Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.86K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-02-23 14:04:56
MATEMATIKA fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.1K views:), 11:04
Ochish/sharhlash
2023-02-21 09:13:29 Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichi yakuniga yetdi va saralab olingan o‘quvchilar uchun mahalliy mutaxassislar tomonidan 10 kun davomida kuchaytirilgan trening mashg‘ulotlari boshlab yuborildi.

O'quv jarayonlari:

Kimyo va biologiya fanlaridan - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda;

Matematika va fizika fanlaridan - avvalgi Yunusobod tumanidagi 23-Mehribonlik uyi binosida;

Informatika fanidan - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tmoqda;

Dars jarayonlarida saralash olimpiadalari natijalari asosida shakllantirilgan jami 71 nafar o’quvchilardan iborat O’zbekiston terma jamoasi a'zoligiga nomzodlar hamda saralash olimpiadalarida yuqori natijalarni qayd etgan 8- 9-10-sinf o‘quvchilaridan iborat zahiradagi iqtidorli yoshlar ham ishtirok etmoqda. O'quv mashg'ulotlari oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar ishtirokida olib borilmoqda. Barcha o‘quvchilar yotoqxona bilan ta'minlangan hamda 3 mahal ovqatlanish tashkil qilingan.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
1.3K views:), 06:13
Ochish/sharhlash
2023-02-21 09:13:29
1.3K views:), 06:13
Ochish/sharhlash
2023-02-19 05:55:29 Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash boshlandi. Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/ygx-hqwi-amo

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.
https://amityuni.live/85160272248

Onlayn natijalar jadvali bilan tanishib borishingiz uchun havola.

https://robocontest.uz/olympiads/364/public-results

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.4K views:), edited  02:55
Ochish/sharhlash
2023-02-18 14:46:08 Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi topshiriqlari.
(1-kun, 18.02.2023)

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
11.2K views:), 11:46
Ochish/sharhlash
2023-02-18 09:29:15
Olimpiada jarayonlaridan foto lavhalar.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
2.7K views:), 06:29
Ochish/sharhlash
2023-02-18 08:15:45 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan nufuzli xalqaro opimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichi natijalarini quyidagi havola orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

Bu yerda ishtirokchilar tomonidan to'planayotgan ballar onlayn jadvalda shakllanib boradi.

https://robocontest.uz/olympiads/360/public-results.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.0K views:), edited  05:15
Ochish/sharhlash
2023-02-18 08:11:39 Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichiga start berildi.

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning I bosqichi
natijalariga ko‘ra matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan jami 130 nafar eng iqtidorli o‘quvchilar saralab olindi va bu o‘quvchilar bugungi saralash olimpiadasining II bosqichida ishtirok etmoqdalar.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ham nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Joriy yil 1-10 fevral kunlari tashkil qilingan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan yoshlarimiz orasidan 2 nafari II saralash bosqichida ishtirok etish huquqi taqdim qilindi (qolgan 11 nafar medallarga sazovor g‘oliblar I bosqich natijasiga ko‘ra II bosqichga tavsiya etilgan).
Ushbu hukumat qarori xalqaro olimpiadalarga yoshlarimizni shaffof va adolatli saralash imkoniyatini yaratibgina qolmasdan, iqtidorli o‘quvchilarimizni doimiy tarzda o‘z ustida ishlashga va terma jamoa a'zosi sifatida xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish imkonini ham bermoqda.

Saralash bosqichi xalqaro olimpiadalar(IMO, IPHO, ICHO, IBO, IOI) metodologiyasi asosida tashkil qilinmmoqda:

Matematika fanidan – saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball bilan hamda barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi;

Fizika fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 3 ta topshiriq berilib, barcha topshiriqlar 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Kimyo fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 75 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Biologiya fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 5 ta topshiriq beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test topshirig‘i beriladi, test topshiriqlari umumiy 50 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi;

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - saralash olimpiadasi 2 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni turli qiyinlik darajasidagi 5 tadan masala berilib, topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida avtomatik tarzda qabul qilingan barcha masalalar umumiy 200 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 4 soatdan vaqt beriladi. Bir xil ball to‘plagan ishtirokchilarning reytingi jarima vaqtini hisobga olish orqali onlayn tizimda avtomatik tarzda aniqlanadi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.
4.4K views:), 05:11
Ochish/sharhlash
2023-02-18 08:11:21
4.0K views:), 05:11
Ochish/sharhlash
2023-02-18 05:26:47 Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash boshlandi. Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/frd-qupc-hgy


Informatika va axborot texnologiyalari fanidan jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.
https://amityuni.live/85160272248

Topshiriqlar shu kunning o’zida tayorlanayotganligi saralashning yanada adolatli va shaffof o’tishiga xizmat qiladi.
Hakamlar hay’ati a’zolarining barchasi tomonidan shakllantirilgan materiallar tanlab olinadi va bugungi bosqichda foydalaniladi.
Barcha topshiriqlar bitta muallifga taalluqli bo’lmasligi ham inobatga olingan.
5.3K views:), edited  02:26
Ochish/sharhlash