Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.86K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-06-06 17:18:01
#olympiad

Eslatib o'tamiz, xalqaro informatika maktabi oltinchi Cup ISIJ 2023 o‘smirlar Xalqaro informatika kubogida ishtirok etishga taklif qiladi!

Saralash bosqichi 22-23-iyun kunlari, olimpiadaning o'zi esa 1-iyuldan 7-iyulgacha bo'lib o'tadi.

Bitta maktabdan 3 tadan 6 tagacha bo'lgan bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.

O'z mahoratingizni ko'rsatish va eng zo'rlar bilan raqobatlashish uchun noyob imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Batafsil ma'lumot va roʻyxatdan oʻtish sayt orqali

Qo'shimcha ma'lumot uchun ISIJ Uzbekistan
_______________

Напоминаем, что международная школа информатики приглашает принять участие в 6-м Международном кубке информатики юниоров Cup ISIJ 2023!

Отборочный тур пройдет 22-23 июня, а сама олимпиада - с 1 по 7 июля.

Одну школу может представлять только одна команда, в составе которой от 3 до 6 человек.

Не упустите эту уникальную возможность проявить свои навыки и соревноваться с лучшими!

Подробности и регистрация на сайте

Дополнительная информация на канале ISIJ Uzbekistan

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
7.1K views:), 14:18
Ochish/sharhlash
2023-06-03 13:14:34
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining jarayonlaridan tayyorlangan qisqa video lavha.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
10.5K views:), 10:14
Ochish/sharhlash
2023-06-03 13:02:35
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Taqdirlash_marosimi

Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 6 ta kumush, 13 ta bronza medalini qo’lga kiritdi.

Olimpiada 2 bosqichda bo’lib o’tib, unda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan 70 nafar ishtirokchilar o’zaro kuch sinashishdi.

G’olib jamoalar haqida saytimizda o’qing: https://uzedu.uz/uz/news/1094

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
7.6K views:), 10:02
Ochish/sharhlash
2023-06-02 15:27:33
#Yopilish_marosimi
#Jonli_efir

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining yopilish marosimiga start berildi.

Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
7.7K views:), 12:27
Ochish/sharhlash
2023-06-01 17:50:55
4-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN OLIMPIADA
Aqlingiz charxini sinovdan o‘tkazing!

Leader online maktabining "LOgeek" Xalqaro matematik onlayn olimpiadasida ishtirok etish uchun taklif qilamiz.

Ushbu olimpiadada sizni mantiqiy fikrni, analitik qobiliyatni, qat‘iyatni rivojlantirishga yordam beradigan qiziqarli topshiriqlar kutmoqda. Farzandingizning matematik qobiliyatini charxlaydigan va uning matematik ko‘nikmalarini namoyon etadigan qiziqarli topishmoqlar, mantiqiy vazifalarga tayyor bo‘ling.

Yosh: 4-sinfni bitiruvchi o‘quvchilar
Olimpiadani o‘tkazish sanasi: 2023 yil 05 iyun. Shakli: onlayn
Tili: o'zbek, rus va ingliz tili
Sertifikatlar:
g'olib va ishtirokchi (natijalarga bog'liq holda)
G'oliblarni yorqin sovg‘alar kutmoqda

Bolalarga o‘z iqtidorini namoyon etish va dunyoning turli burchaklaridagi sinfdoshlari bilan raqobatlashish imkoniyatini taqdim eting!

Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

+998(78)113-70-01
14.3K views:), 14:50
Ochish/sharhlash
2023-06-01 16:00:07
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#2_tur

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematikalar olimpiadasining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda o'quvchilar fan doirasida test sinovlari berilib, savollarni ishlash uchun 150 daqiqa vaqt ajratildi.

Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

G'oliblar ertaga, 2-iyun kuni e'lon qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
6.4K views:), 13:00
Ochish/sharhlash
2023-05-16 15:03:28 #Eslatma

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi

TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA
MA'LUMOT

Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Toshkent shahrida tashkil qilinadigan Matematika va Informatika fanlaridan Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 18 may 18-00 ga qadar Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

Ingliz, Nemis va Fransuz tili fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 20 may 18-00 gaqadar Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 19-22-may
Geolokatsiya: Toshkent shahrida joylashgan Amity universiteti
Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: O.Karimov +998914586973



BUXORO VILOYATI BO‘YICHA MA'LUMOT

Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 18 may 17-00 ga qadar Buxoro shahrida joylashgan 23-son maxsus maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadada ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 20 may 18-00 gaqadar Buxoro shahrida joylashgan 23-son maxsus maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 18-22-may
Geolokatsiya: 23-son maxsus maktab-internatiga
Buxoro viloyat boshqarmasidan mas’ul: A.Rustamova 93-454-46-00, 97-302-14-02
Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: Sh.Ishmuradov +998992451027

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
7.0K views:), edited  12:03
Ochish/sharhlash
2023-05-15 16:25:49 Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Аl-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning respublika bosqichini o‘tkazish tartibi

Olimpiadaning respublika bosqichida mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan (8-sinfdan 2 nafar va 7-sinfdan 1 nafar) 7-8-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.

Olimpiada 2 kun davomida tashkil qilinadi.
Birinchi kuni
barcha fan (fizika, kimyo va biologiya) yo‘nalishlari bo‘yicha turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriqdan iborat yozma ish beriladi va uni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi. Topshiriqlar jami 50 ball bilan baholanadi.
Ikkinchi kuni barcha fan (fizika, kimyo va biologiya) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarga jami 20 ta, jumladan 10 ta yopiq (har biri 1,9 balldan) va 10 ta ochiq (har biri 3,1 balldan) test savollari beriladi, bunga 80 daqiqa vaqt ajratiladi hamda 50 ball bilan baholanadi.

Ballari teng bo‘lib, sovrinli o‘rinlarga bir necha ishtirokchi da’vogarlik qilgan taqdirda yozma ish qismidan yuqori natija qayd etgan nomzod ustunlikka ega bo‘ladi.
Agar yozma ish bo‘yicha ballari ham teng bo‘lganda test topshiriqlarining 3,1 ball beriladigan qismidan yuqori ball to‘plagan o'quvchi ustunlikka ega bo'ladi. Agar barcha ballari teng kelib qolsa g‘oliblikka daʼvogar ishtirokchilarga qo‘shimcha 5 ta yopiq test topshiriqlari taqdim qilinadi va buning natijasida yuqori natija qayd etgan nomzod ustunlikka ega bo‘ladi.

Har bir fandan 7 - 8-sinf o‘quvchilariga bir xil topshiriqlar beriladi. Ballar ketma-ketligi bo‘yicha yuqori natija qayd etgan 8-sinfdan 2 nafar va 7-sinfdan 1 nafar, jami 3 nafar ishtirokchilar g‘olib deb topiladi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
8.0K views:), edited  13:25
Ochish/sharhlash
2023-05-15 09:55:24 Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichiga start berildi.

Bugun Ona tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Oʻzbek tili va adabiyoti, Qozoq tili, Tojik tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Tarix hamda Geografiya fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi Farg‘ona viloyatida tashkil etilmoqda.

Mazkur olimpiadada asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida 11-sinf o‘quvchilari orasida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan 264 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda. Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq pul mukofotlari va g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal bal beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar. G‘oliblarning ustozlari tegishincha BHMning 50,35,30 baravari miqdorida (16,5 mln, 11,55 mln, 9,9 mln) bir martalik pul mukofotlari bilan mukofotlanadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

Ushbu havola orqali jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
https://youtube.com/live/uiOiFH6r2FU?feature=share
12.4K views:), edited  06:55
Ochish/sharhlash
2023-05-15 09:55:10
8.1K views:), 06:55
Ochish/sharhlash