Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.86K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-04-17 08:32:02 55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2023)

Xabar berganimizdek, 15-16-aprel kunlari kimyo fanidan nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 3-bosqichi (yakuniy) D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bo‘lib o‘tdi. 2 kun davomida o'quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari xalqaro fan olimpiadalari talablari asosida sinovdan o'tkazildi. Saralash olimpiadasi yakunlari bo'yicha 4 nafar iqtidorli o'quvchilar nufuzli xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Ular bilan tanishing:

1. Nazarov Azizbek - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
2. Maxmudov Abdullox - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o'quvchisi;
3. Dilmurodov Sohibjon - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
4. Xakimova Shaxzoda - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

Eslatib o'tamiz, mazkur nufuzli xalqaro fan olimpiadasi joriy yilning 16-25 iyul kunlari Shvetsariya davlatida bo'lib o'tadi.

57-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi (MChO 2023)

Joriy yilning 30-aprel - 7-may kunlari Qozog'istonning Ostona shahrida 57-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi tashkil qilinadi. Mazkur xalqaro olimpiadada 6 nafar o'quvchilarimizning ishtirok etishi belgilangan. Yuqoridagi o'quvchilardan tashqari yana 2 nafar o'quvchilar 57-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida ishtirok etishadi:

5. Zuhriddinov Biloliddin - Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
6. Xafizov Azizbek - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi;

Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilaymiz.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.5K viewsTuhktaev Davron, 05:32
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:32:01
3.9K viewsTuhktaev Davron, 05:32
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:32:01
3.9K viewsTuhktaev Davron, 05:32
Ochish/sharhlash
2023-04-16 08:56:29
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichi davom etadi.

Bugun Kimyo fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/fbd-xjfg-mxq

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
6.1K views:), 05:56
Ochish/sharhlash
2023-04-15 08:39:08
Kimyo fanidan nufuzli Xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichiga start berildi

Saralash bosqichida 14 nafar iqtidorli o'quvchi bahs olib boradi.

Saralash jarayoni ikki kun davom etib, Ishtirokchilar orasidan to‘plagan ballar ketma-ketligida yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi joriy yilning 16-25-iyul kunlari Shvetsariya davlatida tashkil etiladigan Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2023)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin:

https://meet.google.com/nuk-mtuw-sau


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
4.3K viewsTuhktaev Davron, 05:39
Ochish/sharhlash
2023-04-15 06:01:24 Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichi davom etadi.

Bugun Kimyo fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/nuk-mtuw-sau

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.3K views:), 03:01
Ochish/sharhlash
2023-04-14 12:42:12
Xalqaro fan olimpiadalariga saralash bosqichi davom etmoqda.

Ertaga, 15-aprel kuni kimyo fanidan nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 3-bosqichi boshlanadi. Saralash olimpiadasi D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bo‘lib o‘tadi.
GEOLOKATSIYA

Saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish topshirig‘i berilib, barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Ishtirokchilar orasidan to‘plagan ballar ketma-ketligida yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi joriy yilning 16-25-iyul kunlari Shvetsariya davlatida tashkil etiladigan Xalqaro kimyo olimpiasi (IChO-2023)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.1K views:), 09:42
Ochish/sharhlash
2023-04-10 13:46:21
64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO-2023)

Joriy yilning 2-13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida 64-Xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkaziladi va mazkur nufuzli olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

64-Xalqaro matematika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
Raxmatov Anvarbek Zufarjonovich
-Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Axtamov Ozodbek To‘lqinovich -Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Al-Xorazmiy maktabi. 9-sinf o‘quvchisi;
Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 11-sinf o‘quvchisi;
Xalilov Suxrob Umarovich -Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Maksudov Behzod Alisher o‘g‘li -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
G‘afforov Rasulbek Hamza o‘g‘li -Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

Batafsil bu yerda

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
7.7K views:), edited  10:46
Ochish/sharhlash
2023-04-10 12:49:32 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO-2023)

Joriy yil 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ga Yaponiya davlati mezbonlik qilmoqda. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda va shu qatori 5 nafar O‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Eslatib o‘tamiz nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichiga ko‘ra 8 ta o‘quvchi saralab olingan va ular Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etib O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar va ushbu Osiyo fizika olimpiadasida o‘quvchilardan eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar ishtirokchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
G‘ulomjonov Jasurbek Usmonjon oʻgʻli-Namangan viloyati, Chust tumani, 71-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Quvondiqova Nozimaxon Ruslon qizi-Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, To‘lqin FM NTM, 11-sinf o‘quvchisi;
Boymaxammadov Jaloliddin Ahmadjon o‘g‘li -Toshkent sh, Yunusobod tumani M.Ulug‘bek mak. 11-sinf o‘quvchisi;
Rustamov Xurshid Zafar o‘g‘li-Qashqadaryo viloyati , Shahrisabz tumani, PTMA IM, 11-sinf o‘quvchisi;
Rajabov Mirshod Mahmud o‘g‘li-Buxoro viloyati , Vobkent tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Eshmo‘minov Azizbek Dusmuhammad o‘g‘li-Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani 12-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li-Qoraqalpog‘iston R, Nukus shahar, Prezident maktabi, 9-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
8.4K views:), edited  09:49
Ochish/sharhlash
2023-04-10 11:43:12
KIMYO FANIDAN XOTIRA TURNIRI!!!

Kimyo ta'limi fidoyisi, mohir pedagok, samimiy inson, ko'plab shifokor, texnolog, muallimlar hamda xalqaro va Respublika olimpiadalari g'oliblarining jonkuyar ustozi Norqobilov Norbo'ta Jo'lliyevich xotirasiga bag'ishlangan turnir VIII-IX sinf o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tadi.

Turnir ikki bosqichdan iborat bo'lib, birinchi bosqich 23-aprelda onlayn (saralash), ikkinchi bosqich esa oflayn (final) 6-may kuni Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanidagi 68-DIMI da bo'lib o'tadi.

Ikkinchi marotaba o'tkazilayotgan olimpiada avvalgisidan farq qilib ishtirokchilar orasidan yoshi inobatga olinmagan holda bir nafar I o'rin, ikki nafar II o'rin, uch nafar III o'rin aniqlanadi va taqdirlanadi.

750 000
500 000
250 000

Barcha final ishtirokchilariga esdalik sovg'alar va sertifikatlar topshiriladi.

Turnir haqida to'liq malumotni "Norqobilov xotira turniri" kanalidan olishingiz mumkin
5.7K viewsU.Rakhmonov, 08:43
Ochish/sharhlash