Get Mystery Box with random crypto!

55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2023) Xabar berganimizdek, | Fan olimpiadalari

55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2023)

Xabar berganimizdek, 15-16-aprel kunlari kimyo fanidan nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 3-bosqichi (yakuniy) D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bo‘lib o‘tdi. 2 kun davomida o'quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari xalqaro fan olimpiadalari talablari asosida sinovdan o'tkazildi. Saralash olimpiadasi yakunlari bo'yicha 4 nafar iqtidorli o'quvchilar nufuzli xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Ular bilan tanishing:

1. Nazarov Azizbek - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
2. Maxmudov Abdullox - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o'quvchisi;
3. Dilmurodov Sohibjon - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
4. Xakimova Shaxzoda - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

Eslatib o'tamiz, mazkur nufuzli xalqaro fan olimpiadasi joriy yilning 16-25 iyul kunlari Shvetsariya davlatida bo'lib o'tadi.

57-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi (MChO 2023)

Joriy yilning 30-aprel - 7-may kunlari Qozog'istonning Ostona shahrida 57-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi tashkil qilinadi. Mazkur xalqaro olimpiadada 6 nafar o'quvchilarimizning ishtirok etishi belgilangan. Yuqoridagi o'quvchilardan tashqari yana 2 nafar o'quvchilar 57-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida ishtirok etishadi:

5. Zuhriddinov Biloliddin - Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
6. Xafizov Azizbek - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi;

Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilaymiz.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep