uchun haq to'lashingizni yoki allaqachon to’lab bo’lganingizni bilishingiz kerak.

@uzbekonomics
2.5K views04:58
Ochish/sharhlash
2021-09-17 17:34:57
Abu Ali Ibn Sinoga mansub “Tib qonunlari”ning bir nusxasini (izohli ko’chirma) Garvard Tibbiyot Maktabi kutubxonasining noyob kolleksiyasida ko’rdim.

@uzbekonomics
1.5K views14:34
Ochish/sharhlash