Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.86K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-04-10 07:58:07
APIO 2023 Xalqaro Olimpiadasi

Asia-Pacific Informatics Olympiad(APIO) maktab o'quvchilari uchun IOI xalqaro informatika olimpiadasi tipidagi musobaqa bo’lib, ko’plab Osiyo va Tinch okeani davlatlari ishtirokida o’tkaziladi. Musobaqada 3 ta IOI uslubidagi masalalarni ishlash uchun 5 soat vaqt beriladi. Batafsil: apio2023.org.

O’zbekiston uchun APIO 2023 musobaqasi shu yilning 21-May kuni Toshkent shahrida o’tkaziladi. Musobaqada faqat maktab o’quvchilari qatnashishlari mumkin.

Musobaqada Sport Dasturlashi va IOI uslubidagi masalalarda tajribasi bor o’quvchilar qatnashishlari tavsiya qilinadi. Oldingi yilgi masalalarni quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin: https://oj.uz/problems/source/26

Qatnashchilar soni 18 tagacha chegaralangan. Barcha qatnashchilar quyidagi havola orqali registratsiya qilishlari lozim: https://bit.ly/apio-reg

Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 12-aprel kun oxirigacha.

Qatnashuvchilar soni 18 nafardan oshgan holda, RoboContest.Uz saytida saralash musobaqasi bo`lib o`tadi.

MUHIM : Siz O`zbekiston hududidagi maktab/litsey o`quvchisi ekanligingizni isbotlay olishingiz kerak bo`ladi.


@robocontest
5.1K viewsU.Rakhmonov, 04:58
Ochish/sharhlash
2023-04-09 07:50:58 Matematika va fizika fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning so'ngi kuni.

Bugun Matematika hamda Fizika fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichi davom etmoqda.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/rxb-pdbu-nqj

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.4K views:), 04:50
Ochish/sharhlash
2023-04-08 07:58:12 Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichi davom etadi.

Bugun Matematika hamda Fizika fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/rxb-pdbu-nqj

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.5K views:), 04:58
Ochish/sharhlash
2023-04-07 12:56:41
Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashadigan terma jamoa a’zolarini tayyorlash jarayoniga ilk bor xalqaro trener jalb etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Informatika bo’yicha olimpiada jamoasini tayyorlash bo’yicha maxsus o’quvlar boshlandi.

Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish, terma jamoaning nufuzli musobaqadagi natijadorligini yaxshilash maqsadida xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka yurtimizga taklif qilindi.

Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/997

* * * * *

Впервые к процессу подготовки членов сборной команды на Международную олимпиаду по информатике привлечен международный тренер

Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство цифровых технологий начали специальную подготовку олимпиадной команды по информатике.

Обладатель золотой медали Международной олимпиады по информатике, главный координатор Польской юношеской олимпиады по информатике Бартош Костка приглашен в нашу страну с целью дальнейшего усиления процессов подготовки к Международной олимпиаде по информатике и информационным технологиям.

Подробно: https://uzedu.uz/ru/news/997


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
4.2K views:), 09:56
Ochish/sharhlash
2023-04-06 07:51:45
Ayni kunlarda Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning yakuniy bosqichi bo’lib o’tmoqda. Saralash bosqichi uchun boshqa olimpiadalarda foydalanilmagan yangi topshiriqlar tuzish hamda o’quvchilar bilan kuchaytirilgan o’quv mashg’ulotlarini olib borish uchun xorijiy mutaxassis taklif qilingan.

Chelnokov Grigoriy Rivenovich - matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o’qituvchisi. 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoalarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab kelmoqda. Xalqaro Jautikov olimpiadasi, Shaharlar turniri, Umumrossiya matematika olimpiadasi kabi olimpiadalarda hakamlar hay’ati tarkibida faoliyat olib boradi. Uning Xalqaro jurnallarda ko’plab maqolalari chop etilgan. Kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriyaga oid ajoyib masalalar muallifi.

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) 2023-yil 2-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo’lib o’tadi.
5.9K views:), 04:51
Ochish/sharhlash
2023-04-06 07:21:58 Matematika fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichi davom etadi.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/rxb-pdbu-nqj

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.6K views:), edited  04:21
Ochish/sharhlash
2023-04-05 07:39:09
Matematika fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichiga start berildi.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz, saralash bosqichi 4 kun davom etadi va natijalar umumlashtirilib 6 nafar iqtidorli o’quvchilar O’zbekiston terma jamoasi a’zoligini qo’lga kiritadi hamda joriy yil iyul oyida Yaponiyaning Chiba shahrida o’tkaziladigan Nufuzli Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) ishtirok etadi.

https://meet.google.com/rxb-pdbu-nqj

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.9K views:), edited  04:39
Ochish/sharhlash
2023-04-04 08:26:19 Xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichi tartibi.

Matematika fanidan
– saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 4 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball, barcha masalalar umumiy 84 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi;

Fizika fanidan
– saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 3 ta topshiriq berilib, barcha topshiriqlar 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi;

Biologiya fanidan
– saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 5 ta topshiriq beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 40 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test hamda amaliy ish topshirig‘i beriladi, topshiriqlar umumiy 60 ball bilan baholanadi hamda 4 soat vaqt ajratiladi;

Kimyo fanidan
– saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
– saralash olimpiadasi 2 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni 3 tadan masala beriladi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida avtomatik tarzda qabul qilingan har bir masala 100 balldan, barcha masalalar umumiy 600 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 5 soatdan vaqt beriladi. Ishtirokchilarning natijalari faqat to‘plagan ballari asosida shakllantiriladi, ya’ni noto‘g‘ri urinishlar uchun jarima ballari berilmaydi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.

Ishtirokchilar orasidan to‘plagan ballar ketma-ketligida har bir fan bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan:

biologiya fanidan – 4 nafar;
informatika va axborot texnologiyalari fanidan – 4 nafar;
kimyo fanidan – 4 nafar
matematika fanidan – 6
nafar o‘quvchilardan iborat nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi;

fizika fanidan saralash olimpiadasida to‘plagan ballar ketma-ketligi bo‘yicha 8 nafar o‘quvchilar saralab olinadi hamda 2023-yil 21-29-may kunlari o‘tkaziladigan 23-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ularning ishtiroki ta’minlanadi. Mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada natijasiga ko‘ra yuqori ball to‘plagan 5 nafar o‘quvchilar nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
6.1K views:), 05:26
Ochish/sharhlash
2023-04-03 10:12:35 Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichi.

Xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichi Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida quyidagi grafik asosida tegishli fanlardan belgilangan sanalarda tashkil etiladi.

Matematika — 5,6 hamda 8-9-aprel kunlari;
Fizika — 8-9-aprel kunlari;
Kimyo — 15-16-aprel kunlari;
Biologiya — 29-30-aprel kunlari;
Informatika va AT —
29-30-aprel kunlari;

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.6K views:), edited  07:12
Ochish/sharhlash
2023-03-26 11:13:38 Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning viloyat bosqichi nazorat materiallari bilan tanishing.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
19.6K views:), 08:13
Ochish/sharhlash