Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2021-11-03 17:51:53 Aholiga kredit olishni rag’batlantirish siyosati qanday natijaga olib keladi?

Bu jiddiy masala. Ko'p rivojlanayotgan mamlakatlarda uy xo'jaliklarining qarzlari o'sib bormoqda. Ko'p vaziyatlarda qarzning bunday o'sishi hukumat siyosati tomonidan rag'batlantiriladi, davlat banklari orqali.

Iqtisodchilar bu savolga javob berish uchun Braziliyadagi vaziyatni tadqiqot qilishibdi. 2011 yildan boshlab, Braziliya hukumati ham davlatga tegishli banklar orqali uy xo'jaliklarini agressiv kreditlash orqali iqtisodiy faollikni oshirishga harakat qildi. Savol tug’iladi, uy xo'jaliklari kreditini rag'batlantirish yaxshi siyosatmi, oqibatlari qanday? Bu savollarga javob bizga qiziq, chunki O’zbekistonda ham iqtisodiy faollikni oshirishda uy-xo’jaliklarini kreditlash kampaniyasi ketmoqda. Braziliyadagi bank kreditlari ulushining qariyb yarmini tashkil etadigan davlat banklari an'anaviy ravishda hukumat siyosatini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. Bizda ham shunday.

Tadqiqotga ko’ra, 2011 yildan Braziliyada moliyaviy savodxonligi past bo'lgan davlat xizmatchilari orasida oson kredit olish juda tez o’sgan. Oxir oqibat, hukumat tomonidan eng ko'p kreditni olgan ushbu shaxslarda 2011 yildan 2016 yilgacha o'rtacha iste'molning pastligi va yuqori iste'mol o'zgaruvchanligi kuzatilgan. Braziliyadagi 2014-2016 yillardagi krizisda esa ushbu guruh o’z xarajatlarini eng ko'p qisqartirdilar.

Umuman olganda, ushbu dastur, ya’ni hukumat tomonidan uy xo'jaliklari kredit olishga rag’batlantirish siyosatiga tayanishning salbiy natijalarini ko’rsatdi. Ayniqsa, ayrim shaxslarning moliyaviy savodxonligi past bo'lishi mumkinligini hisobga olinsa, ushbu dastur ularga katta shikast yetqazadi.

Xullas, ushbu tadqiqot haqida batafsil bilmoqchi bo’lsangiz, maqola bu yerda.

@uzbekonomics
1.6K views14:51
Ochish/sharhlash
2021-11-03 16:54:43 ​​Yuqoridagi savolga javob - teatr ekan. Joyga borib kelishibdi, tezkor ma’lumot uchun rahmat. Yon atrofingizdagi bog’, daraxt va ko’llardan xabar olib turishingiz kerak. Agar qolgan bo’lsa va agar ular sizga kerak bo’lsa.

Ikkinchi savol, ya’ni, Toshkentda suvli joy va ko’l qoldimi yo’qmi degan savol hali ham ochiq. Agar yuqoridan qaraydigan bo’lsak, shahrimiz va nihoyat o’z nomiga yarashadigan qiyofaga kirayotgani bilan tabriklashimiz mumkin va buni bayram qilishimiz mumkin - Toshkent bu tosh va betonlar shahri. Hech qanday bog’lar va ko’llarga bu shaharda joy yo’q. Aynan bog’lar, daraxtlar va ko’llar joyida shaharga ko’proq mehmonxonalar, kvartiralar, ko’ngilochar va savdo majmualari kerak ekan. Bu fikr emas, shunchaki fakt holos.

Nyu-Yorkni beton junglisi deydigan odamlar Toshkentda bo’lmagan.

@uzbekonomics
1.5K views13:54
Ochish/sharhlash
2021-11-02 17:26:32
Respublikamizning eng oliy davlat vakillik organi bo’lgan Oliy Majlis binosining orqa tarafida nima qurilyapti? Kichik sun'iy ko'l bor edi, fontan bilan. U joyni ham berib yubordikmi?

Shunchaki qiziq, Toshkentda suvli joy, ko’l qoldimi? Bu yer, Roxat ko’li, milliy bog’ ko’llariga beton quyilganini inobatga olsak boshqa qolgan joylar ham g’animat.

@uzbekonomics
1.3K views14:26
Ochish/sharhlash
2021-11-02 16:18:55 ​​Yashil mamlakat uchun nafaqat ekilgan, hatto ko’kargan ham emas balki kesilmagan daraxt asosiy ko’rsatkich bo’lishi kerak menimcha. Daraxt ekishni, uni parvarish qilib, sug’orib ko’kartirishni eplay olmasligimizni tan olishimiz kerak.

Mavjud daraxtlarni kesishni bas qilsak menimcha shuning o’zi juda va juda katta yutuq bo’lar edi. Afsuski, bizda daraxt kesilmasdan bir kun ham o’tmaydi. Ayniqsa qishga yaqin paytlarda.

Erkak kishi hayotida qilishi kerak bo’lgan narsalardan biri daraxt ekishi kerak degan gap bormidi? Menimcha bu noto’g’ri. Ekib ketib esidan chiqarib yuborish onson, ertasiga so’lib qolishidan ishi bo’lmay. Bizning sharoitda daraxtni kestirmaslik katta mardlik, va hurmat belgisi bo’lsa kerak. Bizdan oldin kimdur mehnat qilib ekib ketgan va biz emas boshqalar uning rohatini olib yurgan, va biz tegishga haqqimiz bo’lmagan daraxtni shavqatsiz ravishda kesib tashlashdan yomon joxillik bo’lmasa kerak.

@uzbekonomics
1.4K views13:18
Ochish/sharhlash
2021-11-02 14:56:19 Ha aytgancha, paradoksni qarang, oxirgi paytda tilimizdagi eng vayronkor va buzg’unchi so’z menimcha “obodonlashtirish” bo’lsa kerak. Bu faqat mening fikrim emas.

@uzbekonomics
1.5K views11:56
Ochish/sharhlash
2021-11-02 06:11:02 Yangilik bir narsani eslatib yubordi. Xalq ta’limi vazirimizning ta’kidlashicha, 2018−2020 yillarda O‘zbekistonda 57.7 mingta yangi uylar qurilgan bo‘lsa, atigi 56 ta yangi maktab bunyod etilgan, yana 158 ta maktab qurish talab etilar ekan. Bundan tashqari, ta’lim tizimida o’zgarishlar, xususan maoshlar yoki maktab sinfida 35ta emas 24tadan o’quvchi bo’ladi deb so’rasangiz asosiy javob: “Ilojim bo‘lganida edi, biroq byudjet cheklangan” bo’ladi. Darhaqiqat shunday.

Keyingi safar byudjet taqsimotida (soliq to’lovchilarning pullari), qandaydir katta maqsadga pul ajratishdan oldin kimdur mobodo “ushbu loyihaga ketadigan mablag’ni boshqa qayerga ishlatishimiz mumkin? Shu aslida soliq to’lovchilarga kerakmi?” deb so’rab qolsa, masalan vazirimizning gaplarini eslashimizni istayman. Masalan, shartli “obodonlashtirish”ga yo’naltirilgan xxx milliard mablag’ shartli maktab qurilishi yoki ta’miriga ketishi mumkin bo’lgan pullarni olib qo’yishini yodda tutishimiz kerak. Ya’ni shartli maktab qurishdan ko’ra shartli haykal o’rnatish jamiyatga muhimroq ekan degan xulosa tug’iladi.

Biz boy mamlakat emasmiz, shuning uchun ko’p maqsadlarni amalga oshira olmasligimizning sababi pulimiz kamligida emas, balki o’sha mavjud kam pulni ham isrof qilmay oqilona taqsimlay olmasligimizda. Ba’zi xarajatlarimizga qaraydigan bo’lsam, o’zimizni xuddi boy mamlakat ka’bi tutyapmizmi deb o’ylab qolaman….

@uzbekonomics
5.4K views03:11
Ochish/sharhlash
2021-10-29 18:35:53 Iqtisodiyotga qisqa va afsuski asosiy xarakteristikalardan biri: manfaatlar to'qnashuvi.
1.7K views15:35
Ochish/sharhlash
2021-10-26 21:15:48 Mana shu narsa meni ham o’ylantirayotgan edi. Agar bir oilada er-xotin alohida anketani to’ldirsa ular 3 million raqam ichida ikki marotaba hisobga olinadi. Undan tashqari, 3 million ichiga farzandlar (derivatives) ham qo’shilgan. Farzandlarni va ikki marotaba hisoblangan turmush o’rtoqlarni olib tashlab alohida hisoblansa raqam deyarli 1.5 million atrofida bo’lsa kerak. Lekin buning ahamiyati katta emas, ushbu raqam foizda baribir juda katta. Va mamlakatdan ketmoqchi bo’lganlarning asl soni ushbu raqamdan bir necha karra ko’pligining ehtimoli katta.
Agar bu ko’rsatkichni mamlakatdan ketishga bo’lgan moyillik sifatida ishlata olsak va agar O’zbekistonda mehnatga layoqatli aholining necha foizi ushbu lotareyada qatnashib keladi desangiz, ularning ulushi oxirgi yillarda^ quyidagicha:

2014: 6.9%
2015: 6.3%
2016: 8.7%
2017: 12.6%
2018: 11.5%

Ya’ni, 2018 yilda mehnatga layoqatli aholining 11.5 foizi “ketishni” hohlagan. Bu ulush faqat o’sib borayotgani albatta o’ylantiradi.

Boshqa mamlakatlar bilan solishtirish uchun, 2018 yilda mehnatga layoqatli aholisining “ketishni” hohlagan ulushi eng katta bo’lgan 10ta mamlakatlar (lotareyada qantashishi mumkin bo’lgan mamlakatlar orasidan, masalan Shimoliy Korealiklar qatnasha olmaydi):

Nepal: 4%
Cuba: 6.2%
Armenia: 6.4%
Togo: 9.5%
Uzbekistan: 11.5%
Albania: 12.9%
Ghana: 15.1%
Liberia: 21.2%
Moldova: 22.7%
Sierra Leone: 36.2%

Agar ushbu lotareyada qatnashishga hech qanday baryerlar, ya’ni, internetga ulanishga vosita (kompyuter, smartfon), bazaviy ingliz tilini bilish kabi to’siqlar bo’lmaganda ushbu raqam ancha katta bo’lar edi. Xullas, Behzodning gapiga qo’shilaman. Ketishga bo’lgan moyillik va O’zbekistonliklar uchun yilda eng kutilgan oylar bu oktyabr va may bo’lib borayotganining asosiy sababi iqtisodiy.

^bu yerda yil anketa nechanchi yilda to’ldirilganini bildiradi. Masalan, 2018 yilda to’ldirilgan anketalar FY2020 deb belgilanadi.

@uzbekonomics
2.0K views18:15
Ochish/sharhlash
2021-10-11 19:32:05 Nobel mukofotini bu yil Angrist, Kard va Imbens oldilar. Qaysi hissalari uchun va umuman ularning faoliyati haqida qisqa lekin juda tushunarli tilda bilmoqchi bo’lsangiz, bu yerda o’qing.

Bir narsani bilish juda muhim. Alan Kruger ham tirik bo’lganda (ikki yil oldin vafot etgan), bugun u ham sovrinni qolganlar bilan birga bo’lishgan bo’lar edi. Kruger haqida bu yerda o’qishni tavsiya qilaman.

Angristning videolari ham juda qiziq va foydali.

@uzbekonomics
2.6K views16:32
Ochish/sharhlash
2021-10-10 20:58:38 ​​Bilasizmi AQSh aholisi eng ko’p tashrif buyuradigan madaniy joy qanday?

Kino? Teatr? Sport o’yinlarini tomosha qilish? Konsert? Muzey?

Yo’q. Kutubxona.

Gallup so’rovnomasiga ko’ra, 2019 yilda o’rtacha AQShlik kutubxonaga 10.5 marotaba borgan bo’lsa, tashrif bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan kinoteatrlarga 5.3 marotaba boribdi. Eng qizig’i, bu daromad farqiga bog’liq emas ekan, ya’ni daromad tasnifidan qat’iy nazar kutubxonaga odamlar qolgan barcha madaniy hordiq turlaridan ko’ra ko’proq borishar ekan.

Yana bir bor qaytaraman, kutubxonalar faqat kitob o’qiydigan bino emas. Kutubxonalar, ayniqsa jamoat kutubxonalari - bu haqiqatan ham demokratik makon hisoblanib u yerda hamma qabul qilinadi: yoshi, jinsi, qobiliyatli, etnik, diniy, va ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishidan qat’iy nazar hamma narsa hamma uchun erkin taqdim qilinadigan joy. Ingliz tilida ibora bor “leveling the playing field” degan, ya’ni o'yin maydonini barchaga tenglashtirish. Jamoat kutubxonalari aynan mana shunday ro’lni o’ynaydilar, ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyatini barchaga taqdim etadi, o'rganish va o'sish uchun teng imkoniyatlar yaratadi.

Aytishingiz mumkin, 21-asrda jismoniy kutubxonalarga ehtiyoj qolmagan, hamma narsa elektron tarzda-ku deb. Adashasiz. Aynan o’sha internetdan ham foydalanish, siz aytayotgan elektron kitoblardan foydalanish imkoniyatini ham aynan kutubxonalar barchaga tenglashtirib beradi. Bunga siz qo’shilmasligingiz mumkin, lekin keksalar, kam ta’minlanganlar, sog’liq tufayli mobilligi yo’q aholi, va umuman o’sha internet/kompyuter/planshetdan foydalanish imkoniyati, sharoiti yo’q aholini unutmang. Ular O’zbekistonda mutlaq ko’pchilikni tashkil etadilar.

@uzbekonomics
5.1K views17:58
Ochish/sharhlash