Get Mystery Box with random crypto!

Nima uchun goʻshtni koʻkatlar bilan isteʼmol qilish kerak? Ha | Taomlanish ilmi

Nima uchun goʻshtni koʻkatlar bilan isteʼmol qilish kerak?

Har qanday goʻsht, hatto tabiiysi ham kolorektal saraton (yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak oʻsma kasalligi) rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Buni Xalqaro Saraton tadqiqotlari agentligi (XSTA) taʼkidlagan.

Taxminlarga koʻra, bu goʻshtga qizil rang beruvchi pigment — gem tufaylidir. Gemga qarshi taʼsir qiluvchi asosiy himoya moddasi boʻlgan boshqa pigment — xlorofilldir. U yashil rangga ega va oʻsimliklar undan kislorodni sintez qilish uchun foydalanadi.

«Qizilni yashil yengishi» taʼsiri Gollandiya olimlari tomonidan 9 yil davomida 120 ming kishini kuzatgan tadqiqoti bilan tasdiqlangan.

Demak, goʻsht va goʻshtli taomlar bilan doim yashil rangli koʻkatlar isteʼmol qilish kerak!

@taomlanish_ilmi