Get Mystery Box with random crypto!

QOSHIQ UCHIDAGI ANTIOKSIDANT Aksariyat antioksidantlar ko'kat | Taomlanish ilmi

QOSHIQ UCHIDAGI ANTIOKSIDANT

Aksariyat antioksidantlar ko'kat va ziravorlarda mavjud.

Aytaylik, siz pomidor, sarimsoq, rayhon va piyozdan sous tayyorladingiz spagetti bilan yedingiz. Hammasi bo'lib, bu idishda 80 birlik antioksidantlar mavjud bo'lsa, shundan taxminan 20 birlik spagettida va 60 birlik sousda bor.

Bir hovuch brokkoli qo'shish bilan siz tarkibida 150 birlikgacha antioksidantga ega bo'lgan mazali taomga ega bo'lasiz.

Nonushta uchun suli (овсянка) bo'tqasiga nima deysiz? Unga yarim choy qoshiq dolchin qo'shing va sizdagi 20 birlik antioksidant endi 120 ga aylandi. Agar shu bo'tqaga yana qo'shimcha sifatida maydalangan qalampirmunchoq (гвоздика) qo'shilsa avvalgi qiymatni 160 birlikgacha yetkazish mumkin.

O'simliklarda tayyorlangan taomlar antioksidantlarga doim boy bo'ladi. Ushbu taomlarga ozgina, qoshiq uchida ziravorlardan ham qo'shilsa, taomning shifobaxshligi yanada ortadi.

@taomlanish_ilmi