Get Mystery Box with random crypto!

QOVUN HAQIDA Qovun — taom o'rnini bosadigan, to'yimli, kam ka | Taomlanish ilmi

QOVUN HAQIDA

Qovun — taom o'rnini bosadigan, to'yimli, kam kaloriyali va past glikemik indeksga ega yegulik hisoblanadi.

2006-yilda "HortScience" jurnalida e'lon qilingan tadqiqotda, qovun tarkibida beta-karotin miqdori juda yuqoriligi aniqlangan. 
Beta-karotin — sariq meva va sabzavotlarda uchraydigan, ularga shu rangni beradigan oʻsimlik pigmentidir. Apelsin va sabzi toʻq sariq rangda bo'lishiga qaramay qovun tarkibidagi beta-karotin ularnikidan koʻproq ekan.

100 g qovun: 36 kkal
Oqsil — 0,5 g 
Yogʻ — 0,1 g 
Uglevodlar — 9 g 
- Natriy — 26 mg 
- Vitamin A — kunlik ehtiyojning 108% 
- Tolalar — 1 g — kunlik ehtiyojning 6%
- Kalsiy — kunlik ehtiyojning 1% 
- Temir — kunlik ehtiyojning 2% bulardan tashqari tarkibida kaliy, magniy, foliy kislotasi, fosfor, kremniy, erkin organik kislotalar saqlaydi. 

Qovun tarkibida koʻp miqdorda folat (V9 vitamini) mavjud. Bu homiladorlik paytida ayol organizmi uchun zarur. Bundan tashqari u xotirani yaxshilaydi va depressiyadan himoya qiladi. Tarkibida kremniy borligi tufayli soch va teri holatini yaxshilaydi. Beta-karotin tufayli chiroyli va silliq teriga ega boʻlasiz.

Qovun tarkibida qimmatbaho element — oltin mavjud! Bu boshqa elementlar bilan bir qatorda organizmga juda zarur.

@taomlanish_ilmi